22.04.2020 yildagi PQ-4691-son
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash (277,5 mln dollar)

1.

“O‘zbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini laboratoriya uskunalari bilan jihozlash” va “O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihalari bo‘yicha I�Bning tejalgan mablag‘lari hisobidan Zangiota tumanidagi 10 ming o‘rinli yangi klinikani jihozlash.

Qiymati — 17,16 mln dollar.

1. ITB bilan tibbiy uskunalar va jihozlarni yetkazib berish shartnomasiga qo‘shimcha bitimni kelishish.

2. Etkazib beruvchi bilan shartnomaga qo‘shimcha bitimni imzolash.

3. ITBga shartnoma bo‘yicha mablag‘larni to‘lash to‘g‘risida so‘rov yuborish.

4. ITB tomonidan to‘lovning to‘lanishi.

5. Uskunalarni yetkazib berish.

2020-yil 24-aprel

2020-yil 24-aprel


2020-yil 24-aprel


Shartnomaga muvofiq

2020-yil aprel-may

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev),
Moliya vazirligi (Sharaxmetov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov)

2.

Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar klinikasi va Yuqorichirchiq tumanidagi karantin zonasining qurilish va jihozlash, shuningdek, Chilonzor tumanidagi bolalar shifoxonasi va perinatal markazini jihozlash ishlarini ITBning “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” va “Xorazm viloyati Toshsoqa tizimidagi magistral sug‘orish kanallarini tiklash” loyihalari bo‘yicha tejalgan mablag‘lari hisobidan yakunlash.

Qiymati — 46 mln dollar.

1. ITB bilan qurilish ishlari hajmi va talab etiladigan jihozlarni kelishish.

2. ITB bilan klinikalar qurish hamda tibbiy uskunalar va jihozlar yetkazib berish shartnomalarini kelishish.

3. Pudratchilar va yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalarni ITB bilan kelishish.

4.Qarz bitimlariga o‘zgartirishlar kiritish.

5. ITBga shartnoma bo‘yicha mablag‘larni to‘lash to‘g‘risida so‘rov yuborish.

6. ITB tomonidan to‘lovning to‘lanishi.

2020-yil 24-aprel


2020-yil 30-aprel



2020-yil 5-may



2020-yil 10-may


2020-yil 13-may


Shartnomaga muvofiq

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),
Moliya vazirligi (Sharaxmetov)

3.

OTBning “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lari hisobidan 1800ta o‘pkani sun’iy ventilatsiyalash apparatlari hamda tibbiy uskunalar va jihozlarni sotib olish.

Qiymati — 22,32 mln dollar.

1.O‘pkani sun’iy ventilatsiyalash apparatlari va tibbiy buyumlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish.

2. Uskunalarni yetkazib berishni tashkil etish.

2020-yil 24-aprel



2020-yil may — avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)

4.

Jahon bankining “Shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish” loyihasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lari hisobidan 506 ta o‘pkani sun’iy ventilatsiyalash, 40ta ko‘chma rentgen apparatlari, testlar o‘tkazish uchun PSR-apparatlar va tibbiy buyumlar sotib olish.

Qiymati — 7,55 mln dollar.

Imzolangan shartnomaga muvofiq yetkazib berishni tashkil etish.

2020-yil may — avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov)

5.

Sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan (OIIB) 100 mln dollargacha miqdorda mablag‘lar jalb qilish.

1. Konsepsiya va moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarni shakllantirish hamda so‘rovnomani Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligiga taqdim etish.

2. OIIBga rasmiy so‘rov yuborish.

3. Loyiha va qarz hujjatlarini kelishish.

4. Qarz muzokaralarini o‘tkazish.

5. Tender tartib-taomillarini e’lon qilish.

6. Loyiha TIAsini ishlab chiqish va ekspertiza organlari bilan kelishish.

7. Loyihaning OIIB Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi.

8. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

9. OIIB bilan qarz bitimini imzolash.

2020-yil 28-aprel



2020-yil 30-aprel


2020-yil 17-iyul


2020-yil 17-avgust

2020-yil 20-avgust


2020-yil 31-avgust


Kelishuvga ko‘ra


2020-yil 15-sentabr


2020-yil 25-sentabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

Moliya vazirligi (Sharaxmetov)

6.

Jahon bankining 95,0 mln dollar miqdoridagi yangi qarzini jalb qilish, ulardan:

34,5 mln dollar — sog‘liqni saqlash tizimi uchun;

60,5 mln dollar — Davlat budjetining ijtimoiy xarajatlarini moliyalashtirish uchun.

1. Qarz muzokaralarini o‘tkazish.

2. Jahon banki tomonidan ma’qullanishi.

3. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4. Qarz bitimini imzolash.

2020-yil 24-aprel

2020-yil 30-aprel


2020-yil 7-mayga qadar



2020-yil 20-mayga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Sharaxmetov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

7.

“Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” loyihasi hisobidan Yevropa investitsiya bankining 50 mln dollargacha mablag‘ini sog‘liqni saqlash tizimi maqsadlariga jalb qilish.

1. Konsepsiya va moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarni shakllantirish hamda so‘rovnomani Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
ga taqdim etish.

2. YIBga rasmiy so‘rov yuborish.

3. Loyihaning YIB Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi.

4. YIB va Moliya vazirligi o‘rtasidagi Loyiha bo‘yicha hadli bitimga o‘zgartirishlar kiritish.

5. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiriti�.

6. Tender tartib-taomillarining boshlanishi.

7. YIB tomonidan ishlatilgan mablag‘larning to‘ldirilishi.

2020-yil 15-may



2020-yil 20-may


Kelishuvga ko‘ra


2020-yil 25-may



2020-yil 29-may



2020-yil 22-iyun


2020-yil 25-dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Moliya vazirligi (Sharaxmetov), Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(Vafayev), UJKXKV (Soliyev),

Adliya vazirligi (Davletov)

8.

Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish maqsadlariga OTBning 100 mln dollar miqdoridagi kreditini jalb qilish.

1. OT�ga uzoq muddatli imtiyozli kredit taqdim qilish so‘rovini yuborish.

2. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish va OTB bilan kelishish.

3. Loyiha hujjatlarini tayyorlash.

4. Qarz muzokaralarini o‘tkazish.

5. Loyihaning OTB Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi.

6. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

7. OTB bilan qarz bitimini imzolash.

8. Uskunalar sotib olishni tashkil qilish.

9. Moliyalashtirish va uskunalarni yetkazib berish.

2020-yil 25-aprel


2020-yil 30-aprel


2020-yil 30-may

2020-yil 15-iyun

Kelishuvga ko‘ra


2020-yil iyul-avgust




2020-yil iyul-avgust


2020-yil 1-iyul


2020-yil iyul — sentyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Moliya vazirligi (Sharaxmetov), Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(Vafayev)

II. Tadbirkorlik va bank tizimini qo‘llab-quvvatlash (700 mln dollar)

9.

Davlat kafolatisiz YETTBning 220 mln dollar miqdoridagi kredit liniyalari va savdo moliyalashtirishini O‘zmilliybank (70mln), Asakabank (60mln), O‘zsanoatqurilishbank (60mln)
va Ipotekabankka (30mln) jalb qilish.

1. ETTBning Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi.

2. Tijorat banklari va YETTB o‘rtasida qarz bitimlarining imzolanishi.

3. Moliyalashtirishni ochish va loyihalarni amalga oshirishni boshlash.

2020-yil 1-may


2020-yil 10-may


2020-yil 1-iyunga qadar

O‘zmilliybank (Mirsoatov), Asakabank (Saydullayev), O‘zsanoatqurilish bank (Annaklichev), Ipotekabank (Atabayev)

10.

Eksportyorlar, kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish maqsadida OIIBning 200 mln dollargacha miqdordagi kredit liniyasini jalb qilish.

1. Kredit shartlarini kelishish.

2. Qarz bitimlarini kelishish.

3. OIIB Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi.

4. Qarz bitimining imzolanishi.

5. Moliyalashtirishni ochish va loyihalarni amalga oshirishni boshlash.

2020-yil 1-may

2020-yil 15-may

2020-yil 30-may


2020-yil 10-iyun


2020-yil 30-iyun

Vazirlar Mahkamasi (Umurzoqov),
O‘zmilliybank (Mirsoatov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)

11.

Meva-sabzavot sektoridagi korxonalarni moliyalashtirish maqsadida JAYKAning 200,0 mln dollargacha miqdorda qo‘shimcha kredit liniyasini jalb qilish (Yaponiya hukumati tomonidan ma’qullanishi lozim).

1. JAYKAga rasmiy so‘rov yuborish.

2. Loyiha va yuridik hujjatlarni tayyorlash va kelishish.

3. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4. Qarz bitimini imzolash.

5. Ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan subqarz bitimlarini imzolash va kredit liniyasini o‘zlashtirishni boshlash.

2020-yil 28-aprel

2020-yil 20-iyul


2020-yil 27-iyul



2020-yil 30-iyul


2020-yil 20-avgust

Vazirlar Mahkamasi (Umurzoqov),

�nvestitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov),

Moliya vazirligi (Isakov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev)

12.

Eksportyorlar hamda kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga kredit liniyalari uchun “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi hisobidan Yevropa investitsiya bankining 80 mln dollar miqdoridagi mablag‘larini jalb qilish.

1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan YIBga rasmiy so‘rov yuborish.

2. Loyihaning YIB Direktorlar Kengashi tomonidan tasdiqlanishi.

3. YIB va Moliya vazirligi o‘rtasida Loyiha bo‘yicha hadli bitimga o‘zgartirishlar kiritish.

4. YIB bilan hadli bitimga kiritilgan o‘zgartirishlarni imzolash.

5. Ishtirok etuvchi tijorat banklari va Moliya vazirligi o‘rtasida qayta kreditlash bo‘yicha bitim tuzish.

6. Ishlatilgan mablag‘larning YIB tomonidan to‘ldirilishi.

2020-yil 28-aprel



Kelishuvga ko‘ra


2020-yil 20-may



2020-yil 22-iyun


2020-yil 25-iyun



2020-yil 25-dekabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Norkulov), Moliya vazirligi (Isakov), Mikrokreditbank (Butayev), O‘zsanoatqurilish

bank (Annaklichev), Hamkorbank (Xasanov), Qishloq qurilish bank (Muratov)

III. Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash (1,7 mlrd dollar, 150 mln yevro),
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining resurs bazasini shakllantirish va Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash

13.

Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi (2-transh) yuzasidan qo‘shimcha moliyalashtirish sifatida Jahon bankidan 200 mln dollar miqdorida qarz jalb qilish.

1. Qarz muzokaralarini o‘tkazish.

2. Jahon banki Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi uchun loyihani kiritish.

3. Loyihani amalga oshirish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

4. Qarz bitimini imzolash.

5. Qarz mablag‘larini o‘zlashtirish.

2020-yil 30-aprel

Kelishuvga ko‘ra

2020-yil 20-may

2020-yil 25-may


2020-yil 29-may

Moliya vazirligi (Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Norkulov),
Markaziy bank (Nurmuratov)

14.

Iqtisodiy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun Jahon bankining (3-transh) (500 mln dollar) va JAYKAning (300 mln dollar, Yaponiya hukumati tomonidan tasdiqlanishi lozim) qarz mablag‘larini jalb qilish.

1. Jahon banki va JAYKA bilan birgalikda iqtisodiy islohotlar matritsasi (indikatorlari)ni tayyorlash.

2. Iqtisodiy islohotlar matritsasida ko‘zda tutilgan dastlabki chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3. Loyihani Jahon banki va JAYKA Direktorlar kengashiga ma’qullash uchun kiritish.

4. Qarz mablag‘larini jalb qilish to‘g‘risida Prezident qarori loyihasini tayyorlash.

5. Qarz bitimini imzolash.

6. Qarz mablag‘larini o‘zlashtirish.

2020-yil aprel — iyul



2020-yil may — oktyabr


2020-yil iyul-avgust



2020-yil 20-avgust


2020-yil sentyabr

2020-yil oktyabr — dekabr

Moliya vazirligi (Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Norkulov),
Markaziy bank (Nurmuratov), vazirlik va idoralar

15.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun OTBdan 500 mln dollar miqdorida budjetni qo‘llab-quvvatlash qarz mablag‘larini jalb qilish.

1. Qarz muzokaralarini o‘tkazish.

2. Loyihani OTB Direktorlar kengashiga ma’qullash uchun kiritish.

3. Loyihani amalga oshirish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

4. Qarz bitimini imzolash.

5. Qarz mablag‘larini o‘zlashtirish.

2020-yil aprel-may

Kelishuvga ko‘ra


2020-yil iyun


2020-yil 20-iyul

2020-yil iyul-avgust

Moliya vazirligi (Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Norkulov),
Markaziy bank (Nurmuratov), manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirish uchun OTB (200 mln dollar) va Fransiya taraqqiyot agentligining (150 mln yevro) budjetni qo‘llab-quvvatlash qarz mablag‘larini jalb qilish.

1. OTB va Fransiya taraqqiyot agentligi bilan birgalikda energetika islohotlari matritsasi (indikatorlari)ni tayyorlash.

2. Energetika islohotlari matritsasida ko‘zda tutilgan dastlabki chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3. Loyihani OTB va Fransiya taraqqiyot agentligi Direktorlar kengashiga kelishish uchun kiritish.

4. Qarz mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

5. Qarz bitimini imzolash.

6. Qarz mablag‘larini o‘zlashtirish.

2020-yil aprel-may



2020-yil may — noyabr




Kelishuvga ko‘ra



2020-yil 20-avgust



2020-yil 25-sentabr

2020-yil noyabr-dekabr

Energetika vazirligi (Sultanov), Moliya vazirligi (Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi(Norkulov),
Markaziy bank (Nurmuratov), manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Kommunal va energetika korxonalarini bir maromda ishlashini ta’minlash (300 mln dollar)

17.

Respublika bo‘ylab infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun, shu jumladan EIZning kommunal va energetika tarmoqlariga ulanishini sifatli ta’minlash maqsadida OIIBning 200 mln dollargacha miqdordagi mablag‘larini jalb qilish.

1. Loyiha konsepsiyasini shakllantirish.

2. OIIBga rasmiy so‘rov yuborish.

3. Loyiha qarz hujjatlarini kelishish.

4.Tender tartib-taomillarini boshlash.

5. Loyiha bo‘yicha OIIB Direktorlar kengashining roziligini olish.

6. Qarz mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

7. OIIB bilan qarz bitimini imzolash.

2020-yil 30-aprel


2020-yil 5-may

2020-yil 15-iyul

2020-yil 15-iyul

2020-yil 15-iyul


2020-yil 3-avgust



2020-yil 10-avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Isakov), UJKXKV (Soliyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

18.

Kommunal va energetika korxonalarining aylanma mablag‘larini qo‘llab-quvvatlash maqsadida YETTBning 100,0 mln dollargacha miqdordagi mablag‘larini jalb qilish.

1. Hukumatning mablag‘larni jalb qilish to‘g‘risidagi rasmiy arizasini yo‘llash.

2. Qarz muzokaralarini o‘tkazish.

3. Qarz mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

4. Qarz bitimini imzolash.

5. Moliyalashtirishni ochish
va loyihalarni amalga oshirishni boshlash.

2020-yil 28-aprel


2020-yil may-iyun

2020-yil 22-iyun



2020-yil 10-iyul


2020-yil 21-sentabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Isakov), UJKXKV (Soliyev)

V. Grantlar (30,6 mln dollar)

19.

Birlashgan Arab Amirliklari Hukumatining 9,7 mln dollar miqdoridagi grant mablag‘larini o‘zlashtirish.

Toshkent shahar Chilonzor tumanida bolalar klinikasini qurish loyihasi bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini yakunlash.

2020-yil 1-may

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)

20.

Yevropa Ittifoqining 3,2 mln dollar miqdorida grant mablag‘larini o‘zlashtirish.

1. Grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiy uskunalar va buyumlar ro‘yxatini kelishish.

2. Xarid tartib-taomillarni tashkil etish.

3. Grant mablag‘larini boshqarishda ishtirok etadigan milliy jamoat tashkilotlarini aniqlash.

4. Grant mablag‘larini boshqarish va ularni o‘zlashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzish.

2020-yil 25-aprel



2020-yil 25-aprel



2020-yil 30-aprel



2020-yil may — sentyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Mahalla
va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (Basitxanova)

21.

Koreya Hukumatining 250 ming dollar miqdoridagi grant mablag‘larini o‘zlashtirish.

1. Grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiy buyumlar ro‘yxatini kelishish.

2. Xaridlarni tashkil etish.

2020-yil 30-aprel



2020-yil 10-may

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(Vafayev), Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev)

22.

Xalqaro tashkilotlarning jami 17,2 mln dollar miqdoridagi qo‘shimcha grantlarini jalb qilish.

1. Donor tashkilotlar bilan grant shartnomalari va hujjatlarini imzolash.

2. Grant mablag‘larini o‘zlashtirish va ulardan maqsadli foydalanishni ta’minlash.

2020-yil 1-iyunga qadar


O‘zlashtirilishiga qarab

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(Vafayev), Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev)