01.04.2020 yildagi 193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatida zamonaviy kartoshkachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar sohada tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishda klaster usulini rivojlantirish, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash zanjirini yaratish, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega eksportga yoʻnaltirilgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi, Toshkent viloyati hokimligi va “Agrover” MChJning Toshkent viloyati hududida “Boʼstonliq kartoshkachilik markazi” MChJ, “Solanuz” MChJ, “Agrover-urugʼchilik” MChJ, “Vernatural” MChJ va “Sof tabiat agro” MChJ negizida isteʼmolga yoʻnaltirilgan kartoshka ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash boʻyicha agrosanoat klasterini (keyingi oʻrinlarda Agroklaster deb ataladi) tashkil etish va uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilarni belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik kartoshka yetishtirish, shu jumladan, uni virussiz in vitro texnologiyasi asosida koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimida qoʻllaniladigan dukkakli, boshoqli don va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini yetishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy seleksiya hamda biotexnologik navlarning birlamchi urugʻchiligini tashkil etish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻchilik boʻyicha mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilish, urugʻliklarni ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalar, shu jumladan, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Isteʼmolga yoʻnaltirilgan kartoshka ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash boʻyicha agrosanoat klasteri tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan 2020 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining roʻyxati va prognoz koʻrsatkichlari ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Boʼstonliq kartoshkachilik markazi” MChJga Boʻstonliq tumanida foydalanilmayotgan, zaxiradagi yerlar hisobidan yagona hududiylik tamoyili boʻyicha jami 1400 gektar, shu jumladan, “Poytaxt Agro” davlat unitar korxonasiga foydalanishga berilgan yer uchastkalari hisobidan 146 gektar sugʻoriladigan yer maydonlarini tuman hokimligi zaxirasiga olib, 50 yilgacha boʻlgan, biroq oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalar kiritish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish sharti bilan “Solanuz” MChJga Oʻrtachirchiq tumanidan zamonaviy mashina-traktor parki, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qilish, qadoqlash va dastlabki qayta ishlash boʻyicha logistika markazlari qurish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan past ball bonitetli yer maydonlari ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agroklaster tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilmaganda, ajratilgan yer uchastkalaridan oqilona foydalanilmaganda yoxud tuproq unumdorligining pasayishiga, kimyoviy va radioaktiv ifloslanishiga, atrof muhitning buzilishiga, respublika hududida karantin obyektlarining paydo boʻlishiga va tarqalishiga olib keluvchi usullardan foydalanilganda yer uchastkasining ijara shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq bekor qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik kartoshkani sertifikatlash boʻyicha tariflar barcha jismoniy va yuridik shaxslarga har bir tonnasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agroklaster tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ichki hamda tashqi bozordagi ehtiyoj va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, mahsulot yetishtirish hajmi, ularning navi va turini belgilash boʻyicha mustaqil qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga sarflanayotgan davlat xarajatlarining samaradorligini oshirish maqsadida budjet mablagʻlari oluvchilar uchun (maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari bundan mustasno) tasdiqlangan ovqatlanish meʼyorlarida nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlariga oʻrindosh sifatida quruq kartoshka pyuresini kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan respublikada ishlab chiqarilgan quruq kartoshka pyuresi (TIF TN kodi 1105200000) eksportini amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 193-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmolga yoʻnaltirilgan kartoshka ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash boʻyicha agrosanoat klasteri tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan 2020 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining roʻyxati va prognoz koʻrsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Investitsiya loyihasining nomi

Asosiy ijro etuvchi

Loyiha qiymati (ekvivalentda mln. AQSh dollari)

Moliyalashtirish manbalari

Yillik quvvati

Tashkil etilayotgan ish oʻrinlari soni

Amalga oshirish muddatlari

loyiha tashabbuskorlarining oʻz mablagʻlari (mln. AQSh dollari)

xorijiy investitsiyalari
(mln. AQSh dollari)

1

Kartoshka va boshqa sabzavot ekinlarini saqlash boʻyicha logistika markazi qurish

“Boʼstonliq kartoshkachilik markazi” MChJ

14,8

4,8

10,0

30,0 ming tonnagacha uzoq muddatli saqlash

250 ta doimiy va 100 ta mavsumiy

2020-yil
II chorak

2

Kartoshka va boshqa sabzavot ekinlarini birlamchi qadoqlash va qayta ishlash boʻyicha korxona tashkil etish

“Agrover-urugʼchilik” MChJ

1,2

0,2

1,0

10,0 ming tonna

40 ta doimiy

2020-yil
II chorak

3

Ixtisoslashtirilgan mashina-traktor parkini (MTP) tashkil etish

“Solanuz” MChJ va “Boʼstonliq kartoshkachilik markazi” MChJ

1,3

0,3

1,0

Jondeer 110 - 6 ta
Jondeer 135 - 6 ta
Orion 630 - 8 ta
Kartoshka kombayni - 2 ta
MTZ 80.1 - 12 ta
Ekskovator JSB 4 sx - 1 ta
Tirkamalar - 13 ta
40 ta boshqa qishloq xoʻjaligi agregatlari

100 ta doimiy va 40 ta mavsumiy

2021-yil
I chorak

4

1000 gektardan ortiq maydonga zamonaviy resurs tejovchi sprinkler va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish

“Boʼstonliq kartoshkachilik markazi” MChJ, “Agrover-urugʼchilik” MChJ, “Solanuz” MChJ

4,5

2

2,5

2020-yil - 500 gektar,
2021-yil - 500 gektar

200 ta doimiy va 800 ta mavsumiy

2021-yil II chorak

5

Virusli va boshqa infeksiyalardan xoli urugʻlik kartoshkani “in vitro” texnologiyasi boʻyicha yetishtirish laboratoriyasi qurilishini yakunlash

“Sof tabiat agro” MChJ

1,5

1,5

0

1,0 ming tonnagacha viruslardan holi urugʻlik kartoshka

30 ta doimiy

2020-yil
III chorak

23,3

8,8

14,5

620 ta doimiy va 940 ta mavsumiy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Agrover” MChJ boshqaruvchi tashkilot hisoblanib, muassislar qaroriga koʻra, investitsiya loyihalari prognoz parametrlariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Investitsiya loyihalarining yakuniy parametrlari texnik-iqtisodiy asoslashni yoki biznes-rejalarni ishlab chiqish natijalariga koʻra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Chet el investorlari tomonidan manfaatdorlik bildirilmagan holda, “Agrover” MChJ boshqaruvchi tashkiloti muassislari qaroriga koʻra, loyiha boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/193/0392-son)