04.10.2019 yildagi PQ-4479-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida gʻoyat muhim oʻrin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 21-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganiga oʻttiz yil toʻladi. Mazkur tarixiy hujjatga binoan oʻtgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi. Hozirgi kunda oʻzbek tili hayotimizning barcha jabhalarida — davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va sanʼat sohalarida faol qoʻllanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi — milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soʻnggi yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilgani ona tilimizning tarixiy ildizlarini chuqur oʻrganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qoʻllanish doirasini kengaytirish, filolog kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarni yangi pogʻonaga koʻtardi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda atoqli alloma va adiblarimiz nomlari bilan atalgan ijod maktablarining barpo etilishi bu yoʻldagi yana bir muhim qadam boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda oʻzbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini munosib nishonlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va jamoatchilik vakillarining joriy yilning oktabr oyida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini mamlakatimizda keng nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan ommaviy maʼnaviy-maʼrifiy chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashkiliy qoʻmita (A. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning puxta tayyorgarlik asosida, yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi barcha shahar va tumanlarda bayram tadbirlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovini oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizdagi teatrlar va kinoteatrlarda, madaniyat saroylarida buyuk allomalarimiz haqidagi spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar namoyishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda “Oʻzbek tilshunosligining dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferensiyasini oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyga Toshkent shahridagi Milliy bogʻda, shuningdek, viloyat va shaharlarda oʻrnatilgan haykallar poyiga gul qoʻyish marosimini uyushtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalarida oʻzbek tiliga bagʻishlangan bayram tadbirlarini oʻtkazsin va “Oʻzbek tilining doʻstlari” klublarini tuzsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda yangitdan tashkil etilib, faoliyat koʻrsatayotgan Muhammad Rizo Ogahiy, Isʼhoqxon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon va Zulfiya, Ibroyim Yusupov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida ona tiliga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda til bayramiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy kechalar hamda yangi kitoblar taqdimotini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi sanʼat saroylarida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbirlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari daromadlarining orttirib bajarilgan qismidan, shuningdek, homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4479-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4479-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining 30 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maslahatchisi

X. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maslahatchisi — Spichrayteri

B. Sayfullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri

M. Madjidov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

Sh. Shermatov

Xalq taʼlimi vaziri

B. Qurbonov

Mudofaa vaziri

P. Bobojonov

Ichki ishlar vaziri

A. Shadmanov

Sogʻliqni saqlash vaziri

Sh. Sadikov

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

S. Hakimov

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi

M. Hojimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

A. Xadjayev

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi

F. Abduxoliqov

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi direktori

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi raisi

R. Qurbanov

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi

K. Allamjanov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi

A. Jumaboyev

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

Sh. Javlonov

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

N. Mahmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori

Sh. Sirojiddinov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, qoʻmita tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4479-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan ommaviy maʼnaviy-maʼrifiy chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼullar

1.

Toshkent shahridagi Milliy bogʻda, shuningdek, viloyatlarda buyuk mutafakkir va shoir, oʻzbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish marosimlarini tashkil qilish.

1. Alisher Navoiy haykallari oʻrnatilgan hududlarni obodonlashtirish.

2. Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish marosimini oʻtkazish.

21-oktabr

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi

2.

Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda barcha viloyatlar markazidagi sanʼat saroylarida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbirini tashkil etish.

1. Bayram tadbiri ssenariysini ishlab chiqish va tadbirni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

2. Bayram tadbiriga madaniyat va sanʼat namoyandalari, ijodkorlar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillarini jalb etish.

3. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish.

21-oktabr

Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

3.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutida “Oʻzbek tilshunosligining dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferensiyasini oʻtkazish.

1. Tashkiliy qoʻmita tuzish, xarajatlar smetasini tasdiqlash.

2. Konferensiya materiallarini chop etish.

3. Konferensiyani oʻtkazish va uning rezolyutsiyasini qabul qilish.

18-oktabrga qadar
18-oktabr

OʻzFA, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi

4.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida AQSH, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston, Hindiston kabi davlatlardan keladigan taniqli olimlar ishtirokida “Oʻzbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.

1. Tashkiliy qoʻmita tuzilib, xarajatlar smetasini tasdiqlash.

2. Xorijlik mehmonlarga taklifnomalar yuborish.

3. Konferensiya materiallarini chop etish.

4. Konferensiyani oʻtkazish va uning rezolyutsiyasini qabul qilish.

29-oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OʻzFA, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Tashqi ishlar vazirligi

5.

Taniqli olimlar, ijodkorlar, huquqshunoslar va jamoatchilik vakillari ishtirokida mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan “Harakatlar strategiyasi va milliy til rivoji” mavzusida ilmiy-maʼrifiy seminarni tashkil qilish.

1. Ishchi guruhini tashkil etish va seminar rejasini ishlab chiqish.

2. Seminarni tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3. Seminarni yuqori saviyada oʻtkazish.

19-oktabr

“Yuksalish” umummilliy harakati, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OʻzFA

6.

Yozuvchilar uyushmasida til bayramiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy kecha hamda yangi kitoblar taqdimotini oʻtkazish.

1. Tadbir dasturini ishlab chiqish va anjumanni yuqori saviyada oʻtkazish.

2. Uyushma zali foyesida yangi nashr etilgan kitoblar koʻrgazmasini tashkil etish.

3. Tadbirni ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

25-oktabr

Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

7.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovini oʻtkazish, tanlovning tuman, shahar bosqichlari 1-oʻrin sohiblarini kompyuter jamlanmasi, 2-oʻrin sohiblarini noutbuk, 3-oʻrin sohiblarini planshet yoki mobil telefon bilan mukofotlash.

1. Tanlovlarni oʻtkazish rejasi va nizomini ishlab chiqish.

2. Tanlovlarning maktab, tuman (shahar) bosqichlarini oʻtkazish, gʻoliblarni aniqlash.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosqichlari gʻoliblarini til bayramiga bagʻishlangan bayram tadbirlarida keng jamoatchilik ishtirokida tantanali taqdirlash.

5 — 10-oktabr

10 — 20-oktabr

21-oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi

8.

Respublika teatrlari va kinoteatrlarida buyuk allomalarimiz siymolari aks ettirilgan spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar namoyishlarini tashkil qilish.

1. Spektakllar va filmlar namoyishlari rejasini ishlab chiqish.

2. Spektakllar va filmlar namoyishlarini yuqori saviyada oʻtkazish va ularga oʻquvchi-talabalar, jamoatchilik vakillarini keng jalb qilish.

3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

15 — 21-oktabr

Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkino” MA, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

OʻzA, MTRK, EOAVMA

9.

“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining oʻttiz yilligi munosabati bilan barcha mobil kompaniyalar abonentlariga “21oktabr kuni oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga oʻttiz yil toʻldi” tabrik matnlari bitilgan SMS xabarnomalar yuborishni tashkil qilish.

1. SMS xabarlar matnlarini tayyorlash va tasdiqlash.

2. Reja asosida barcha mobil kompaniyalar abonentlariga SMS xabarlar matnini yuborish.

21-oktabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

10.

“Til bor ekan, millat barhayot” mavzusida ona tilimizni ulugʻlovchi tasviriy targʻibot materiallari, ixcham videoroliklar tayyorlab, ularni respublikamizning barcha markaziy koʻchalaridagi pannolarga joylashtirish hamda LED ekranlar orqali namoyish qilish.

1. Turli yoʻnalishlarda bannerlar hamda videoroliklar tayyorlash.

2. Banner va videoroliklarni hududlar markazlaridagi LED ekranlarga, pannolarga joylashtirish.

15 — 21-oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, MTRK

11.

Mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida oʻzbek tiliga bagʻishlangan bayram tadbirlarini oʻtkazish va ular qoshida “Oʻzbek tili doʻstlari” klublarini tashkil etish.

1. Bayramni tashkil etish va unga xorijda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz, xorijlik mehmonlarni taklif qilish.

2. “Oʻzbek tili doʻstlari” klublarini tashkil etish choralarini koʻrish.

21-oktabr

Tashqi ishlar vazirligi

12.

Taʼlim boshqa tilda olib boriladigan davlat taʼlim muassa?alarida “Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning tillarini rivojlantirish boʻyicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni keng targʻib etuvchi madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Tadbirlarni reja asosida amalga oshirish.

3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish.

15 — 21-oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Mahalla” jamoat fondi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi

13.

Mamlakatimizdagi barcha oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, oʻrta maktablar, mahallalar va harbiy qismlarda taniqli olimlar, ijodkorlar, maʼnaviyat targʻibotchilari hamda sanʼatkorlar ishtirokida ommaviy tadbirlar, davra suhbatlari va adabiy kechalar tashkil etish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash.

2. Tadbirlarda ishtirok etadigan olimlar, ijodkorlar, maʼnaviyat targʻibotchilari va sanʼatkorlar roʻyxatlarini tuzish.

3. Joylarda tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

5-oktabr

7-oktabr

15 — 21-oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

“Tilini asragan — elini asraydi” mavzusida harbiy qismlarda, harbiy bilim yurtlarida, huquq-tartibot idoralarida ona tiliga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar uyushtirish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tadbirlarni reja asosida amalga oshirish.

3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish.

15 — 21-oktabr

Mudofaa,Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari,Milliy gvardiya, Davlat xavfsizligi xizmati, Bosh prokuratura, Davlat bojxona qoʻmitasi

15.

Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Temurbeklar maktablarida Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” loyihasida chop etilgan kitoblar taqdimotini oʻtkazish va ushbu maktablar kutubxonalariga 100 donadan kitoblar sovgʻa qilish.

1. Tadbirlar dasturini ishlab chiqish va oʻtkazish.

2. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

15 — 21-oktabr

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Yozuvchilar uyushmasi

16.

Tele va radiokanallar, saytlarda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijlik mutaxassislar, talabalar, fuqarolar, sayyohlarning oʻzbek tilidagi bayram tabriklarini berib borish.

1. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan, yashayotgan xorijlik mutaxassislar, talabalar, fuqarolar, sayyohlarning oʻzbek tilidagi bayram tabriklarini yozib olish.

2. Tele va radiokanallar orqali tabriklarni berib borish.

15 — 21-oktabr

MTRK, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,OʻzA, EOAVMA, “Dunyo” AA, “UzReport” AA, Tashqi ishlar vazirligi

17.

Xorijda istiqomat qilayotgan oʻzbek tili mutaxassislari, tarjimonlar, oʻzbek tili va adabiyoti ixlosmandlari bilan ona tilimizning xalqaro nufuzi, jozibadorligi va imkoniyatlari haqida suhbatlar tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida yoritish.

1. Xorijlik mutaxassislar, tarjimonlar, oʻzbek tili va adabiyoti ixlosmandlari bilan suhbatlar tashkil etish.

2. Suhbatlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

15 — 21-oktabr

MTRK, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, EOAVMA, “Dunyo” AA, “UzReport” AA, Tashqi ishlar vazirligi, gazetalar va jurnallar

18.

“Davlat ?ili haqida”gi qonun qabul qilinganining oʻttiz yilligi munosabati bilan hududlarda oʻtkazilayotgan ommaviy bayram tadbirlarini keng yoritish maqsadida telemarafonlar tashkil etish.

1. Ishchi guruhini shakllantirish hamda telemarafonlarni oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

2. Ishtirokchilar va obyektlar roʻyxatini shakllantirish.

3. Telemarafonni yuqori saviyada tashkil etish.

21-oktabr

MTRK, EOAVMA, “UzReport”AA, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, OʻzFA, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Yozuvchilar uyushmasi

19.

Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda #ona_tilim_faxrim xeshtegi ostida milliy tilni ulugʻlovchi hikmatli soʻzlar, fikrlar, mulohazalar, sheʼrlar, maqollar, matallar, qisqa hikoyalar kabi matnlarning ommaviy tarzda joylashtirilishini tashkil etish.

1. Matnlarni tayyorlash.

2. Matnlarni internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish.

15 — 21-oktabr

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, OʻzFA

20.

Shahar va tumanlar markazlari, aholi gavjum maskanlarda oʻzbek tilini ulugʻlovchi hikmatli soʻzlar, sheʼriy satrlar aks ettirilgan tasviriy targʻibot vositalarini joylashtirish.

Oʻzbek tilini ulugʻlovchi hikmatli soʻzlar, sheʼriy satrlar aks ettirilgan tasviriy targʻibot vositalarini tayyorlash va belgilangan maskanlarga joylashtirish.

15 — 21-oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

21.

“Davlat tili haqida”gi qonunning mazmun-mohiyatini oʻzida aks ettirgan videoroliklar yaratish va ularni barcha ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, aeroport va vokzallardagi monitorlar orqali keng targʻib etish.

Videoroliklarni barcha telekanallar, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda poyezd, samolyot, metro bekatlaridagi ekranlar orqali namoyishini tashkil etish.

15 — 30-oktabr

MTRK, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, EOAVMA,OʻzA, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, OʻzFA, Transport vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

22.

Ommaviy axborot vositalarida, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilikning davlat tiliga boʻlgan eʼtibori va muhabbatini yanada kuchaytirish, davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini oshirishga bagʻishlangan turkum koʻrsatuvlar, eshittirishlar, maqola va sheʼrlar berib borish.

1. Til bayramiga bagʻishlangan koʻrsatuv va eshittirishlar, maqolalar tayyorlash rejalarini ishlab chiqish.

2. Mavzuga bagʻishlangan koʻrsatuv va eshittirishlar, maqolalar, sheʼrlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

Doimiy

MTRK, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, EOAVMA, Yozuvchilar uyushmasi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2019-y., 10/19/4479/4203-son)