Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Farmoyishi
1. Orol dengizining tranzit zonasi qismiga tegishli arxiv materiallarini oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi ishchi guruhi 1-ilovada keltirilgan roʻyxatga muvofiq 2019-yil 10 — 14-dekabr kunlari Gelenjik shahriga (Rossiya Federatsiyasi) yuborilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xizmat safari bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarni qoplash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 2-ilovaga muvofiq mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga koʻrsatilgan mablagʻlar belgilangan tartibda chet el valyutasiga ayirboshlanishini va berilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-may,
263-F-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 263-F-son farmoyishiga
1-ILOVA
1-ILOVA
2019-yil 10 — 14-dekabr kunlari Gelenjik shahriga (Rossiya Federatsiyasi) xizmat safariga yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasi ishchi guruhining tarkibi
|
1. |
L.A. Evdokimov |
— |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligining boshqarma boshligʻi |
|
2. |
A.A. Rustamov |
— |
“Mineral resurslar instituti” Davlat korxonasining tijoratlashtirish va investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha direktor oʻrinbosari |
|
3. |
O.A. Yoʻldoshev |
— |
“Oʻzbekgeofizika” atsiyadorlik jamiyatining bosh geofizigi |
|
4. |
M.G. Yuldasheva |
— |
“Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruv instituti” aksiyadorlik jamiyatining Ustyurt regioni boʻyicha laboratoriya mudiri |
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 263-F-son farmoyishiga
2-ILOVA
2-ILOVA
2019-yil 10 — 14-dekabr kunlari Gelenjik shahriga (Rossiya Federatsiyasi) xizmat safariga yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasi ishchi guruhining haqikiy xarajatlarini qoplash
SMETASI
|
Xarajatlar turi |
Soni |
|
| |||
|
Kishi |
Kun |
Norma |
Pul birligi |
SUMMA | ||
|
Kunlik xarajatlar |
1 |
5 |
25,00 |
AQSh doll. |
125,00 |
AQSh doll. |
|
Yashash xarajatlar |
1 |
5 |
56,40 |
AQSh doll. |
282,00 |
AQSh doll. |
|
Tansport xarajatlari | ||||||
|
Toshkent-Krasnodar-Toshkent |
1 |
4 366 392,00 |
soʻm |
4 366 392,00 |
soʻm | |
|
Jami xarajatlar: |
|
|
|
|
407,00 |
AQSh doll.* |
|
|
|
|
|
4 366 392,00 |
soʻm | |
* Mablagʻlar Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutaning shu kundagi soʻmga nisbatan qiymatiga koʻra valyutada naqd ajratiladi.
Izoh. A. Rustamov, O. Yoʻldoshev va M. Yuldashevalarning xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlari tegishli tashkilotning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2020-y., 09/20/263-F/0637-son)