06.05.2020 yildagi 269-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand shahridagi ayrim moddiy madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand shahridagi davlat mulki hisoblangan boʻsh turgan moddiy madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi Samarqand viloyati boʻlimining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash hamda Hoji Abdulaziz Abdurasulovning uy-muzeyini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining Samarqand viloyat madaniy meros boshqarmasiga tegishli boʻlgan Samarqand shahar, Registon koʻchasi, 3a-uy manzilida joylashgan “Usmatboy madrasasi” binosini Badiiy ijodkorlar uyushmasi Samarqand viloyati boʻlimiga tekin foydalanish huquqi asosida biriktirib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati Qurilish bosh boshqarmasiga tegishli boʻlgan Samarqand shahar, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 35-uy manzilida joylashgan moddiy madaniy meros obyektini Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyekti sifatida davlat roʻyxatiga olingan Samarqand shahar, Hoji Abdulaziz Abdurasulov koʻchasi, 49-uy manzilida joylashgan tarixiy hovlini Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi takliflari maqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Madaniyat vazirligi bir hafta muddatda ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan moddiy madaniy meros obyektlarini belgilangan tartibda qabul qilish va topshirish ishlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan moddiy madaniy meros obyektlarida rejalashtiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qarori talablari asosida Madaniyat vazirligining Madaniy meros departamenti hamda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 6-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
269-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2020-y., 09/20/269/0542-son)