Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
FARMOYIShI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining oʻttiz yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida” 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4479-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligi munosabati bilan 2019-yil 21-oktabr kuni “Toshkent siti” halqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi “Kongress-holl” saroyida asosiy bayram tadbiri oʻtkazilganligi;
“Toshkent siti” halqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi “Kongress-holl” saroyida oʻtkazilgan bayram tadbiriga vaqtinchalik sahna (keyingi oʻrinlarda — obyekt) qurilganligi;
obyekt boʻyicha buyurtmachi etib — Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, bosh loyihachi va pudratchi etib — “Trest 12” AJ belgilanganligi;
obyektda haqiqatdan bajarilgan loyiha va qurilish ishlari qiymati 89,8 mln. soʻmni tashkil etganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga haqiqatda bajarilgan loyiha va qoʻrilish ishlari uchun 89,8 mln. soʻm mablagʻni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan ajratsin.
3. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-may,
254-F-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/254-F/0609-son)