1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar bo‘yicha va elektron to‘lov tizimlari orqali hisob-kitob;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.03.00.00 Pul tizimi va pul muomalasi. Inflyatsiya / 07.03.02.00 Naqd pul emissiyasi, pul muomalasini tashkil qilish va tartibga solish. Inflyatsiya]
[TSZ:
1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3231]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy banki raisi M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3/13-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 13/3-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayirboshlash operatsiyasi — bir elektron pullar emitenti (bundan buyon matnda emitent deb yuritiladi) tomonidan chiqarilgan elektron pullarni boshqa emitent tomonidan chiqarilgan elektron pullarga almashtirish operatsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir emitentli elektron pullar tizimi — bir emitent tomonidan elektron pullarning chiqarilishini va ularning elektron pullar tizimida muomalada bo‘lishini ta’minlovchi elektron pullar tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p emitentli elektron pullar tizimi — ikki va undan ortiq emitentlar tomonidan elektron pullarning chiqarilishini va ularning yagona elektron pullar tizimida muomalada bo‘lishini ta’minlovchi elektron pullar tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldindan to‘langan karta (prepaid card) — personallashtirilmagan to‘lov vositasi bo‘lib, bank hisobvarag‘iga bog‘lanmagan holda oldindan kirim qilingan elektron pul mablag‘laridan foydalanish imkonini beruvchi karta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik tartib-taomili — elektron pullar egasining elektron hamyonga kirish va elektron pullar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqlarini belgilashga mo‘ljallangan xavfsizlik va axborotni himoya qilishni ta’minlovchi dasturiy-texnik vositalar va chora-tadbirlar majmuasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullar tizimining agentlari — emitent yoki elektron pullar tizimining operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullarni olish va jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish operatsiyalarini amalga oshiruvchi banklar yoki to‘lov agentlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullar tizimining ishlash qoidalari (bundan buyon matnda elektron pullar tizimining qoidalari deb yuritiladi) — elektron pullarni chiqarish, realizatsiya qilish, sotib olish, qoplash, shuningdek elektron pullardan foydalangan holda elektron pullar tizimida operatsiyalarni amalga oshirishni nazarda tutadigan va operator tomonidan belgilanadigan tartib-taomillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullar egasining shaxsiy kabineti — elektron pullar egasining elektron pullar tizimining internet resursidagi shaxsiy bo‘limi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullarni qoplash — emitent tomonidan o‘zi chiqargan, elektron pullar egasi taqdim etgan elektron pullarni ularning nominal qiymatiga teng pul mablag‘lari summasiga almashtirish operatsiyasining amalga oshirilishini nazarda tutuvchi to‘lov xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullarning chiqarilishini tugatish — emitent tomonidan elektron pullarni chiqarish bo‘yicha to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatining tugatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hamyon — elektron pullar tizimining dasturiy ta’minoti, mikroprotsessor (chip), elektron pullar saqlanadigan va ulardan foydalanish imkonini beradigan dasturiy-texnik qurilmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hamyonni bloklash — elektron hamyonga kirishni va elektron pullardan foydalanishni taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent — O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va banklar elektron pullarning emitentidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Elektron pullar tizimining faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Emitent, operator, elektron pullar tizimining agenti, elektron pullar egasi, shuningdek emitent bilan shartnoma tuzgan banklar, to‘lov tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxslar elektron pullar tizimining subyektlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Elektron pullar tizimining ishlashini ta’minlaydigan bank va (yoki) tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan to‘lov tashkiloti operator hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Emitent yoki emitent bo‘lmagan boshqa bank operator bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining hisob-kitob banki (bundan buyon matnda hisob-kitob banki deb yuritiladi) bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Emitent elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlashi to‘g‘risida Markaziy bankka mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnomada operatorning (tovar belgisining) nomlanishi va operatorga berilgan litsenziya raqami, emitent, operatorning hisob-kitob banki va elektron pullar tizimi agentlari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Emitent Markaziy bankka xabarnoma bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent operator bo‘lmagan hollarda va unga elektron pullar tizimining tovar belgisi tegishli bo‘lmagan taqdirda emitentning elektron pullar tizimidagi o‘rnini tasdiqlovchi hujjatlarni (operator bilan tuzilgan shartnoma);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullar tizimi subyektlari bilan tuziladigan shartnomalar namunalarini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markaziy bank tomonidan xabarnoma olinganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqiladi hamda Markaziy bankning rasmiy veb-saytida yuritiladigan Elektron pullar tizimi reyestriga elektron pullar chiqarilishining boshlang‘ich sanasi haqida tegishli ma’lumot kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent Markaziy bank bo‘lgan taqdirda o‘zining elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatini boshlashi haqida kamida o‘ttiz kun oldin rasmiy veb-saytida e’lon beradi va Elektron pullar tizimi reyestriga elektron pullar chiqarilishining boshlang‘ich sanasi haqida tegishli ma’lumot kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Emitent va operator elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnoma shartlariga muvofiq, elektron pullarga ruxsatsiz ega bo‘lish va (yoki) ulardan ruxsatsiz foydalanish, shuningdek elektron pullar emitentining dasturiy ta’minoti ishidagi yoxud elektron pullar tizimining faoliyat ko‘rsatishidagi xatolar yoki uzilishlar oqibatida elektron pullar egasiga yetkazilgan zarar bo‘yicha elektron pullarning egasi oldida javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Operator emitent bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq elektron pullar tizimining qoidalarini belgilaydi. Ko‘p emitentli elektron pullar tizimida elektron pullar tizimining qoidalari har bir emitent bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Bunda operator elektron pullar tizimining qoidalarini Markaziy bankka taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Operator elektron pullar tizimida tranzaksiyalarni elektron pullar tizimi qoidalariga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Operator quyidagi hollarda emitent(lar) nomidan elektron pullar tizimining boshqa subyektlari bilan shartnomalar tuzishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir emitentli elektron pullar tizimida — emitent va operator o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p emitentli elektron pullar tizimida — operator bilan har bir emitent o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, operator elektron pullar bilan bog‘liq operatsiyalarni har bir emitent bo‘yicha elektron pullar hisobining alohida yuritilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Elektron pullarning chiqarilishi emitent tomonidan jismoniy shaxs yoki elektron pullar tizimining agentidan qabul qilingan pul mablag‘lari doirasida, elektron pullar tizimi qoidalari hamda elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Elektron pullarning hisobi emitent tomonidan hisob-kitob bankida ochiladigan maxsus depozit hisobvarag‘ida yuritiladi. Maxsus depozit hisobvarag‘idan faqat elektron pullarni chiqarishda pul mablag‘larini kirim qilish va ularni qoplashda pul mablag‘larini hisobdan chiqarish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi. Mazkur hisobvaraqdagi qoldiq mablag‘ tegishli elektron pullar tizimida chiqarilgan barcha elektron pullar bo‘yicha majburiyatlarning yig‘indisiga teng bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Elektron pullarni jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish yoki elektron pullarni jismoniy shaxslardan sotib olish emitent yoki operator bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining agenti tomonidan amalga oshiriladi, ushbu shartnomada taraflarning huquq va majburiyatlari, elektron pullarni realizatsiya qilish hamda sotib olish tartibi va shartlari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Emitent yoki operator elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnoma tuzilguniga qadar elektron pullar tizimida ishtirok etadigan jismoniy shaxsga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning va operatorning nomi hamda joylashgan yeri (pochta manzili), shuningdek operator bank hisoblanmagan hollarda esa, to‘lov tashkilotining litsenziyasi raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullardan foydalanish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplashda emitent va (yoki) operator tomonidan elektron pullar egasidan vositachilik haqini undirish tartibi va miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e’tirozlarni berish usullari va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida, shu jumladan emitent yoki operator bilan bog‘lanish uchun axborot taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Elektron pullarni jismoniy shaxsga va elektron pullar tizimining agentiga realizatsiya qilish elektron pullar tizimi tomonidan har bir elektron pullar egasi uchun shakllantiriladigan elektron hamyonga emitentdan sotib olingan elektron pullarni kirim qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Emitent yoki operator bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining agenti elektron pullar tizimida elektron hamyonga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga elektron pullarni realizatsiya qilish yoki ularni qoplash maqsadida elektron pullarni nominal qiymati bo‘yicha elektron pullarning egasi bo‘lgan jismoniy shaxsdan sotib olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida emitent tomonidan chiqariladigan elektron pullar faqat milliy valyutada nominallashtirilgan bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Emitent tomonidan elektron pullarning chiqarishda elektron pullarning egasiga elektron pullarni realizatsiya qilinganligi va elektron pullarning egasi elektron pullarni sotib olganligini tasdiqlovchi kvitansiya yoki boshqa tasdiqlovchi hujjat (bundan buyon matnda kvitansiya deb yuritiladi) qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kvitansiya quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent va operatorning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyaning amalga oshirilgan sanasi (kun, oy va yil) hamda vaqti (soat, minut va soniya);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyaning tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqarilgan elektron pullar summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullar egasiga tegishli bo‘lgan elektron hamyonning identifikatsiya kodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undiriladigan vositachilik haqi miqdori (agar elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan bo‘lsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kvitansiyaga emitent tomonidan qo‘shimcha rekvizitlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Elektron pullar tizimining agenti tomonidan elektron pullarni realizatsiya qilishda jismoniy shaxsga ushbu pullarning realizatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjat qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu hujjat quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agent, emitent va operatorning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyaning amalga oshirilgan sanasi (kun, oy va yil) hamda vaqti (soat, minut va soniya);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan operatsiyaning tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
realizatsiya qilingan elektron pullar summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullar egasiga tegishli elektron hamyonning identifikatsiya kodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undiriladigan vositachilik haqi miqdori (agar elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan bo‘lsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur hujjatga emitent yoki operator tomonidan qo‘shimcha rekvizitlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Elektron pullar tizimining agenti tomonidan elektron pullarni sotib olish va realizatsiya qilish, shuningdek elektron pullarni realizatsiya qilishda jismoniy shaxslardan qabul qilingan pul mablag‘lari hisobini yuritish tartibi va shartlari agent hamda emitent yoki operator o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Elektron pullarning egasi bo‘lgan jismoniy shaxs elektron pullardan to‘lovlarni va elektron pullar tizimining qoidalarida belgilangan hamda qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan shartlar asosida egasidan elektron pullarni elektron pullar tizimining boshqa ishtirokchisiga o‘tkazish orqali boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida foydalanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashda faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan elektron pullar qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yakka tartibdagi tadbirkor va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan elektron pullarni bitimlarni amalga oshirishda to‘lov sifatida qabul qilish emitent yoxud elektron pullar tizimining ishtirokchisi bo‘lgan boshqa bank bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Elektron pullarning egasi tomonidan elektron pullardan foydalanish elektron pullar tizimining qoidalari hamda elektron pullarning egasi va emitent yoki operator o‘rtasida tuzilgan elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Elektron pullardan foydalangan holda operatsiyalarni amalga oshirish shartlari elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Elektron pullar tizimida bitimlar bo‘yicha to‘lovlar, elektron pullar tizimi qoidalariga muvofiq bir elektron pullar egasining elektron hamyonidan boshqa elektron pullar egasining elektron hamyoniga elektron pullarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Elektron pullar elektron pullar tizimida har bir elektron pullar egasiga elektron pullar tizimining qoidalari, elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnoma hamda emitent va operator o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq elektron hamyon shakllantiriladi yoki oldindan to‘langan karta (prepaid card) ko‘rinishida emitent, operator yoki elektron pullar tizimining agenti tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Har bir elektron hamyonga elektron pullar tizimi tomonidan yaratiladigan va tizimda birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida beriladigan noyob identifikatsiya raqami biriktiriladi. Elektron hamyon egasi elektron hamyonning identifikatsiya raqami bo‘yicha autentifikatsiya o‘tkazilgandan so‘ng elektron hamyonga kirish va elektron pullar bilan operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Operator elektron pullar tizimining internet resursidagi elektron pullar egasining shaxsiy kabineti orqali autentifikatsiya o‘tkazilganidan so‘ng, uning elektron hamyonga kirishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron pullar egasining shaxsiy kabineti orqali ko‘rsatiladigan to‘lov xizmatlari ro‘yxati va ularni ko‘rsatish tartibi elektron pullar tizimi qoidalari hamda elektron pullar egasi va emitent yoki operator o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Operator elektron pullarni ayirboshlash operatsiyalarini turli elektron pullar tizimlari hamda ko‘p emitentli elektron pullar tizimi doirasida amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan chiqarilgan chet el valyutasida nominallashtirilgan elektron pullarni ayirboshlash operatsiyalari emitent tomonidan O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bilan shartnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Elektron pullardan mazkur elektron pullar tizimining subyekti bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslardan tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish uchun foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Emitent yoki operator tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxslarga maxsus elektron hamyonlar shakllantiriladi. Mazkur hamyonlarga elektron pullar faqat realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun keyinchalik bank hisobvaraqlariga ularning nominal qiymatiga teng bo‘lgan pul mablag‘lari summasini o‘tkazish maqsadida qabul qilinadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxslarning maxsus elektron hamyonlaridagi elektron pullar mazkur elektron pullar tizimida qayta realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning elektron pullarini qoplash tartibi va muddatlari emitent bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi. Agar emitent va yakka tartibdagi tadbirkor va (yoki) yuridik shaxs o‘rtasida tuzilgan shartnomada boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, emitent yakka tartibdagi tadbirkor va (yoki) yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxslardan bitim bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan vaqtda olingan elektron pullarni qoplashni elektron pullar kelib tushgan kun davomida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Elektron pullar tizimida amalga oshirilgan har qanday operatsiya bo‘yicha chek yoki boshqa tasdiqlovchi hujjat (bundan buyon matnda tasdiqlovchi hujjat deb yuritiladi) elektron pullar egasining mobil aloqa vositalariga SMS-xabar va (yoki) elektron pochta manziliga xabar tarzida yuborilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlovchi hujjat quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hamyonning identifikatsiya kodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lovni identifikatsiyalovchi tranzaksiya kodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkor va (yoki) yuridik shaxsning nomi va STIRi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlovchi hujjat raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyaning amalga oshirilgan sanasi (kun, oy va yil) hamda vaqti (soat, minut va soniya).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlovchi hujjatda boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Operator elektron pullar bilan operatsiyalar amalga oshirilishida identifikatsiya qilingan elektron pullar egasining aniqlanishini va identifikatsiya qilinmagan elektron pullar egasining elektron hamyonidagi zaruriy rekvizitlarini aniqlanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq operator elektron pullar tizimida amalga oshiriladigan operatsiyalarning eng ko‘p summasiga doir quyidagi talablar o‘rnatilishini ta’minlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya qilingan elektron pullarning egasi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan bitta operatsiyaning eng ko‘p summasi bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravariga teng bo‘lgan summadan oshmasligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya qilinmagan elektron pullarning egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning bitta elektron hamyonida (qurilmasida) saqlanadigan elektron pullarning eng ko‘p summasi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravariga teng bo‘lgan summadan oshmasligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya qilinmagan elektron pullarning egasi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan bitta operatsiyaning eng ko‘p summasi bazaviy hisoblash miqdoriga teng bo‘lgan summadan oshmasligini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Elektron pullar egasining so‘roviga ko‘ra operator unga elektron hamyondan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron ko‘chirmani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Elektron pullar tizimida elektron hamyon quyidagi hollarda operator yoki emitent tomonidan bloklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘qolganligi, o‘g‘irlanganligi yoki elektron hamyondan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risida elektron pullar egasidan xabarnoma olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullar egasi tomonidan elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron hamyonni bloklashga sabab bo‘lgan omillar to‘liq bartaraf etilgandan keyin elektron hamyon foydalanish uchun qayta tiklanadi (aktiv holatga o‘tkaziladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Operator emitentga elektron pullar egasi tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar va tranzaksiyalar haqidagi ma’lumotlarni onlayn rejimida olish imkoniyatini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Elektron hamyon bloklangan hollarda emitent hamda operator elektron pullar egasining elektron hamyoni bloklangan vaqtgacha yuzaga kelgan majburiyatlarning to‘liq ijro etilishini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Operator boshqa elektron pullar tizimi operatori bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolashi mumkin, agar bunday hamkorlik tartibi elektron pullar tizimi qoidalarida aks ettirilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Elektron pullarni qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Emitent elektron pullar egasi tomonidan taqdim qilingan elektron pullarni elektron pullar tizimi qoidalari hamda emitent va elektron pullar egasi o‘rtasida tuzilgan elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq naqd pulga almashtirish yoki naqd pulsiz mablag‘larni elektron pullar egasining bank hisobvarag‘iga kirim qilish orqali qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Emitent elektron pullar egasi tomonidan elektron pullarni qoplash uchun taqdim qilingan elektron pullarning muomaladan chiqarilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Emitent tomonidan elektron pullar quyidagi hollarda qoplangan hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullar egasi — jismoniy shaxsning bank hisobvarag‘iga tegishli summa kirim qilingan yoki unga naqd pul mablag‘i berilgan paytdan boshlab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullar egasi — yakka tartibdagi tadbirkor va (yoki) yuridik shaxsning bank hisobvarag‘iga tegishli mablag‘ kirim qilingan paytdan boshlab.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent tomonidan elektron pullarni qoplash operatsiyasi amalga oshirilganligi to‘g‘risida elektron pullar egasiga qog‘oz yoki elektron shaklda kvitansiya beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Emitent elektron pullarni chiqarish bo‘yicha faoliyatini tugatadigan taqdirda, kamida o‘ttiz kun oldin Markaziy bankka mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboradi va bu haqida o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent Markaziy bank bo‘lgan taqdirda, elektron pullarni chiqarish bo‘yicha faoliyatini tugatishidan kamida o‘ttiz kun oldin bu haqida o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Elektron pullar tizimida emitent elektron pullarni chiqarish bo‘yicha faoliyatini tugatishidan kamida o‘ttiz kun oldin elektron pullar egalarini va elektron pullar tizimining boshqa subyektlarini ommaviy axborot vositalari, shuningdek elektron vositalar orqali mazkur faoliyatni tugatayotganligi haqida xabardor qiladi. Bunda ushbu xabar bir necha bor takrorlanishi mumkin va elektron pullarni qoplash muddatini o‘z ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Elektron pullarni chiqarish faoliyatini tugatish bo‘yicha emitent tomonidan belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng, elektron pullar egasi tomonidan elektron pullarni qoplash bo‘yicha murojaat qilinmagan taqdirda, ularning elektron hamyonidagi elektron pullari emitent tomonidan majburiy ravishda qoplanadi. Bunda emitent tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxslarning elektron pullari — ularning bank hisobvaraqlariga elektron hamyonidagi qoldiq summani to‘liq o‘tkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya qilingan elektron pullar egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning elektron pullari — bank hisobvarag‘iga elektron hamyonidagi qoldiq summani to‘liq o‘tkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya qilinmagan elektron pullar egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning elektron pullari — elektron hamyonidagi qoldiq summani emitentning jismoniy shaxs talab qilguniga qadar saqlanadigan maxsus hisobvarag‘iga to‘liq kirim qilish orqali qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Elektron pullarni qoplash bo‘yicha murojaat qilmagan jismoniy shaxslarning elektron pullari emitent tomonidan majburiy ravishda qoplanganidan so‘ng:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya qilingan elektron pullar egasi hisoblangan jismoniy shaxslar — shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya qilinmagan elektron pullar egasi hisoblangan jismoniy shaxslar — emitent tomonidan elektron pochta manzillariga yoki mobil aloqa vositalariga oldindan yuborilgan kodli ma’lumotni taqdim etish orqali pul mablag‘larini olishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, emitent jismoniy shaxslarning shaxsni tasdiqlovchi hujjati asosida pul mablag‘larini oluvchilar ro‘yxatini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Elektron pullarni qoplash uchun belgilangan muddat yakunlanganidan keyin, emitent uch ish kuni mobaynida Markaziy bankka elektron pullarni qoplash operatsiyasi amalga oshirilgan elektron pullar hisobiga emitentning bank hisobvarag‘iga kirim qilingan mablag‘lar, elektron pullar egalari soni va elektron pullar summalari to‘g‘risida tegishli ma’lumot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Emitentlar ko‘p emitentli elektron pullar tizimida elektron pullarni chiqarish faoliyatini tugatganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullar tizimining biror-bir emitenti bilan tuzilgan shartnoma asosida unga chiqarilgan elektron pullar bo‘yicha majburiyatlarni topshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqarilgan elektron pullar bo‘yicha majburiyatni ko‘p emitentli elektron pullar tizimining biror-bir emitentiga topshirish to‘g‘risida shartnoma mavjud bo‘lmasa, chiqarilgan elektron pullar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish va qoplash tartibi bir emitentli tizim uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Faoliyatini tugatgan emitentning majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan emitent tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxslar, shuningdek elektron pullar tizimining agentiga elektron pullar tizimi qoidalariga hamda ular o‘rtasida tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq boshqa talablar qo‘yilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Elektron pullar tizimida xavfsizlikni ta’minlash va risklarni boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Emitent va operator elektron pullar tizimida firibgarlikni hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni aniqlash, shuningdek ularning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq tashkiliy hamda tartib-taomilga oid chora-tadbirlarni ta’minlash va joriy etish choralarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Ruxsat etilmagan to‘lovlardan himoyalanish tartib-taomillari elektron pullar tizimining qoidalari va elektron pullar tizimi subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Elektron pullar tizimining dasturiy-texnik vositalari va elektron hamyonlariga ruxsatsiz kirishning oldini olish vositalari va choralari, shuningdek tashkiliy choralar axborotni yetarli darajada muhofaza qilishini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Elektron pullar tizimida qo‘llaniladigan axborot xavfsizligi va muhofazasining tartib-taomillari, elektron pullar muomalasining barcha bosqichlarida axborotning uzluksiz muhofazasini ta’minlashi shart, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullar egasining elektron pullar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun huquqlarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pullar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda aniqlangan insidentlarning sabablarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash va axborotning yaxlitligini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Emitent va operator o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq emitent yoki operator elektron pullar egalarining elektron hamyonlaridagi elektron pullar qoldig‘i va ular tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarga doir axborot hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator elektron hamyonlardan foydalangan holda amalga oshirilgan barcha operatsiyalarning ro‘yxatga olinishini, operatsiyalar to‘g‘risida statistik va axborot tarzidagi hisobotlarning shakllantirilishini va operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular shakllantirilgan, jo‘natilgan yoki qabul qilingan formatida, yaxlitligi va o‘zgarmasligiga amal qilgan holda besh yildan kam bo‘lmagan muddatda saqlanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Elektron pullar tizimida risklarni boshqarish quyidagilarning mavjudligiga asoslangan bo‘lishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizim ishining ichki nazorati va auditi tartib-taomillari, tizimning ishlashi va tranzaksiyalar to‘g‘risida ma’lumotlarni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tranzaksiya bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash, hisobga olish va axborotni saqlash, tizimda ma’lumotlarni himoya qilish va saqlashni ta’minlovchi axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali xodimlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Operator har oyning uchinchi sanasidan kechiktirmay, Markaziy bankka elektron pullar tizimining o‘tgan oydagi faoliyati to‘g‘risida mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shaklda hisobot taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Ushbu Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 30-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalariga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
№ _______ “___” __________20___ yil.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Elektron pullarning chiqarilishini boshlash (tugatish) to‘g‘risida XABARNOMA
Elektron pullar emitenti ______________________________________________________________________
20__ yil “____” _________ dan elektron pullarning chiqarilishini boshlash (tugatish) to‘g‘risida xabar beradi.
Elektron pullar tizimining nomi: _______________________________________________________________
Elektron pullar tizimi operatorining nomi: ______________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
Elektron pullar tizimi hisob-kitob bankining nomi: _______________________________________________
Elektron pullar tizimining agentlari:
T/r
Nomi
Pochta manzili
1.
2.
...
...
...
Xabar beruvchining vakolatli vakili
(lavozimi)
(F.I.Sh.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalariga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi bo‘yicha faoliyat to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HISOBOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20___ yil 1 ________ holatiga
(oy)
_____________________________________________
(Elektron pullar tizimi operator nomi)
T/r
Emitent nomi
Elektron hamyonlar soni va ulardagi qoldiq miqdori (oy boshiga)
Elektron pullar tizimida oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar
Elektron hamyonlar soni va ulardagi qoldiq miqdori
(oy oxiriga)
kirim
chiqim
Elektron hamyonlarni to‘ldirish
YTT/YuSh tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lov
Elektron pullarni qoplash
Elektron pullar egasi — jismoniy shaxs
YTT/YuSh, agent
soni
miqdori (so‘mda)
soni
miqdori (so‘mda)
soni
miqdori (so‘mda)
Elektron pullar egasi — jismoniy shaxs
YTT/YuSh, agent
soni
miqdori (so‘mda)
soni
miqdori (so‘mda)
soni
miqdor (so‘mda)
soni
miqdor (so‘mda)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
1.
2.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 10/20/3231/0529-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)