Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
FARMOYIShI
Fargʻona viloyati Margʻilon shahrining sanoat salohiyatini yanada oshirish, tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish orqali zamonaviy toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-yanvardagi 3-F-son farmoyishiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur farmoyish talablaridan kelib chiqib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi va “Narimteks” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida hamda Margʻilon shahar hokimligi ishtirokida 2019-yil 7-yanvarda tuzilgan 138-son oldi-sotdi shartnomasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bir oy muddatda qoʻshimcha kelishuv tuzilishini taʼminlasin.
3. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikii qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov va Fargʻona viloyati hokimi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 31-mart,
173-F-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-martdagi 173-F-son farmoyishiga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasiiing 2019-yil 2-yanvardagi 3-F-son farmoyishiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-band qoʻyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining Fargʻona viloyati, Margʻilon shahri, “Rohat” MFY, B. Margʻiloniy koʻchasi 440-uyda joylashgan bino va inshootlarini (keyingi oʻrinlarda — obyekt) “Uzwoolentex” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasiga investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotish toʻgʻrisidagi taklifi maqullansin”.
2. 2-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “Narimteks” masʼuliyati cheklangan jamiyati” soʻzlari “Uzwoolentex” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“obyektga 2022-yil 31-dekabrga qadar kamida 15 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish orqali texnologik asbob-uskunalar sotib olish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish hisobidan loyihaning 2022-yil 31-dekabrga qadar toʻliq ishga tushirilishini taʼminlash”;
v) toʻrtinchi xatboshidagi “500” raqami “700” raqami bilan almashtirilsin.
3. 3-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Fargʻona viloyati hokimligi va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda mazkur qarorning 2-bandida belgilangan shartlarda “Uzwoolentex” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasi bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini hamda qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoring yuritilishini;”;
v) uchinchi xatboshidagi “Narimteks” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga” soʻzlari “Uzwoolentex” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.