06.04.2020 yildagi 185-F-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FARMOYIShI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoniga muvofiq hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining akademik litseyi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Samarqand Darboza koʻchasi, 60-uy manzilida joylashgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti (sobiq Toshkent mehmonxona xoʻjaligi va servis kasb-hunar kolleji) binosining 4 va 5-qavatlarini tegishli jihozlari bilan birgalikda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining akademik litseyiga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda mazkur farmoyishning 1-bandida nazarda tutilgan obyektlarning Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining akademik litseyiga belgilangan tartibda topshirilishi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining akademik litsey esa ularning qabul qilib olinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-apreldagi 303-F-son farmoyishiga ilovadan 27-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 6-aprel,

185-F-son