O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son va “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4542-son qarorlari)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son va “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4542-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-may,
305-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT 2014-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida:
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Ko‘p kvartirali uylar bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilganda, Etkazib beruvchi issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlashga Iste’molchilar bilan ikki tomonlama issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzadi hamda issiqlik tarmog‘ining balans mansubliligi chegarasida issiqlik energiyasi berish rejimi va sifati uchun javob beradi.
Ko‘p kvartirali uylarda kommunal xizmatlar Iste’molchisining nomidan shartnoma Ijro etuvchi (xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) tomonidan tuzilishi mumkin.
Bunda issiqlik ta’minoti korxonalari, iste’molchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki professional boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvni yetkazib berish to‘g‘risida uch tomonlama shartnoma tuziladi”;
b) 42-bandda:
beshinchi xatboshidagi “2” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “4” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
v) 62-banddagi “30” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin;
g) 90-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) isitishga — 2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon uchun”;
d) 94-bandda:
birinchi xatboshidagi “kalendar yil mobaynida har oyda teng ravishda” so‘zlari “2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
e) 98-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “kalendar” so‘zi “isitish davridagi kalendar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “tamom” so‘zi “isitish davridagi tamom” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son; 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)