Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.07.1992 yildagi 342-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 23.07.1992 yildagi 342-son
Kuchga kirish sanasi
23.07.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ XO‘JALIGIDA HISOB-KITOBLARNI YaXShILAShNING KEChIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN ChORA-TADBIRLARI VA KORXONALARNING MOLIYAVIY AHVOLI UChUN ULARNING JAVOBGARLIGINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonalari va tashkilotlarining bir maromda ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratish, to‘lov tangligini bartaraf etish, xalq xo‘jaligida hisob-kitoblar tizimi samaradorligini oshirish, korxonalar va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari va zayom resurslari hisobiga aylanma mablag‘larini ko‘paytirish hamda to‘lov-hisob-kitob intizomining ahvoli ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Oliy Kengash bilan kelishilgan, xalq xo‘jaligida to‘lovlarni normallashtirish uchun ilovaga* muvofiq 20 mlrd. so‘m miqdorida kredit liniyasi ochish to‘g‘risida Hukumatga taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, hokimiyatlarning rahbarlari Markaziy bank muassasalari va tijorat banklari bilan birgalikda o‘zaro qarzdorlikning, shu jumladan, budjetga to‘lovlarning 1-avgustdagi holatiga ko‘ra tarmoqlararo respublika ichki zachyotini ishlab chiqilgan shartlarga muvofiq yuqori tashkiliy darajada o‘tkazsinlar va uning samaradorligini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ana shu maqsadlarda korxonalarning rahbarlariga shu yilning 1-avgustiga qadar debit va kredit qarzdorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish yuklatilsin, uning natijalari to‘g‘risida banklarning xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlariga ma’lum qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda iyul-avgust oylarida MDH davlatlari markaziy (milliy) banklari bilan o‘zaro talablarning respublikalararo zachyotini o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vazirliklar va idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning hisob-kitoblari bo‘yicha aylanma mablag‘larni ko‘paytirishga maqsadli kredit berish uchun respublika Moliya vazirligi bilan kelishilgan kredit resurslar ajratish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayd etilgan kreditlardan korxonalar tomonidan faqat tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun hisob-kitob hujjatlariga haq to‘lash, budjetga to‘lovlar va zachyot bo‘yicha ilgari berilgan kreditlarni to‘lash uchun foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan barcha mijozlar uchun bir xil miqdorda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zarurat bo‘lganda respublika vazirliklari va idoralari tomonidan aylanma mablag‘larni ko‘paytirish uchun respublika banklaridan olingan kreditlar bo‘yicha davlat kafolatini bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi davlat korxonalarining aylanma mablag‘larni ko‘paytirishga yoki ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun olingan kreditlarni to‘lashga yo‘naltirilayotgan daromadlarini 1992-yilda soliq solishdan ozod qilish to‘g‘risidagi taklifni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ko‘rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari shu yilning III choragida budjetdagi muassasalar va tashkilotlarni ish haqi, stipendiyalarning — oshishini va narxlarning o‘zgarishini hisobga olgan holda shu yilning II choragida haqiqatda sarflangan xarajatlar doirasida mablag‘ bilan ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat bo‘lganda respublika Markaziy banki ana shu maqsadlar uchun belgilangan tartibda kredit bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika Markaziy banki bir hafta muddat ichida respublika xalq xo‘jaligida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi yangi nizomlarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. To‘lovlarning muddati o‘tib ketganligi uchun penya miqdori mahsulot yetkazib beruvchi bilan xaridor o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mahsulot yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanmagan hollarda 1992-yil 1-iyuldan boshlab muddati o‘tib ketgan to‘lovlar uchun mahsulot yetkazib beruvchilardan kuniga 0,1 foiz miqdorida penya olish joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozlarning schyotiga to‘lovlarni o‘tkazish banklarning aybi bilan kechikkan taqdirda qayd etilgan bankdan mahsulot yetkazib beruvchi foydasiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 3 foiz penya undirish nazarda tutilsin.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 411-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari — komplekslarning rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 23-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
342-son