Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 26.03.2020 yildagi PQ-4649-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda bemorlar salomatligini tiklashda nodavlat tibbiyot tashkilotlari imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishi asoratlarini kamaytirish, bemorlarga samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida davlat tibbiyot muassasalarida 5 mingdan ortiq o‘rin-joylar zaxirasi yaratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat tibbiyot tashkilotlariga shoshilinch profilaktika va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilishini talab qiluvchi yuqumli kasalliklar qatoriga kiritilgan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga, istisno tariqasida, 2020-yil 1-sentabrga qadar tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni faqat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va nodavlat tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, istisno tariqasida, tanlov (tender) o‘tkazmasdan aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat tibbiyot tashkilotlarining koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan muddat Maxsus komissiya tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘rnatilsinki, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zarurat yuzaga kelganda Maxsus komissiya qaroriga asosan koronavirus infeksiyasini aniqlashda nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan kelishilgan holda ularning laborator-diagnostika xizmatlaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat tibbiyot tashkilotlarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni tezkorlik bilan tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat tibbiyot tashkilotlari tibbiyot xodimlariga koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda uni davolashning zamonaviy va samarali usullarini qo‘llash yuzasidan amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda nodavlat tibbiyot tashkilotlarining laborator-diagnostika xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha Maxsus komissiyaga taklif kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemorlarni nodavlat tibbiyot tashkilotlariga joylashtirish va davolash natijalarining qat’iy hisobini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat tibbiyot tashkilotlarining xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini shaxsiy gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat tibbiyot tashkilotlari bino-inshootlarining dezinfeksiya vositalari bilan tizimli ravishda ishlov berilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dezinfeksiya tadbirlarini to‘liq amalga oshirish uchun yetarli miqdorda dezinfeksiya vositalari zaxirasini yaratish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 26-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4649-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 07/20/4649/0363-son)