11.05.2020 yildagi 275-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxena protokoli (Monreal, 2000-yil 29-yanvar) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining Biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxena protokoliga qoʻshilishi toʻgʻrisida (Monreal, 2000-yil 29-yanvar)”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxena protokolida (Monreal, 2000-yil 29-yanvar) (keyingi oʻrinlarda — Kartaxena protokoli) belgilangan Milliy muvofiqlashtiruvchi markaz vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yuklash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markazga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
genetik modifikatsiyalangan organizmlarning (keyingi oʻrinlarda — GMO) biologik xavfsizligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar natijalarini hamda boshqa maʼlumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xomashyosi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda ozuqa va urugʻlarda GMOni aniqlash boʻyicha laboratoriya tadqiqotlari, shuningdek, xoʻjalik shartnomalari asosida tahlillarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada sinovdan oʻtkazilishi yoki ishlatilishi kutilayotgan GMO va uning asosida yaratilgan mahsulotlar xavfsizligi boʻyicha ilmiy asoslangan ekspertizalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar, yuridik va jismoniy shaxslarga hamda ommaviy axborot vositalariga biologik xavfsizlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etib borish, ilmiy, ilmiy-texnik, ekologik, huquqiy axborot va tajriba almashinuviga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro axborot tarmoqlaridagi biologik xavfsizlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida milliy maʼlumotlar bazasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlar biologik xavfsizlik tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan maʼlumotlar almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GMOlarni aniqlash va ularni atrof-muhitga chiqarishning xavfini baholash sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiya kotibiyati bilan biologik xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy aloqada boʻlish va biologik xavfsizlik sohasida vositachilik mexanizmini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik xilma-xillikni taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markaziga oziq-ovqat xomashyosi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda ozuqa va urugʻlarda GMOni aniqlash boʻyicha referens-laboratoriya vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, referens-laboratoriya GMOni aniqlashning laboratoriya natijalari yuzasidan munozarali holat yuzaga kelganda “uchinchi tomon” sifatida qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2020-yildan boshlab belgilangan tartibda Kartaxena protokoli qoidalarining bajarilishi yuzasidan Biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiya kotibiyatiga hisobot berib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Markazning mazkur qaror 2-bandida belgilangan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (qoʻshimcha jalb qilingan xodimlar mehnatiga haq toʻlashdan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik shartnomalaridan tushgan budjetdan tashqari mablagʻlar (qoʻshimcha jalb qilingan xodimlar mehnatiga haq toʻlash uchun) hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Kartaxena protokoli qoidalarini amalga oshirishda oʻzlariga taalluqli qismi boʻyicha masʼul vakolatli organlar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Fanlar akademiyasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmanomalariga binoan Kartaxena protokoli masalalari boʻyicha tashrif buyuruvchi xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Kartaxena protokoli boʻyicha Markazga yuklangan qoʻshimcha vazifalarni samarali bajarish maqsadida xalqaro begʻaraz texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) jalb etishda koʻmaklashsin va bu borada donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat hamda nohukumat tashkilotlar bilan doimiy ravishda amaliy ish olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik xavfsizlikni taʼminlash, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda ozuqa va urugʻlar tarkibida GMOni tadqiq etishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarning tanlovlar asosida shakllantirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 11-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
275-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2020-y., 09/20/275/0571-son)