13.05.2020 yildagi 282-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari turlarining Milliy genbankini yaratish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoniga hamda “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish, shuningdek, o‘simliklarning genetik resurslari bo‘yicha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda mahalliy va xorijiy qishloq xo‘jaligi o‘simliklari turlarini genetik banklarda saqlash va muhofaza qilish texnologiyasini joriy qilish uchun Milliy genbankni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash xizmatlari tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari, mevali va manzarali ko‘chatlarning (keyingi o‘rinlarda — qishloq xo‘jaligi ekinlari) navlari va duragaylari sinovini xalqaro standartlar darajasiga yetkazish, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining sinovi sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash ishlariga resurs tejovchi va innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalariga ajratilgan yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari sifat tahlillarini o‘tkazuvchi laboratoriyalar hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga aloqador xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy mamlakatlarda yaratilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va duragaylari sinovini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari yangi navlari bo‘yicha seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestrini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari sinovini o‘tkazish ishlarini ilmiy-metodik jihatdan o‘tkazilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining sinovini va seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan o‘tkazish borasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari sinovini va seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan o‘tkazish tizimida kadrlar malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari, uchastkalari va laboratoriyalarining ro‘yxati hamda xodimlarining cheklangan soni 1a-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari turlarining Milliy genbankini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining negizida O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning noyob ilmiy obyekti “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari genbanki”ni milliy ahamiyatga ega genbank deb tan olish va unga “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy genbanki” (keyingi o‘rinlarda — Milliy genbank) maqomini berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda barcha rayonlashtirilgan manzarali, dorivor, texnik va ozuqabop o‘simliklarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestrida yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning talabiga asosan, qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy va xorijiy navlari farqlanishi, turdoshligi hamda genetik (nav) jihatdan sofligi bo‘yicha sinovlar o‘tkazilishi va natijasi yuzasidan Markaz tomonidan xulosalar taqdim qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
genetik modifikatsiya organizmlari (GMO) bo‘lgan yoki gen muhandislik yo‘li bilan yaratilgan o‘simliklar navlarining tezkor tahlilini o‘tkazish va ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek, iste’molchilar talabi asosida genetik modifikatsiya organizmlari bo‘lgan yoki gen muhandislik yo‘li bilan yaratilgan o‘simliklar navlari to‘g‘risida xabardor qilish Markaz tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritilgan, patentlangan hamda Markaz tomonidan etalon va andoza (standart) nav sifatida tanlangan navlar urug‘larini Milliy genbankka belgilangan miqdorda taqdim etish qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari originatorlari, mualliflari va ularni import qiluvchi subyektlar zimmasiga yuklatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlari genofondini saqlash, boyitish, o‘rganish va undan samarali foydalanish sohasidagi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Institut:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy genbankdan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va seleksiyasida samarali foydalanish, urug‘larni o‘rta va uzoq muddatga kafolatli saqlanishini ta’minlash maqsadida Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkiloti (FAO) komissiyasi tomonidan o‘simliklar genetik resurslari genbanklari uchun ishlab chiqilgan xalqaro standartlarga to‘liq rioya qilinishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari genofondini boyitish, ekin turlari sistematikasi (qardoshlik munosabatlari) va filogeniyasi (organizmlarning rivojlanish jarayoni) bo‘yicha ilmiy izlanishlarni olib borish hamda seleksiya uchun birlamchi materiallarni tanlab olish samaradorligini oshirish maqsadida respublika hududlariga va qo‘shni davlatlarga ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda institut xodimlarining cheklangan sonini qayta taqsimlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent viloyat hokimligining Institut Milliy genbank faoliyatining samaradorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi ekinlarining genetik resurslarini saqlash sharoitlarini yaxshilash uchun yangi zamonaviy va xalqaro talablarga javob beradigan binoni institut hududida xalqaro moliya institutlarining imtiyozli resurslari va grant mablag‘larini jalb etish hisobidan qurish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ikki oy muddatda ekin yer maydoni mavjud bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalariga (keyingi o‘rinlarda — nav sinash stansiyalari va uchastkalari) tuproq unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlardan 3-ilovaga muvofiq yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nav sinash stansiyalari va uchastkalariga ajratilgan yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, shuningdek, ushbu yer maydonlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari Markaz tomonidan tuzilgan taqsimotga asosan mustaqil joylashtiriladi va almashlab ekish tizimi joriy qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinash ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan uslubiy-qo‘llanmalarni (jumladan, nav originatori yoki muallifi tomonidan yetkazib beriladigan nav va duragaylarning urug‘lik materiallari miqdorini) tasdiqlaydi;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 416-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nav sinash stansiyalari va uchastkalarining yer maydonlarini soliq solishdan ozod etilgan yer uchastkalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi ekinlarining serhosil, tez pishar, kasallik va zararkunanda hashoratlarga chidamli bo‘lgan mahalliy navlarni yaratish, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan loyihalarga tanlov asosida har yili mablag‘lar ajratib borilishini ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Intellektual mulk agentligi bilan birgalikda 2020-yil 15-sentabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro ittifoq” (UPOV) uslubiy qo‘llanmasini davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi mablag‘lar hisobidan davlat tiliga tarjima qilsin va nashrga tayyorlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga kiradigan ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan yangi innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirsin va tizimli ravishda yangilab borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markaz va uning tizimidagi nav sinash stansiyalari, uchastkalari hamda laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, soha xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan qoplanishiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari yangi navlari bo‘yicha seleksiya yutuqlarining patent bojlari va to‘lovlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining sinovini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari uchun belgilangan tartibda to‘lanadigan ustama haqlardan olinadigan o‘tkazmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tarkibiga kiruvchi nav sinash stansiyalari va uchastkalari tushumining 5 foizli ajratmalari;
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 416-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash bo‘yicha bosma axborot materiallarini realizatsiya qilishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(12-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda hisobiga O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritilgan navlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 2021-yil 1-fevraldan boshlab o‘z veb-saytida e’lon qilib borilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda 2022-yil 1-martdan boshlab nav sinash stansiyalari va uchastkalarida sinalayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining navlari va duragaylarini elektron kodlashtirish tizimini joriy etilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan urug‘lar va ko‘chatlarning importi va realizatsiya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 297-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik ko‘maklashish mablag‘larini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga muvofiq oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan xalqaro tashkilotlar grantlari doirasida chetdan olib kelinadigan qishloq xo‘jaligi texnikalari, agregatlari, mexanizmlari, ehtiyot qismlari va o‘quv-laboratoriya jihozlari belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Markazga yuklangan vazifalar to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida Markazning markaziy apparatini, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari, uchastkalari va laboratoriyalarni zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining ustavini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining sinovini o‘tkazish sohasida Markaz tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar miqdorini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarining navlari va duragaylarini sinovini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, elektron kodlashtirish tizimini yaratish, davlat reyestrini yuritish, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari sinovini o‘tkazish ishlarini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash, respublika hududlariga va qo‘shni davlatlarga ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish uchun xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining mablag‘lari va grantlarini jalb qilish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mas’ul vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 13-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
282-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 282-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 29 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni belgilangan me’yorlarga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari, uchastkalari va Toshkent shahridagi laboratoriyalar xodimlarining cheklangan soni — 172 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 282-son qaroriga
1a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari, uchastkalari va laboratoriyalarining ro‘yxati hamda xodimlarining cheklangan soni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nav sinash stansiyalari va uchastkalarining nomlanishi

Xodimlarning cheklangan soni

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Xo‘jayli nav sinash stansiyasi

3

2.

Ellikqal’a nav sinash uchastkasi

2

3.

Nukus nav sinash uchastkasi

3

4.

Chimboy nav sinash uchastkasi

2

Andijon viloyati

5.

Oltinko‘l nav sinash stansiyasi

4

6.

Andijon nav sinash uchastkasi

3

7.

Qo‘rg‘ontepa nav sinash uchastkasi

2

8.

Shahrixon nav sinash uchastkasi

2

9.

Xo‘jaobod nav sinash uchastkasi

2

Buxoro viloyati

10.

Buxoro nav sinash stansiyasi

3

11.

Vobkent nav sinash uchastkasi

2

12.

Qorako‘l nav sinash uchastkasi

3

13.

G‘ijduvon nav sinash uchastkasi

3

Jizzax viloyati

14.

Jizzax nav sinash stansiyasi

2

15.

G‘allaorol nav sinash uchastkasi

3

16.

Zomin nav sinash uchastkasi

2

17.

Paxtakor nav sinash uchastkasi

2

Qashqadaryo viloyati

18.

Shahrisabz nav sinash stansiyasi

4

19.

Qarshi nav sinash uchastkasi

2

20.

Qamashi nav sinash uchastkasi

3

21.

Mirishkor nav sinash uchastkasi

3

Navoiy viloyati

22.

Xatirchi nav sinash stansiyasi

4

23.

Qiziltepa nav sinash uchastkasi

2

24.

Navbahor nav sinash uchastkasi

2

Namangan viloyati

25.

Uychi nav sinash stansiyasi

3

26.

Mingbuloq nav sinash uchastkasi

4

27.

Namangan nav sinash uchastkasi

2

Samarqand viloyati

28.

Samarqand nav sinash stansiyasi

4

29.

Kattaqo‘rg‘on nav sinash uchastkasi

3

30.

Nurobod-cho‘l nav sinash uchastkasi

2

31.

Nurobod nav sinash uchastkasi

2

32.

Urgut nav sinash uchastkasi

2

Surxondaryo viloyati

33.

Termiz nav sinash stansiyasi

3

34.

Denov nav sinash uchastkasi

3

35.

Denov-mo‘tadil nav sinash uchastkasi

3

36.

Sherobod nav sinash uchastkasi

3

Sirdaryo viloyati

37.

Boyovut nav sinash stansiyasi

3

38.

Oqoltin nav sinash uchastkasi

3

39.

Sirdaryo-don nav sinash uchastkasi

2

Toshkent viloyati

40.

Chinoz nav sinash stansiyasi

4

41.

Quyichirchiq nav sinash uchastkasi

2

42.

Pskent nav sinash uchastkasi

3

43.

O‘rtachirchiq nav sinash uchastkasi

3

44.

Yuqorichirchiq nav sinash uchastkasi

3

45.

Ohangaron nav sinash uchastkasi

2

46.

Bo‘stonliq nav sinash uchastkasi

2

47.

Toshkent nav sinash uchastkasi

4

Farg‘ona viloyati

48.

Qo‘shtepa nav sinash stansiyasi

3

49.

Beshariq nav sinash uchastkasi

2

50.

Bag‘dod nav sinash uchastkasi

3

51.

Farg‘ona nav sinash uchastkasi

2

52.

Vodil nav sinash uchastkasi

2

Xorazm viloyati

53.

Xiva nav sinash stansiyasi

4

54.

Gurlan nav sinash uchastkasi

3

55.

Urganch nav sinash uchastkasi

2

Toshkent shahar

56.

Toshkent paxta tolasi texnologiya laboratoriyasi

15

57.

Toshkent kimyo texnologiya laboratoriyasi

8

Jami:

172

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 282-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari turlarining Milliy genbankini yaratish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va duragaylari sinovi sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish, sinovlarni xorijiy andozalari darajasiga ko‘tarish

1.

O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestrini yuritish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil 20-noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Adliya vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga yangi nav va duragaylarni kiritish va undan chiqarish bo‘yicha ekspert komissiyasi faoliyati tartibini tasdiqlash.

Qishloq xo‘jaligi vazirining buyrug‘i

2020-yil 15-iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

3.

Soha tarmoqlari bo‘yicha yetakchi xorijiy davlatlarning markazlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2030-yillarda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

4.

O‘simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro ittifoq (UPOV)ning milliy seminarlari, shuningdek, MDH davlatlarining qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazlari ishtirokida o‘tkaziladigan “dalakunlari” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasining vakillari ishtirokini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Intelektual mulk agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

5.

O‘simliklar seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro ittifoq (UPOV) qo‘llanmasi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash ishlarini tashkil qilish hamda ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Intelektual mulk agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

6.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari yangi navlarini sinash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini ishlab chiqish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i

2020-yil 1-iyul

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

7.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi tizimidagi nav sinash stansiyalari va uchastkalarining yo‘nalishlarini belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 15-iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

8.

O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritilgan yangi nav va duragaylarning ko‘rgazmali ishlab chiqarish sinovlarini tashkil etish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish orqali fermer, dehqon xo‘jaliklari va agroklasterlarda yangi nav va duragaylarni tanlab olish imkoniyatini oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

II. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan o‘tkazishni rivojantirish

9.

O‘simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro ittifoq (UPOV)ning bosh qarorgohidan mutaxassislar jalb qilish va seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Intelektual mulk agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

10.

Davlat dasturidagi grant mablag‘lari hisobiga O‘simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro ittifoq (UPOV)ning qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini huquqiy muhofaza qilish o‘tkazishga doir uslubiy qo‘llanmalarinidavlat tiliga tarjima qilish va chop etishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Intelektual mulk agentligi,

Fanlar akademiyasi

III. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari sinovining resurstejamkor va innovatsion texnologiyalar asosida o‘tkazilishini bosqichma-bosqich joriy etish

11.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarida konkurs va ishlab chiqarish sinovlarini resurs tejamkor texnologiyalar asosida o‘tkazilishini tashkil etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

12.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash ishlarini yopiq maydonlarda amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda texnik ko‘mak mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasining 5 ta mintaqasida issiqxonalar barpo etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

13.

Mahalliy va chet eldan keltirilgan nav va duragaylarning konkurs sinovlarini olib borish davomida qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlarini ilmiy asoslagan holda bosqichma-bosqich boyitib borish choralarini ko‘rish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Fanlar akademiyasi

IV. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalariga ajratilgan yerlardan samarali foydalanish

14.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarining ekin yerlaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Davergeodezkadastr qo‘mitasi

15.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarining ekin yer maydonlaridan samarali foydalanishni nazorat qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

V. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

16.

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlarini jalb etgan holda Markaz va uning tizimidagi qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalari binolarini ta’mirlash hamda binosi mavjud bo‘lmagan nav sinash stansiyalari va uchastkalari uchun bino qurish va jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davergeodezkadastr qo‘mitasi

17.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarini qishloq xo‘jaligi texnikalari, shuningdek, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi

18.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

VI. Sohani malakali kadrlar bilan butlash hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

19.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi hamda uning tizimidagi nav sinash stansiyalari va uchastkalarini zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 15-iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

20.

Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida hamda boshqa oliy ta’lim muassasalarda urug‘chilik va urug‘shunoslik kafedralarida tahsil oluvchi iqtidorli talabalarni qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash sohasiga qiziqtirish, “ustoz-shogird” tizimini yo‘lga qo‘yish va ularni kelgusida sohaga jalb etish ishlarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 o‘quv yilidan boshlab

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi

21.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi xodimlariga arzon uy-joylar qurish uchun qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer maydoni hamda tijorat banklarining uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlarini ajratish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 15-dekabr

Toshkent viloyati hokimligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Davergeodezkadastr qo‘mitasi,

respublika tijorat banklari

VII. Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari sohasida O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish hamda uning texnik bazasini mustahkamlash

22.

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutning Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy genbanki faoliyati samaradorligini oshirish va genetik resurslarni saqlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda texnik ko‘mak mablag‘larini jalb etgan holda yangi zamonaviy va xalqaro talablarga javob beradigan bino va maxsus (fitopatologiya va entomologiya, qishloq xo‘jaligi ekinlari kolleksiya namunalariga texnologik baho berish hamda mikrovinochilik) laboratoriyalarni loyihalash, qurish va jihozlash ishlarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

“O‘zstandart” agentligi,

Toshkent viloyati hokimligi

23.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining jahon genofondidan foydalangan holda o‘simliklarda tashqi muhitning noqulay omillariga chidamlilikni shakllanishi qonuniyatlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi

24.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari kolleksiya namunalarining dala tajribalarini o‘tkazish uchun institutning mashina-traktor parkini yangi qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi

25.

Ilg‘or xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, dolzarb ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish hamda sohaga doir ilmiy davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalarni tashkil etish, yosh olimlarni jalb etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 282-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekin yer maydoni mavjud bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash uchastkalariga ajratiladigan yer maydonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash uchastkalarining nomlanishi

Talab etiladigan yer maydoni
(gektar)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Xo‘jayli nav sinash uchastkasi

10,0

Qashqadaryo viloyati

2.

Mirishkor nav sinash uchastkasi

10,0

3.

Qamashi nav sinash uchastkasi (lalmi)

10,0

Toshkent viloyati

4.

Yuqorichirchiq nav sinash uchastkasi

5,0

5.

Toshkent nav sinash uchastkasi

5,0

Jami

40,0

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 09/20/282/0584-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)