11.05.2020 yildagi 274-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilmiy tashkilotlar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini reyting asosida baholash tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi respublikada faoliyat yuritayotgan ilmiy tashkilotlar reytingini shakllantirish uchun mas’ul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining ilmiy tashkilotlar reytingini (keyingi o‘rinlarda — reyting) aniqlash sohasidagi qo‘shimcha vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tashkilotlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati darajasi, ilmiy-tadqiqot ishlari sifati, ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarini tavsiflovchi ma’lumotlar bazasini tizimli asosda shakllantirish hamda ularni reyting ko‘rsatkichlariga muvofiq baholash asosida har yili respublika ilmiy tashkilotlar reytingini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahondagi yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy ilmiy tashkilotlarning dunyodagi nufuzli ilmiy markazlar reytingiga kirishida amaliy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyting natijalari asosida ilmiy tashkilotlarda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari sifatini oshirishga qaratilgan aniq takliflarni nazarda tutuvchi respublikadagi ilmiy tashkilotlar faoliyati to‘g‘risida tahliliy axborot tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili reyting natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or xalqaro tajriba asosida hamda fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda reyting tuzilmasiga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘ysunuvida ilmiy tashkilotlar bo‘lgan vazirliklar, idoralar hamda ilmiy tashkilotlar tomonidan reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar har yili 1-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritiladigan reytingni aniqlashga doir ma’lumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun tegishli vazirliklar va idoralar hamda ilmiy tashkilotlarning rahbarlari shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reytingni hisoblash metodikasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 11-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
274-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-maydagi 274-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom ilmiy tashkilotlar reytingini (keyingi o‘rinlarda — reyting) aniqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ilmiy tashkilotlar reytingi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan har yili xolislik, oshkoralik va adolat tamoyillariga amal qilingan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning ilmiy-innovatsion faoliyati darajasi va sifatini oshirishni rag‘batlantirish, ilmiy xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari uchun ilmiy hajmdor mahsulotlar va texnologiyalarni tayyorlashga zamin yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar reytingni aniqlashning vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni muntazam takomillashtirib borish asosida talab yuqori bo‘lgan ilmiy hajmdor mahsulotlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tashkilotlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari sifati, ulardagi mavjud imkoniyatlar, ilmiy laboratoriyalar, asbob-uskunalar haqida ilmiy faoliyatni boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar, buyurtmachilar hamda keng jamoatchilikni xolis axborotlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tashkilotlarning jahondagi reytingi yuqori bo‘lgan ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan izchil hamkorligini ta’minlash hamda ularning xalqaro standartlarga muvofiq yuqori ko‘rsatkichlarga erishishiga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy reyting tizimida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan ilmiy tashkilotlarning dunyodagi nufuzli ilmiy markazlar qatoriga kirishi uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning birinchi choragida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida tegishli namunadagi jadvallar ishlab chiqiladi va reyting aniqlanayotgan yilning 20-dekabriga qadar bo‘ysunuvida ilmiy tashkilotlar bo‘lgan vazirliklar va idoralarga hamda ilmiy tashkilotlarga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda ilmiy tashkilotlar tomonidan reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar asoslantiruvchi hujjatlari bilan birgalikda 1-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asoslantiruvchi hujjatlar qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ma’lumotlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlarning ishonchliligi, to‘liqligi va haqqoniyligini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan bir hafta muddatda manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislari, mustaqil ekspertlar hamda olimlardan iborat ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchi guruh tomonidan zaruratga ko‘ra, taqdim etilgan reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar joyiga chiqqan holda o‘rganilishi mumkin. Bunda ishchi guruh 1-aprelga qadar tegishli dalolatnoma asosida ilmiy tashkilotlar rahbarlari imzosi bilan tasdiqlangan ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respblikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun quyidagi ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda so‘rab olinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tashkilot uchun yuqori turuvchi davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalaridan — ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlariga yo‘naltirilgan xorijiy grantlar va xorijiy jamg‘armalar mablag‘lari, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari buyurtmalari asosida o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqotlar yoki xo‘jalik shartnomalari asosida olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasidan — fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga hamda ilmiy darajaga ega bo‘lmay dotsent yoki professor ilmiy unvonlariga tasdiqlangan ilmiy tashkilotlar ilmiy xodimlari tomonidan himoya qilingan dissertatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan — ilmiy tashkilotlar va ularda faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlarga tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari uchun olingan patentlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli boshqa materiallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy tashkilotlarda tanlovlar asosida shakllantirilgan va davlat ilmiy-texnika dasturlariga kiritilgan fundamental, amaliy va innovatsion hamda startap loyihalarga ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Reyting natijalarini hisoblash va e’lon qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Reytingni aniqlashga oid to‘plangan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 1-mayga qadar ilmiy tashkilotlar reytingi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ilmiy tashkilotlarning reyting natijalari asosida quyidagi toifalarga bo‘linadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I toifa — yetakchi (lider) ilmiy tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II toifa — o‘rtacha (qoniqarli) natijadorlikni namoyon etuvchi ilmiy tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III toifa — asosiy ilmiy faoliyatni hamda rivojlanish istiqbolini yo‘qotgan (qoniqarsiz) ilmiy tashkilotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyting ballarini hisoblash ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ilmiy tashkilotlar reytingini hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Reyting ko‘rsatkichlari uchun ballarni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega ilmiy tashkilotlar aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan ilmiy tashkilotlarga shu ko‘rsatkich uchun belgilangan eng ko‘p ball beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa barcha ilmiy tashkilotlarning ballari shu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yuqori ballga ega bo‘lgan ilmiy tashkilotlarning ko‘rsatkichiga nisbatan hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir ko‘rsatkich bo‘yicha hisoblangan ballar yig‘indisi ilmiy tashkilotlar reytingini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Reyting natijalari har yili iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Indikatorlar

Ball

Jami

100

I. Kadrlar salohiyati bo‘yicha ko‘rsatkichlar

15

1.

Ilmiy xodimlarning ilmiy salohiyati, shu jumladan

4

1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari

2. Fan doktori (DSc)

3. Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD)

2.

Ilmiy xodimlar tarkibidagi yosh olimlar ulushi

2

3.

Ilmiy xodimlarning o‘rtacha yoshi

1

4.

Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotganlar ulushi

1

5.

Ilmiy xodimlarning mobilligi (xorijiy ilmiy tashkilotlarda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib borish, xorijiy ilmiy izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish)

1

6.

Ustoz-shogird an’anasi asosida ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimining mavjudligi

1

7.

Doktorlik (fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilish samaradorligi:

3

1. Joriy yilda himoya qilganlar ulushi

2. O‘tgan yilda himoya qilganlar ulushi

3. Ilmiy tashkilotning ilmiy xodimlari rahbarligida himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalar ulushi (joriy va o‘tgan yilda)

8.

Ilmiy unvon olish samaradorligi:

1

1. Professor ilmiy unvoni yoki yetakchi (bosh) ilmiy xodim unvoni

2. Katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoni

9.

Dissertatsiyasini muddatida himoya qilgan doktorant yoki mustaqil izlanuvchilar (PhD va DSc) ulushi (huzurida doktorantura mavjud bo‘lsa)

1

II. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari, xalqaro grantlar va xo‘jalik shartnomalari doirasidagi ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish natijalari ko‘rsatkichi

30

10.

Fundamental loyihalar ulushi

6

11.

Amaliy loyihalar ulushi

4

12.

Innovatsion loyihalar ulushi

4

13.

Xalqaro hamkorlikdagi qo‘shma loyihalar ulushi

6

14.

Xalqaro grantlar ulushi

5

15.

Budjetdan tashqari mablag‘larning jalb qilinganligi (xo‘jalik shartnomasi)

5

III. Ilmiy faoliyat natijalarini chop etish, undan foydalanish, joriy etish va tijoratlashtirish ko‘rsatkichlari

55

16.

Xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra ilmiy xodimlar nashrlariga iqtiboslar, shu jumladan:

16

1. Scopus, Web of Science yoki boshqa umume’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalari nashrlaridagi ulushi

2. Mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallardagi ulushi

3.Umume’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalari nashrlarida bitta ilmiy maqolaning umumiy iqtiboslilik soni

17.

Xalqaro ilmiy jurnallarda, mahalliy ilmiy nashlarda chop etilgan maqolalar va monografiyalar ulushi, shu jumladan:

16

1. Ilmiy xodimlarning o‘rtacha Scopus va WebofScience ma’lumotlar bazalaridagi “Xirsh indeksi” (h-index)

2. Chop etilgan monografiyalar:

bosma nashrdagi ilmiy ishlar;

elektron nashrdagi ilmiy ishlar (researchgate.com, science.com, pubmed.comva boshqalar)

3. Xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar

4. Respublika ilmiy jurnallardagi maqolalar

5. Halqaro anjumanlarda chop etilgan tezislar

6. Respublika miqyosida o‘tkazilgan anjumanlar ilmiy to‘plamlarida chop etilgan tezislar

18.

Ilmiy tashkilot tomonidan konferensiya yoki seminarlar tashkil etilganligi

2

1. Xalqaro konferensiya va seminarlar

2. Respublika miqyosidagi konferensiya va seminarlar

19.

Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirish hamda qo‘shimcha nobudjet moliyaviy resurslarni jalb etish asosida olingan mablag‘lar hajmi(mln so‘mda), shu jumladan:

6

1. Ilmiy faoliyat natijalaridan foydalangan holda yaratilgan ishlanmalarni (bajarilgan ishlarni, ko‘rsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan mablag‘lar

2. Muassis yoki ta’sischilarning ustav jamg‘armasiga ulush sifatida intellektual mulk obyekti yoki tayyor texnologiyani kiritgan tashkilot (yoki ixtisoslashtirilgan affillangan tashkilot) ishtirokida tijorat tashkilotlarini tashkil etishdan olingan mablag‘lar

3. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini uchinchi shaxsga o‘tkazish va mazkur obyektdan foydalanish huquqini royalti to‘lovlariga asosan litsenziya shartnomalarini tuzish orqali, jumladan, ularni keyinchalik ushbu huquqlar oluvchisi tomonidan tijoratlashtirish sharti bilan berish va boshqa usullar orqali olingan mablag‘lar

4. Iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan ilmiy ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyoj ulushi (litsenziya shartnomalari)

5. Xorijiy investorlar tomonidan sotib olingan patentlangan texnologiya asosidagi litsenziya shartnomalari ulushi

20.

Ilmiy-tadqiqot natijalarini huquqiy muhofaza qilish

3

1. Intellektual mulk obyektlariga olingan muhofaza hujjatlari (patentlar)

2. Dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar

3. Intellektual mulk obyektiga talabnomalar

21.

Ilmiy-hajmdor mahsulotlarning tashqi bozorga yo‘naltirilganlik ulushi (eksport)

4

22.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligini bevosita amalda sinab, ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha tashkil etilgan infratuzilmalar mavjudligi:

1

1. Innovatsiya markazlari

2. Texnoparklar

23.

Ilmiy tashkilot huzurida tajriba ishlab chiqarish tuzilmasining mavjudligi:

1

1. Sinov-tajriba maydonchalari (poligonlar),

2. Maxsus laboratoriyalar

24.

Ilmiy tashkilotda innovatsion startap akselerator va inkubatorlarning tashkil etilganligi hamda to‘liq faoliyat yuritayotganligi

2

25.

Yosh olimlar ijodiy-tajriba ustaxonasi (“Maker space”) tashkil etilganligi hamda to‘liq faoliyat yuritayotganligi

1

26.

Ilmiy tashkilotning faoliyat yo‘nalishiga oid laboratoriya va boshqalar bilan ta’minlanganlik darajasi

27.

Muassasaning rasmiy veb-saytining Milliy qidiruv tizimidagi o‘rni

3

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2020-y., 09/20/274/0570-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)