ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro uchun masʼullar |
|
1. |
Muzey va teatrlarning joylashgan joy manzili, unga yetib borish usuli va masofasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aeroport, temir yoʻl va avto vokzallar, jamoat joylari va joylashtirish vositalari, shuningdek reklama obyekti va kioskalarda tarqatish. |
2020-yil 1-sentabrdan boshlab, |
respublika va mahalliy budjet, |
Madaniyat vazirligi, |
|
2. |
Avia va temir yoʻl kompaniyalarning bort jurnallarida, muzey ashyolari va kolleksiyalari, teatrlarning spektakl, tomoshalar namoyishi, gastrol faoliyati toʻgʻrisidagi reklama materiallarini doimiy ravishda joylashtirish. |
2020-yilning may oyidan boshlab, |
ijrochilar mablagʻlari |
“Uzbekistan Airways” AJ, |
|
3. |
Xorijiy auditoriyani teatrlarga jalb qilish maqsadida: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Qoʻqon shaharlaridagi teatrlarda sahnadagi aktyorlarning chiqishlari matnini ingliz tilida koʻrsatib beruvchi tablolarni joriy qilish; Toshkent shahridagi bitta teatrda sinov tariqasida xorijiy tomoshabinlar uchun ingliz tilidagi matnlarni koʻrsatib beruvchi tablo monitorlar va (yoki) aktyorlar soʻzlarini ingliz tiliga sinxron tarjima qilish uchun quloqchinlar joriy qilish. |
2020 — 2022 yillar |
respublika va mahalliy budjet, ijrochilar |
Madaniyat vazirligi, |
|
4. |
Radiogid xizmatini tashkil qilish orqali muzey va moddiy madaniy meros obyektlarida tashrif buyuruvchilar uchun qulay ekskursiyalarni tashkil qilish. |
2021-yil iyul |
respublika va mahalliy budjet, ijrochilar |
Madaniyat vazirligi. |
|
5. |
Muzeylar ashyolari va kolleksiyalari haqidagi soʻnggi maʼlumotlarni rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda elektron qoʻllanmalarga kiritish. Muzeylarni global interaktiv kartalar (“GoogleMaps”, “YandexKarta”, “MapsMe” va boshqa elektron navigator va kartalar)ga joylab borish tizimini yoʻlga quyish. |
2020-yilning sentyabrdan boshlab, doimiy |
ijrochilar va homiylik mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, |
|
6. |
Turli toifadagi tomoshabinlar uchun moʻljallangan teatr va muzeylarning maxsus elektron mobil ilovasi “UzMuseums”ni yaratish va uni “AppStore”, “Google Play Market” kabi ilovala�ga joylashtirish. |
2020-yil avgust |
Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, ijrochilar, tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, |
|
7. |
Muzeylarning interaktiv saytlarini takomillashtirish maqsadida respublikadagi 10 ta muzeylarning har bir ashyolari va kolleksiyalari uchun QR-kod tizimini joriy qilish va uning qisqacha taʼrifini beruvchi jamlanmalar yaratish. Bunda, QR-kod tizimini joriy qilish uchun mablagʻlarning 50 foizi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va 50 foizi Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. |
2020-yil avgust |
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, |
|
8. |
Ijobiy sinovdan oʻtgan xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrgangan holda madaniyat obyektlari jozibadorligini oshirish boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqish |
2020-yil iyul |
Madaniyat vazirligi, | |
|
9. |
Xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasini oʻrgangan holda madaniyat sohasida taʼlim jarayoniga madaniyat obyektlari jozibadorligini oshirishga qaratilgan fanlarni kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2020-yil iyul |
Madaniyat vazirligi, | |
|
10. |
Har bir muzey boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish boʻyicha Harakatlar rejasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil avgust |
Madaniyat vazirligi, | |
|
11. |
Mahalliy muzey va teatrlarning chet el tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash boʻyicha Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil sentyabr |
Madaniyat vazirligi, | |
|
12. |
Muzey va teatrlar faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan sensor maʼlumot kiosklarini joylashtirish uchun turistik namoyish obyektlari atrofida, jamoat joylarida Toshkent shahrida (20 ta), Respublika boʻysunuvidagi hududlarning maʼmuriy markazlarida (5 tadan), shaharlar va tuman markazlarida (1 tadan) tayyor konstruksiyali yer maydonlarini ajratish. |
2020-yil sentyabr |
ijrochilar mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar vaToshkent shahar hokimliklari, |
|
13. |
Ajratilgan maydonchalarda tajribali dizaynyerlarni jalb qilgan holda sifatli maʼlumotlarni tayyorlash va joylashtirish, shuningdek Internet tarmogʻida muzey va teatrlarga tashrif buyurishga chorlovchi materiallarni joylash va rejalashtirilayotgan tadbir?ar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda yangilab borish. |
2020-yil sentyabr |
ijrochilar va buyurtmachilar mablagʻlari |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, |
|
14. |
Muzey va teatrlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan loyihalar boʻyicha grant tanlovini tashkil qilish va oʻtkazish. |
2020-yil sentyabr oyidan boshlab har yili |
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, ijrochilar hamda homiylik mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, |
|
15. |
Muzey va teatrlar boʻyicha “Yil metsenati” respublika darajasidagi aksiyani oʻtkazish. |
2020-yil sentyabrdan boshlab har yili |
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, ijrochilar hamda homiylik mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, |
|
16. |
Muzeylar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida jamoatchilikning muzey xizmatlariga boʻlgan ehtiyojini har yillik sotsiologik oʻrganishlar orqali tashkil etish. |
2020-yil noyabrdan boshlab, har yili |
ijrochilar va buyurtmachilar mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, |
|
17. |
Tashrif buyuruvchilar va sayyohlik tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlarini, shuningdek, tashrif buyuruvchilar orasida soʻrovnoma olib borish, marketing tadqiqotlari va jamoatchilik bilan oʻzaro aloqalar qilishning strategiyasini avtomatlashtirishga moʻljallangan keng qamrovli axborot tizimi va maʼlumotlar bazasini (CRM) muzeylar faoliyatida joriy etish. |
2020-yil dekabr |
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, ijrochilar hamda homiylik mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, |
|
18. |
Muzey ashyolari va kolleksiyalarining elektron va qogʻozli kataloglarini yaratish hamda ularni kitob doʻkonlarida sotuvini yoʻlga qoʻyish. |
2020-yil iyundan boshlab, bir yilda kamida ikki marta |
ijrochilar va buyurtmachilar mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, |
|
19. |
Mamlakatdagi muzey va teatrlarni tanishtirishga qaratilgan televizion koʻrsatuvlar va reklama roliklarini tayyorlash, shuningdek, ularni tekinga respublikadagi barcha kanallarda namoyishini taʼminlash. |
2020-yil dekabrdan boshlab doimiy |
ijrochilar va buyurtmachilar mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, |
|
20. |
“Madaniy obyektlarning doʻstlari klubi” xayriya mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, shuningdek madaniyat sohasidagi vasiylik kengashlari mablagʻlari hisobidan har yili ikkita muzeylarning brendini, shu jumladan viloyatlardan birini xorijiy OAVda reklama qilishni tashkil etish. |
2020-yil sentyabrdan boshlab, doimiy |
ijrochilar va buyurtmachilar mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, |
|
21. |
Quyidagilarni tashkil qilishni nazarda tutuvchi 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasida madaniy tadbirlar kalendarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: teatrlar, musiqiy guruhlar birlashmasi va muzeylar oʻrtasida tashkil etiladigan maxsus tadbirlar; xorijiy mamlakatlar madaniyatiga oid tadbirlar; butunjahon darajasidagi muzey ashyolari va kolleksiyalari koʻrgazmasi hamda teatrlarning ijodiy guruhlari koʻrgazma va chiqishlar va boshqalar. |
2020-yil dekabr |
Madaniyat vazirligi, | |
|
22. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Muzey va (yoki) teatrning faxriy tashrif buyuruvchisi maqomini berish toʻgʻrisida”gi Nizom loyihasini ishlab chiqish: maqomni berish asosi va talablari; maʼlum davrda muzey va teatrlarga bepul asosda kirish (1, 3 va 5 yilgacha); maqomni berish toʻgʻrisida tashrif buyuruvchini CMC orqali hamda koʻrgazma va dasturlar toʻgʻrisida oldindan elektron pochta manzili orqali xabardor qilish tartibi va boshqalar. |
2020-yil iyul |
Madaniyat vazirligi, | |
|
23. |
Xorijiy tajribani chuqur oʻrgangan holda YUNESKO huzurida Xalqaro teatr instituti markazini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish. |
2020-yil avgust |
Madaniyat vazirligi. |