26.05.1995 yildagi 185-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy fondida va ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarda suv va gazni hisobga olish asboblarini oʻrnatish va ulardan foydalanish haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichimlik suv va tabiiy gazni tejab sarflash maqsadida Vazirliklar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Uy-joy fondida va ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarda suv va gazni hisobga olish asboblarini oʻrnatish va ulardan foydalanish haqidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan qurilayotgan uy-joy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni foydalanishga topshirishni 1996-yil 1-yanvardan boshlab isteʼmolchida suv va gazni hisobga olish asboblari oʻrnatilgandan keyingina amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 1-sentabrgacha mavjud uy-joy va ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarni suv va gazni hisobga olish asboblaridan foydalangan holda energiya manbalarining tijorat yoʻli bilan hisobga olinishiga bosqichma-bosqich oʻtkazishga doir viloyat (shahar) dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uy-joy va ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarni quruvchilarni ularning buyurtmanomalariga muvofiq roʻzgʻor gaz va suv hisoblagichlari bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R.Yunusov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 26-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 26-maydagi 185-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy fondida va ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarda suv va gazni hisobga olish asboblarini oʻrnatish va ulardan foydalanish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom uy-joylarda va ijtimoiy-madaniy obyektlarda energiya manbalari (suv va gaz)ni hisobga olish asboblarini oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibini, shuningdek energiya manbalarini yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan isteʼmolchilar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nizomda energiya manbalari (suv va gaz) isteʼmolchilari bilan hisob-kitob qilishda hisobga olish asboblarini yalpi qoʻllashga bosqichma-bosqich oʻtish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Asosiy atamalar va tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya manbalarini hisobga olish asboblari — quvur orqali haqiqatda oʻtadigan suv va gaz hajmini bevosita miqdoriy hisobga olishni amalga oshiruvchi hamda energiya manbalari (suv, gaz) ni oʻlchashning aniqligi, barqarorligi xususida har ikkala tarafni (isteʼmolchini va yetkazib beruvchini) qoniqtiradigan hisoblagich qurilma.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv va gazni hisobga olish asboblari Oʻzbekistonda qabul qilingan oʻlchov birliklarida ifodalangan shkalaga ega boʻlishi, har xil hajmdagi oqimlarni oʻlchash uchun zarur va yetarli boʻlgan gradatsiyalarda chiqarilishi hamda xavfsizlik texnikasi, foydalanish, tuzatish mumkinligi, oʻzaro almashtirish, qurilma indikatorlarini koʻrishning osonligi boʻyicha texnik reglamentlari yoki standartlari talablarini qoniqtirish kerak.
(II boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya manbalari — yetkazib beruvchi tomonidan isteʼmolchiga beriladigan va texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob beradigan yonadigan gaz va ichimlik suv.
(II boʻlimning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetkazib beruvchi — “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi va boshqa idoralarning suv va gazni bevosita isteʼmolchiga berishga tayyorlash va yetkazib berishni amalga oshiruvchi korxonasi.
(toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 227-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 443-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmolchi — oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun energiya manbalaridan foydalanuvchi uy-joyning, ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektning va boshqa korxonalarning egasi (mulkdor, kvartirani ijaraga oluvchi, xususiylashtirilgan uy-joy egalari shirkati, mahalla qoʻmitasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Energiya manbalarini hisobga olish asboblariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Energiya manbalarini hisobga olish uchun sinovdan oʻtgan va Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan, suv taʼminoti va gaz taʼminoti tarmoqlarining isteʼmolchilarga kirish joylarida oʻrnatiladigan suv va gazni oʻlchaydigan maxsus asboblar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Energiya manbalarini hisobga olish asboblari oʻlchanadigan mahsulotning aniqligi boʻyicha isteʼmolchini va yetkazib beruvchini qoniqtiradigan boʻlishi hamda gradatsiyasiga koʻra ehtimol tutilgan eng yuqori isteʼmolga muvofiq kelishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hisobga olish asboblari shkalalari oʻlchov birliklari Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan fizik miqdorlarida ifodalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻrnatish uchun energiya manbalarini hisobga olish asboblarining texnik reglamentlari yoki standartlari talablarini qoniqtiruvchi, energiya manbalarining oʻlchanadigan hajmlariga muvofiq keluvchi va ushbu mintaqada ixtisoslashtirilgan tuzatish va sinab koʻrib asbob-uskunalari bilan taʼminlangan har qanday turi qoʻllaniladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Energiya manbalarini hisobga olishga oʻtish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Energiya manbalarini hamma joyda hisobga olishga bozor suv va gazni hisobga olish asboblari bilan toʻldirilishi davomida bosqichma-bosqich oʻtish belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yangi qurilishda obyekt energiya manbalarini hisobga olish asboblari oʻrnatilgan holda foydalanishga qabul qilib olinadi, asboblar va hisobga olish asboblarini oʻrnatish ishlari qiymati smetalarda nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukammal tuzatish va rekonstruksiya qilishda asboblar va ularni oʻrnatish ishlari qiymati mukammal va rekonstruksiyalash smetalari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mavjud uy-joy fondida, ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarda, boshqa korxonalarda suv va gazni hisobga olish asboblarini oʻrnatish obyekt egalari bilan tuziladigan kontrakt-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Energiya manbalarini hisobga olish asboblarini oʻrnatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yangidan qurilayotgan va mavjud uy-joylarda, ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi muassasalarda va boshqa korxonalarda energiya manbalarini hisobga olish asboblari oʻrnatish bu ishlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Energiya manbalarini hisobga olishning har bir oʻrnatiladigan asbobiga yakka tartibdagi loyiha yoki takroriy yechimni bogʻlash loyihasi ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Energiya manbalarini hisobga olish asboblari xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ularga erkin yaqinlashishini, asboblarning butligi va texnik holatini koʻz bilan koʻrishni, qurilmaning shkalali-raqamli koʻrsatkichlarini yozib olish mumkinligini taʼminlaydigan hamda xavfsizlik texnikasi talablariga javob beradigan joylarda oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Energiya manbalarini hisobga olish asboblari uy-joy yoki ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyekt egasining hisobiga oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetkazib beruvchining mablagʻlari hisobidan oʻrnatiladigan hisobga olish asboblari qiymati uy-joy yoki ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyekt egasi tomonidan asboblardan foydalanishning kafolati muddati davomida toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Energiya manbalarini hisobga olish asboblaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Energiya manbalarini hisobga olish asboblaridan foydalanish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asboblarni oʻrnatish va ishdan chiqqanlarini almashtirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatkichlarni va asboblarning texnik holatini nazorat qilishni, vaqti-vaqti bilan sinab koʻrish ishlarini, asboblarni tuzatishni oʻz ichiga oluvchi hisobga olish asboblariga texnik xizmat koʻrsatishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma hujjatlarini tuzishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Energiya manbalarini hisobga olish asboblaridan foydalanishni, texnik xizmat koʻrsatishni, koʻrsatkichlarni nazorat qilishni sinash va tuzatish ishlarini tegishli sinab koʻrish asbobiga va koʻrsatib oʻtilgan ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hisobga olish asboblaridan foydalanish ishlari qiymati energiya manbalari tannarxiga tegishli boʻladi va energiya manbai uchun toʻlanadigan haqqa kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toʻlovlarning barcha turlari, texnik foydalanish qiymati va energiya manbalarini hisobga olish asboblari qiymatini undirib olish isteʼmolchi bilan yetkazib beruvchi oʻrtasida tuziladigan shartnoma belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Energiya manbalarini hisobga olish asboblaridan foydalanish qoidalari va nomalari buzilganligi uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Isteʼmolchi oʻrnatilgan energiya manbalarini hisobga olish asbobiga ehtiyotlik bilan munosabatda boʻlishga, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning asbob oʻrnatilgan joyga toʻsiqsiz oʻtishlarini taʼminlashga va olingan energiya manbalari (suv va gaz) qiymatini uning koʻrsatkichlari boʻyicha amaldagi tariflarga muvofiq muntazam toʻlab borishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Asbobning nosozligi aniqlangan taqdirda isteʼmolchi bu haqda energiya manbai yetkazib beruvchiga darhol maʼlum qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Energiya manbalarini hisobga olish asboblariga shikast yetkazilishi bilan bogʻliq barcha nizoli masalalar isteʼmolchi bilan yetkazib beruvchi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga koʻra va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilangan tartibda hal etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 5-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda; 2006-y., 45-son, 443-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)