17.04.2020 yildagi PQ-4681-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, talabalarni o‘qishga qabul qilish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga raqamli va pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy usullarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini bosqichma-bosqich 50 foizga yetkazish, hududlarda sifatli oliy ta’lim xizmatlari ko‘lamini kengaytirish orqali aholi va jadal o‘sib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini ta’minlash belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etish kerakki, mamlakatimizning olis hududlarida yoshlarning oliy ma’lumot olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash uchun muayyan ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, ushbu choralar hamon yetarli bo‘lmayapti. Buning oqibatida maktab va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarining muayyan qismi xorijiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlariga borib o‘qishga majbur bo‘lmoqda. So‘nggi ikki yilda birgina Surxondaryo viloyatidan 7,5 mingga yaqin yoshlar oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun qo‘shni mamlakatlarga ketgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan, respublikamizning janubiy sarhadlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning ilg‘or pedagogik texnologiyalar yordamida ta’lim olishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish, hududda tadbirkorlik an’analarini ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat bilan uyg‘un rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, viloyat jamoatchiligi, xalq deputatlari Kengashlarining murojaatlari hamda Surxondaryo viloyatining eng ko‘p aholisi istiqomat qilayotgan Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilayotganligini inobatga olib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, shuningdek, tadbirkorlikning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda tadbirkorlik va boshqaruv, pedagogika va aniq fanlar hamda mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiq boshqa sohalar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni milliy va xalqaro standartlarga muvofiq sifatli tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan sohalar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalari, shu jumladan masofaviy o‘qitish uslublarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, ilm-fan, ishlab chiqarish va amaliyot oldida turgan dolzarb vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishda respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, mutaxassislarni jalb etgan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori bo‘lgan tarmoqlari uchun kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy- tadqiqot muassasalariga istiqbolli yoshlarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Termiz davlat universiteti Denov filialining barcha huquq, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termiz davlat universiteti Denov filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Institutda o‘qishni davom ettiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga talabalarni qabul qilish har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Surxondaryo viloyatining Denov, Sariosiyo, Uzun, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida chet tili va aniq fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchilarga doimiy ravishda ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Institutda ilmiy faoliyatni rivojlantirish hamda ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020/2021 o‘quv yili davomida “Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida hamda xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilgan holda Institutning axborot-texnologiyalari, biologiya, kimyo va fizika bo‘yicha zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlanishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Institutga yuqori salohiyatga, jumladan fan nomzodi, falsafa doktori hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni jalb qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Institutning pedagogik va ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida, shuningdek, joylashuv hududini inobatga olib Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlariga mehnatga haq to‘lashda mos ravishda yagona tarif setkasi razryadlariga ko‘ra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tuzilmasi oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlanishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutni tanlov asosida, shu jumladan respublika oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan amaliy tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Institutda o‘quv-metodik jarayonning tashkil etilishini ta’minlash, belgilangan tartibda shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni zarur jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut axborot-resurs markazini qo‘shimcha o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Vasiylik kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika oliy ta’lim tizimidagi mavqeyi, ilmiy salohiyati, uzoq yillar davomida shakllangan an’analarini inobatga olgan holda Samarqand davlat universiteti zimmasiga Institutni otaliqqa olish vazifasi yuklansin va unga quyidagi yo‘nalishlarda ko‘mak berib borish topshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salohiyatli kadrlarni jalb etgan holda ta’lim va ilmiy faoliyatni sifatli tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim, tarbiya, ilmiy va uslubiy jarayonlarni samarali boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darslik, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy material va axborot resurslari bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va iqtidorli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish va ilmiy maktablarni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Institutni salohiyatli professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash maqsadida yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tegishli sohalar bo‘yicha 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklari va 2021-yildan boshlab tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Respublika oliy ta’lim kengashi bilan birgalikda Institut faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut faoliyatini chuqur o‘rganish va tahlil qilish hamda uning natijalari bo‘yicha xulosa va takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, jamoatchilik va ish beruvchilarning fikrini o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqarish tizimi samaradorligi va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ular tomonidan ta’lim berishda qo‘llanilayotgan ta’lim-tarbiya usullarining ta’sirchanligiga xolisona baho berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta’minlash, korrupsiyaga sharoit yaratuvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishi bo‘yicha tavsiyalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolli qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, chet ellik professor-o‘qituvchilar va xorijdagi vatandoshlarni jalb etish bo‘yicha takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlarining grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, 2021-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institutning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash loyihalari O‘zbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda respublikamizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda Institutda onlayn ma’ruza o‘tkazish hamda masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan ta’minlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘i hamda elektron ta’lim milliy tarmog‘iga ulash choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ilg‘or xorijiy, shu jumladan Turkiya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan kelishuv asosida qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash hamda talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda “Yosh tadbirkorlar” biznes-inkubatorini tashkil etish, unda hudud yoshlari uchun tadbirkorlik va startap loyihalarini amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda talabalarning amaliyotlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Surxondaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida jalb etiladigan malakali professor-o‘qituvchilarni xizmat uylari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoniga muvofiq Termiz davlat universiteti Denov filialiga uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun operativ boshqarish huquqi asosida berilgan Denov qurilish va transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlari Institutda saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-martdagi “Termiz davlat universitetining Denov filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi 171-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu qaror ijrosini tashkil etishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov — ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etsin va muvofiqlashtirsin, ular rahbarlarining bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini har chorakda qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov — Institut faoliyatini samarali tashkil etsin, mazkur qarorni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlasin, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin hamda uning ijrosi bo‘yicha har chorakda axborot kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov — Institut faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda har tomonlama ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev — ushbu qarorning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, hududda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam yoritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 17-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4681-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-apreldagi PQ-4681-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Vasiylik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Vasiylik kengashi raisi

2.

T.A. Bobolov

Surxondaryo viloyati hokimi, Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari

3.

R.I. Xolmurodov

Samarqand davlat universiteti rektori, Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari

4.

I.U. Madjidov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

5.

Sh.X. Shermatov

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri

6.

I.Yu. Abduraxmonov

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

7.

A.J. Ortiqov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

8.

O.M. Umarov

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

9.

Sh.S. Xidoyatov

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari

10.

Sh.Sh. Shoraxmetov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari

11.

A.O‘. Aqqulov

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

12.

A.I. Ikromov

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

14.

I.U. Xaydarov

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi

15.

B.Q. Sharipov

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi

16.

A.X. Toshkulov

Termiz davlat universiteti rektori

17.

lavozimi bo‘yicha

Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori

18.

lavozimi bo‘yicha

Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Vasiylik kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2020-y., 07/20/4681/0461-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)