26.05.2020 yildagi O‘RQ-621-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom turmush” medalini ta’sis etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 5-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 11-mayda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. “Sog‘lom turmush” medali ta’sis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. “Sog‘lom turmush” medali to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. “Sog‘lom turmush” medalining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi 176-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-aprelda qabul qilingan O‘RQ-473-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 221-modda; 2019-yil, № 9, 589-modda; 2020-yil, № 3, 200-modda) 9-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom turmush” medali”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 26-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-621-son

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-maydagi O‘RQ-621-sonli Qonuni bilan
TASDIQLANGAN

“Sog‘lom turmush” medali to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. “Sog‘lom turmush” medali bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ortiqcha vazn va semizlikni bartaraf etish, zararli odatlarning oldini olish, sog‘lom ovqatlanish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni keng targ‘ib qilishga qo‘shgan katta hissasi uchun — sog‘liqni saqlash muassasalari shifokorlari, shu jumladan diyetologlar, jismoniy tarbiya instruktorlari, sog‘liqni saqlash masalalarini va sog‘lom turmush tarzini yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish va uni kundalik turmush tarziga aylantirish, sog‘lom hayot tarziga qat’iy amal qilish borasida jamoatchilikka shaxsiy namuna bo‘layotgani uchun — fuqarolar, namunali oilalar va sportchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli tashkil qilish orqali uni umummilliy harakatga aylantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun — barcha darajadagi tashkilot va idoralar rahbarlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘sib kelayotgan avlod o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, uni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, ruhiy barkamollikka yetkazish, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun — sport maktablari, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbarlari, sport trenerlari, jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqa mutaxassislari;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport musobaqalari orqali yoshlarda iroda, matonat, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch fazilatlarini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun — mudofaa tizimi vakillari, yuqori natijalarga erishgan sportchilar va ularning trenerlari, hakamlar va sport tashkilotlarining vakillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sportni respublikamizda yanada rivojlanlantirish va ommalashtirish, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini yuqori saviyada tashkillashtirish, sportchilarning o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun — barcha darajadagi hokimlar va ularning o‘rinbosarlari, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari rahbarlari, homiylar, sport federatsiya (uyushma)lariga biriktirilgan korxona va tashkilotlar rahbarlari mukofotlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Sog‘lom turmush” medali bilan boshqa shaxslar ham aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Sog‘lom turmush” medali bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va uni topshirish “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Sog‘lom turmush” medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Sog‘lom turmush” medali bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Sog‘lom turmush” medali ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har bir mukofotlangan shaxsga “Sog‘lom turmush” medalini topshirish bilan bir vaqtda mukofotlanganlik to‘g‘risidagi hujjatlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-maydagi O‘RQ-621-sonli Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom turmush” medalining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI

“Sog‘lom turmush” medali 0,25 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Medalning old tomoni quyi qismida O‘zbekiston Respublikasining xaritasi aks ettirilgan Yer shari, uning yuqori qismida esa ko‘tarilayotgan quyosh nurlari fonida sog‘lom oilaning ramziy tasviri joylashgan. Medalning aylanasi bo‘ylab yashil emal fonida “SOG‘LOM TURMUSH” yozuvi, quyi qismida esa sakkiz qirrali yulduzga tutashgan ikkita dafna novdasi joylashgan. Harflar balandligi va yulduzning diametri — 3,2 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Medalning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan. Quyi qismiga 2 millimetrli o‘lchamdagi botiq shrift bilan medal raqami tushirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasvir va yozuvlar — bo‘rtma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Medalning qalinligi — 3 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Medalning old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Medal oq rangli chiziqlar bilan hoshiyalangan yashil rangdagi shoyi lenta qoplangan besh qirrali qadag‘ichga ilmoqcha va halqa yordamida ulanadi. Lentaning eni — 24 millimetr, oq rangli hoshiyalarning eni — 1 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadag‘ichning orqa tomonida medalni kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom turmush” medali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 03/20/621/0668-son, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )