15.02.2002 yildagi 52-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “QISHLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI QOʻLLAB-QUVVATLASH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR AMALIY CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga besh yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 20 yil muddatga 36,14 mln. AQSH dollari miqdorida qarz berilishini maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz bitimini imzolashga va Qarz berish toʻgʻrisidagi bitimga va loyihani amalga oshirish jadvaliga muvofiq qayta kreditlash toʻgʻrisida shartnomalar tuzishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy kreditga hisob-kitob-bank xizmati koʻrsatishga vakil qilinsin.
(2-bandining uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimiga belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qarzni qaytarish jadvali 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boʻyicha xarajatlar 2-ilovaga* muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining mablagʻlari, loyihada ishtirok etuvchi xoʻjaliklar va xususiy korxonalar mablagʻlari, shuningdek markazlashtirilgan kapital mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzning asosiy qismi, qarz boʻyicha foizlar va vositachilik haqi 3-ilovaga* muvofiq loyihada qatnashuvchi xoʻjaliklarning mablagʻlari va loyiha doirasida tashkil etiladigan moliyaviy tuzilmalar, xoʻjalik hisobidagi korxonalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta qurish agentligiga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tartibotlariga muvofiq loyihaning samarali amalga oshirilishini, loyiha mablagʻlari oʻzlashtirilishi va ulardan maqsadli foydalanilishini, shuningdek loyihani amalga oshirish boʻyicha zarur hujjatlar, shu jumladan qarz mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi shartnomalar loyihalari oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va tegishli idoralarga kiritilishini taʼminlash yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi tashkilotlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar uni amalga oshirish davrida loyiha doirasida import boʻyicha respublikaga olib kelinadigan asbob-uskunalar, tovarlar (xizmatlar)dan olinadigan bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirganlik yigʻimlaridan tashqari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning samarali amalga oshirilishini va qarzning belgilangan qismi loyiha qatnashchilari tomonidan oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini muntazam nazorat qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda investitsiya dasturlarini shakllantirishda 2002-yildan boshlab “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga* muvofiq ulushini mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi chet ellik mutaxassislar davlat boji toʻlashdan ozod etilgan holda ularga koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi chet ellik mutaxassislarga kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-son