28.04.2020 yildagi PQ-4698-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etishni moliyalashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika tarmogʻining ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish bazasini jadal rivojlantirish, shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida yuqumli va boshqa kasalliklarni aniqlash hamda davolash uchun zamonaviy samarador preparatlarni ishlab chiqarish boʻyicha uning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini (keyingi oʻrinlarda — Klaster) tashkil etish” loyihasini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 50 million dollargacha summada mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Klaster hududida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan birinchi navbatdagi obyektlar qurilishini tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaviy takliflarni koʻrib chiqish va Klaster hududida birinchi navbatda quriladigan, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarining roʻyxatini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatdagi obyektlarni qurish uchun bosh pudratchi tashkilotlarni tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatdagi obyektlar qurilishining borishi ustidan nazoratni amalga oshirish va qurilish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarning qarzdori hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzni soʻndirish va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Klaster hududidagi obyektlarni sotish va binolarni ijaraga berishdan tushgan tushumlar, shuningdek, Agentlik huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Agentlikning boshqa tushumlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi loyihaning ijro etuvchi organi, shuningdek, qurilayotgan obyektlar boʻyicha asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni qabul qilib olish uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq birinchi navbatdagi obyektlar qurilishini moliyalashtirish Ishchi guruhning qaroriga binoan parallel ravishda quyidagilarni ekspertizadan oʻtkazgan holda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani — Agentlikning tarmoq Ilmiy-texnik kengashida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlarini — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy import asbob-uskunalar va texnologiyalar, qurilish materiallari, butlovchi buyumlarni xarid qilish boʻyicha import kontraktlarini — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 28-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4698-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4698-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan birinchi navbatdagi obyektlar qurilishini tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari

2.

S.U. Umurzoqov

Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

B.I. Zakirov

qurilish vaziri

4.

S.X. Kariyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori v.b.

5.

Sh.Sh. Sagdullayev

Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Farmatsevtika sanoati korxonalari uyushmasi raisi

6.

O.B. Rustamov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari

7.

M.B. Azimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

8.

R.K. Xolmatov

Toshkent viloyati hokimi

9.

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

10.

Sh.A. Vafayev

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijrochi direktori

11.

M.A. Allabergenov

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi direktori

12.

Sh.A. Abidov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Ishchi guruh kotibi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4698/0519-son)