06.05.2020 yildagi 266-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali sanoatni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida sanoat ishlab chiqarish salohiyatini yanada rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish hamda mavjud ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Surxondaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumanida joylashgan “Qumqoʻrgʻon taʼmirlash mexanika zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ustav fondidagi 25 foiz davlat ulushini (keyingi oʻrinlarda — davlat ulushi) “Surxon Kombinat” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda — “Surxon Kombinat” MChJ) investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzish orqali “nol” xarid qiymatida sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, “Surxon Kombinat” MChJga quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki yil davomida kamida 35,0 mlrd soʻm miqdorida investitsiyalar kiritgan holda, ip-kalavani boʻyash, trikotaj, mato, sochiq ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamida 300 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan shartlarda “Surxon Kombinat” MChJ bilan davlat ulushini “nol” xarid qiymatida sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Surxon Kombinat” MChJ tomonidan qabul qilinadigan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017-2018-yillarda Surxondaryo viloyatida sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish loyihalarining koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 5-apreldagi 182-son qarorining 10-bandida Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Ibn Sino koʻchasida joylashgan qurilishi tugallanmagan temir yoʻl shifoxonasining maʼmuriy va qorovulxona binosiga 2018-yilning ikkinchi choragi yakuniga qadar 16,0 mlrd soʻm investitsiya kiritish orqali obyektda zamonaviy elektrotexnika vositalari, shu jumladan televizorlar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda 80 ta yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan ularning “Termiz kanselyariya mollari” MChJga “nol” xarid qiymatda sotilishi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi va “Termiz kanselyariya mollari” MChJ oʻrtasida hamda Termiz shahar hokimligi ishtirokida 2017-yil 10-aprelda 350-son oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Termiz kanselyariya mollari” MChJ tomonidan bugungi kunda obyektda zamonaviy texnologiyalar asosida tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-apreldagi 182-son qarorining 10-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda obyektda zamonaviy texnologiyalar asosida tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini 2020-yilning ikkinchi choragida ishga tushirish belgilab qoʻyilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan tashkilotlarni jadal realizatsiya qilish va tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-sentabrdagi 800-son qaroriga 1-ilovaning 49-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 6-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
266-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2020-y., 09/20/266/0535-son)