O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-aprel,
211-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yig‘ish va jo‘natish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “tumanlar (shaharlar) chaqiruv komissiyalari” so‘zlari “tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi Qurolli Kuchlarni butlash komissiyalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshidagi “tibbiy (chaqiruv)” so‘zlari “Rahbariyat kengashi va harbiy-tibbiy” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yigirma to‘rtinchi xatboshidagi “viloyat chaqiruv komissiyasi” so‘zlari “Rahbariyat kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yigirma beshinchi xatboshidagi “chaqiruv komissiyasi” so‘zlari “Rahbariyat kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning beshinchi xatboshidagi “chaqiruv komissiyasining” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-banddagi “chaqiruv komissiyalarining” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Harbiy qismlarga yuborilayotgan yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni tantanali kuzatib qo‘yish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari rahbarligida tashkil etiladi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari vakillari, harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirokida o‘tkaziladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 413-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 09/25/413/0570-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 09/25/413/0570-son)