1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv ishi va ish yuritish holati boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 26-avgustdagi 194-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-yil, 35-36-son, 347-modda) 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 19-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 174-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Gʻaznachiligida ochilgan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma faoliyati ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston Milliy arxivi, Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi, viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari va ularning filiallari tomonidan pulli xizmat koʻrsatishdan olingan daromadining 20 foizi miqdoridagi yillik majburiy ajratmalar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning xomiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarmaga mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan tashkilotlarning pulli xizmat koʻrsatishdan olingan daromadining majburiy ajratmalari har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay tushirilishi shart.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamgʻarmaga davlat arxivlarining pulli xizmat koʻrsatishdan olingan daromadining majburiy ajratmalari hajmining toʻgʻri belgilanishi hamda belgilangan muddatda oʻtkazilishi yuzasidan masʼuliyat Qoraqolpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, Oʻzbekiston Milliy arxivi, Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat arxivlarining binolari va saqlovxonalarida qurilish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish xarajatlarini inobatga olgan holda) amalga oshirishga, ularning moddiy holatini yaxshilash, shu jumladan zarur zamonaviy uskunalar, mebel, inventarlar bilan jihozlash, kuzatuv, nazorat, yongʻin xavfsizligi va identifikatsiya tizimlari, vositalari va qurilmalari bilan taʼminlash va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) axborot-kommunikatsiya, multimedia va tarmoq qurilmalari, texnikalari, vositalari hamda dasturiy taʼminotlarni xarid qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, axborot-taʼlim resurslarini ishlab chiqish, ish jarayonini avtomatlashtirishga xizmat qiluvchi tizimlarni yaratish, Agentlik, hududiy boshqarmalar va davlat arxivlari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini tashkil etish, interaktiv resurslar va maʼlumotlar bazasini shakllantirish, ularni ishchi holatda saqlash va xizmat koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xorijiy davlatlardan Oʻzbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari yoki ularning nusxalarini qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jismoniy va yuridik shaxslardan arxiv hujjatlarini sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Agentlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xarajatlarini, shuningdek, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, treninglar va davra suhbatlarini oʻtkazish xarajatlarini qoplash, suvenirlar, mahsulotlar, bukletlar va axborot-maʼrifiy materiallarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada va xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish va ularni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mehmonlarning tashrifi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, mukofotlash, ijtimoiy himoya qilish, oʻqitish va malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlari xodimlarini xorijiy davlatlarning arxiv, ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalarida oʻqitish, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish, tajriba almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlari xodimlariga mamlakatda va xorijdagi rejadan tashqari xizmat safarlari xarajatlarini qoplash uchun toʻlab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) qonunchilikda taqiqlanmagan Agentlik faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamgʻarma mablagʻlari Agentlik markaziy apparatining quyidagi xarajatlariga yoʻnaltirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan axborot-kommunikatsiya jihozlari, mebel, inventarlar va transport vositalarini xarid qilish, rekonstruksiya, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari bilan bogʻliq xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning lavozim maoshiga har oylik ustamalar, mukofotlar berish va ijtimoiy muhofaza qilish (yoʻlkira va ovqatlanish xarajatlari uchun qoʻshimcha haqlar koʻrinishida) xarajatlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshiga har oylik ustamalar, mukofotlar, ularga moddiy yordam berish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibiga asosan amalga oshiriladi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jamgʻarmadan mablagʻ ajratishga oid murojaatlar Agentlikning hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston milliy arxivlari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlari tomonidan ushbu xarajatlarni asoslovchi tegishli hujjatlar bilan birga Agentlikka taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarning asoslanganligi va sifati, keltirilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi yuzasidan hududiy boshqarma boshliqlari, Oʻzbekiston milliy arxivlari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlari rahbarlari javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi, Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar faqat Agentlik direktori oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, Oʻzbekiston milliy arxivlari direktorlarining asosli yozma murojaati asosida Jamgʻarmani boshqarish Kengashi roziligi bilan amalga kiritiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash uchun Jamgʻarmani boshqarish Kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash Agentlik, hududiy boshqarmalar va davlat arxivlarining 21 — 23 nafar rahbar va masʼul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Kengashning shaxsiy tarkibi, qoidaga koʻra, bir yilda bir marta Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolari Kengash tarkibida oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash ishtirok etishning ixtiyoriyligi va Kengash vakolatiga tegishli masalalarni hal etishda uning barcha aʼzolarining teng huquqliligi tamoyillari asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash, qoidaga koʻra, Kengash raisi, rais oʻrinbosari, kotib va aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori lavozimiga koʻra Kengash raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yili yakuni boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kengash aʼzolarining vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv ishi va ish yuritish tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha Kengashga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha ovoz berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolari majlisda shaxsan qatnashadi. Qatnashishning imkoni boʻlmagan taqdirda, Kengash aʼzosi majlisning kun tartibi boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda taqdim etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kengash raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlisi kun tartibini belgilaydi va uni chaqiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolariga yuklangan vazifalar bajarilishi yuzasidan ularning ishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning samarali ishlashini taʼminlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kengash kotibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlisni oʻtkazish muddatlari va joyini Kengash raisi bilan kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibi masalalari boʻyicha Kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolari va taklif etilgan shaxslarni majlisning sanasi, vaqti, joyi va kun tartibi loyihasidan xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qarorlari bajarilishi monitoringini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Kengash aʼzolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash kotibi Kengash aʼzosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kengash oʻz majlislarini zaruratga koʻra, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kengash majlisini Kengash raisi, u boʻlmagan taqdirda esa — Kengash raisi oʻrinbosari olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kengash majlisi unda Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda, oʻtkazilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Majlisni oʻtkazish uchun kvorum yoxud rais yoki uning oʻrinbosari boʻlmaganda, Kengash majlisini oʻtkazishning yangi sanasi eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Kengash majlisida koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga koʻra davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, davlat arxivlarining xodimlari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kengash qarori Kengashning majlisda qatnashgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarining yillik moliyaviy rejasini, shuningdek, Kengash mablagʻlaridan foydalanilishini tasdiqlash masalalari boʻyicha qaror Kengashning majlisda qatnashgan aʼzolari uchdan ikki qismining ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda direktor buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agentlikning buxgalteriya boʻlimi Jamgʻarmaning ishchi organi hisoblanadi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarining yillik moliyaviy rejasini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromadlar va xarajatlar smetalarini tayyorlaydi, shuningdek, ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tushumlarini koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarma boshliqlari va Oʻzbekiston milliy arxivlari rahbarlarining Jamgʻarmadan mablagʻ ajratishga oid murojaatlarini umumlashtiradi va Kengashga koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlaydi;
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning tushumlar manbalari boʻyicha daromadlari hamda asosiy xarajatlari yoʻnalishlari boʻyicha hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuni boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi hamda Kengashga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisobotini yuritish hamda joriy xizmat koʻrsatish ishlari Agentlikning buxgalteriya boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Hisob, hisobot va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar Agentlikning budjetdan tashqari boshqa mablagʻlaridan alohida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Kengash tomonidan koʻrib chiqiladi hamda har yili Agentlik hayʼati yigʻilishida 15-aprelgacha tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalar roʻyxatlari Agentlikning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda Agentlik buyrugʻi bilan tashkil etilgan tegishli ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqich
Masʼullar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
I bosqich
Arxiv ishi hududiy boshqarmalari va Oʻzbekiston milliy arxivlari
Arxiv ishi hududiy boshqarmalari, davlat arxivlari tomonidan pulli xizmat koʻrsatishdan olingan daromadlaridan majburiy ajratmalar toʻlanadi.
har chorakda,
keyingi oyning
25 sanasigacha
II bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi
Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash uchun jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Jamgʻarmani boshqarish Kengashi tuziladi va uning shaxsiy tarkibi tasdiqlanadi.
har yili
III bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilib tasdiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan muddatlarda
IV bosqich
Jamgʻarmani boshqarish Kengashi
1. Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish masalalari Jamgʻarmani boshqarish Kengashi majlisida muhokama etiladi, mablagʻ ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
2. Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
zaruratga koʻra (har chorakda kamida bir marta)
V bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi
Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Jamgʻarmani boshqarish Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi hamda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Hayʼati yigʻilishida tasdiqlanadi.
har yili 15-aprelga qadar
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 174-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv ishi va ish yuritish holati boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat boshqa tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) arxiv ishi va ish yuritish holati boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomning qoidalari tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) davlat tashkilotlarida arxiv ishi va ish yuritish holati boʻyicha davlat nazoratini (keyingi oʻrinlarda — davlat nazorati) amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Viloyatlar, tumanlar va shaharlar miqyosidagi davlat tashkilotlarida davlat nazorati tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv ishi va ish yuritish holati boʻyicha meʼyorlar va qoidalarning barcha buzilishlari toʻgʻrisida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini xabardor qiladi, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan buzilishlarning oldini olish boʻyicha ularning takliflarini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlikning davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlarida arxiv ishi va ish yuritish holati boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish hamda mazkur sohadagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi nazoratini, arxivlarga hujjatlarni topshirishning belgilangan tartibiga va ularni saqlash rejimiga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy saqlov va arxiv saqlovi bosqichida arxiv fondlari va arxiv hujjatlari saqlovini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, arxiv hujjatlarini saqlash muddati tugamasdan turib noqonuniy yoʻq qilinishining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tashuvchilarning turidan qatʼi nazar, arxiv hujjatlari va hujjat aylanishi bilan ishlashni tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida hujjatlarni tayyorlash, roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga olish va ijrosini nazorat qilish, ularni joriy saqlashni tashkil etish boʻyicha uslubiy hujjat ishlab chiqish va tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlarining hududiy boshqarmalarida ish yuritishni taʼminlash holati boʻyicha tashkiliy-uslubiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv ishi va ish yuritishning samaradorligini oshirish boʻyicha koʻrilayotgan tegishli chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat tashkilotlarini xabardor qilish va ular tomonidan arxiv ishi va ish yuritish bilan bogʻliq majburiyatlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli asosda arxiv ishi va ish yuritish sohasida huquqiy savodxonlikni va qonunchilikni qoʻllash madaniyatini oshirish, ushbu sohadagi qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan axborot-tushuntirish va maʼrifiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududlarda joylashgan arxiv va idoraviy arxivlardagi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarining holati boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy saqlov va arxiv saqlovi bosqichida arxiv hujjatlarining saqlanishini, shuningdek, davlat tashkilotlarning arxiv hujjatlarini noqonuniy yoʻq qilishga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlashni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat tashkilotlarida, ularning idoraviy arxivlarida hamda davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari davlat nazoratining obyektlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlari tomonidan arxiv ishi va ish yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilinishini, davlat dasturlari va sohaga oid boshqa dasturlar bajarilishini tekshirish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektda arxiv hujjatlarini saqlash holatini koʻrikdan oʻtkazish va ularni qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrovnomalar yoʻllash, zarur boʻlgan axborot, hujjat va materiallarni olish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha hujjat va materiallarni taftish qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari oʻz vakolatlarini amalga oshirishda fuqarolarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, davlat yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni va boshqa axborotni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor etmasliklari shart.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat tashkilotlari Agentlik va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslariga ish uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlar yaratadi, tegishli hujjatlarni taqdim etadi hamda Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tushuntirishlar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat nazorati Agentlikning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik nomidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzarxiv” agentligining Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha davlat nazorati boʻlimi boshligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzarxiv” agentligi Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha davlat nazorati boʻlimi bosh mutaxassisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar boshliqlari va bosh mutaxassislari Arxiv ishi va ish yuritish holati boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlaridan arxiv ishi va ish yuritishga oid zarur maʼlumot, axborot, tushuntirish va hujjatlarni soʻrash hamda bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat nazoratini amalga oshirish davomida zarur hujjatlarni oʻrganish, arxiv saqlovxonalarini foto, videotasvirga tushirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv hujjatlariga zarar yetkazgan, qonunchilik hujjatlarini buzgan va boshqa shaxslardan yozma ravishda tushuntirish olish;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlarining bino va inshootlariga arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi faoliyati boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish uchun mazkur bino va inshootlarda boʻlish qoidalariga rioya qilgan holda kirish va koʻzdan kechirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv ishi va ish yuritish qonunchilik hujjatlarining buzilish sabablari hamda arxiv hujjatlarining saqlov sharoitlarini aniqlash;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv ishi va ish yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligini bartaraf qilish haqida davlat tashkilotlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat nazorati natijalari boʻyicha maʼlumotnoma, dalolatnoma, xulosa, hisobotlar tuzish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv ishi va ish yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi materiallarni tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish;
(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa huquqlarga ega.
(12-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlariga davlat nazoratini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nazorat qiluvchi organ rahbarining buyrugʻi nusxasi, xizmat guvohnomasini koʻrsatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkiloti faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslikka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini taʼminlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat nazorati natijasini dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtirishga, uning bir nusxasi davlat nazorati tamom boʻlgan kunda davlat nazoratidan oʻtgan davlat tashkilotiga taqdim etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda unga taʼsir koʻrsatishning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralarini koʻrishga majbur.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Arxiv ishi va ish yuritish holati boʻyicha davlat nazoratini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat nazorati ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ahamiyatiga molik davlat tashkilotlarida, shuningdek, Oʻzbekiston milliy arxivlarida — Agentlikning tegishli mansabdor shaxslari (respublika darajasida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi organlarining tegishli hududiy boshqarmalari va viloyat ahamiyatiga molik davlat tashkilotlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi va viloyat davlat arxivlarida — tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda hududiy boshqarmalarning mansabdor shaxslari (hududiy darajada);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman va shahar ahamiyatiga molik davlat tashkilotlari, shuningdek shahar va tumanlar davlat arxivlarida — tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda hududiy boshqarmalarning mansabdor shaxslari (tuman (shahar) darajasida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda davlat tashkilotlari faoliyatida arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonun buzilishlarining profilaktikasi va oldini olish maqsadida rejali tartibda ishchi va oʻquv seminarlarda axborot-tushuntirish ishlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat nazorati kalendar yil uchun 15-yanvardan kechiktirmasdan, yilning boshida tasdiqlanadigan davlat nazorati rejasiga muvofiq ikki yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat nazorati rejasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika darajasidagi reja — Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat va tuman (shahar) darajasidagi reja — tegishli hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha darajadagi davlat nazorati rejalarini oʻz ichiga olgan davlat nazoratining umumiy rejasi tasdiqlangandan soʻng bir hafta muddatda Agentlik veb-saytining tegishli boʻlimida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat nazoratini amalga oshirish rejalashtirilgan davlat tashkilotiga rasmiy (yozma) bildirishnoma uning olganligini tasdiqlashni soʻragan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu davlat tashkilotini davlat nazorati rejasiga kiritish toʻgʻrisida joriy yil uchun reja tasdiqlanganidan keyin — bir hafta ichida, biroq tashkilotda davlat nazorati oʻtkazilishidan oʻn kun oldin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat nazoratini oʻtkazish boʻyicha — davlat nazorati oʻtkazilishidan bir hafta oldin yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tashkiloti oʻz vaqtida xabardor qilinmagan taqdirda, rejaga muvofiq tashkilotda davlat nazoratini oʻtkazish muddati ushbu tashkilotni bevosita xabardor qilish orqali keyingi oyga qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat nazorati oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddat davomida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat nazorati natijalari boʻyicha arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilish holati va aniqlangan qonun buzilishi toʻgʻrisida davlat tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan dalolatnoma (maʼlumotnoma) tuziladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosaga asosan Agentlik tomonidan davlat tashkilotlariga va (yoki) ularning yuqori turuvchi tashkilotlariga arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni yuzaga keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish, ilmiy-tarixiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlarning yoʻqolishi yoki noqonuniy yoʻq qilinishining oldini olish boʻyicha tashkilotlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish toʻgʻrisidagi takliflar bilan taqdimnoma kiritiladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv hujjatlarini topshirish, saqlash va ulardan foydalanishning, shuningdek, arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat koʻrsatishning belgilangan tartibini buzganlik holatlari aniqlanganda, Agentlik organlarining mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida mazkur holatlar boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalarni tuzadi va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Respublika darajasidagi davlat nazoratini tashkil etishda Oʻzbekiston milliy arxivlarining tajribali xodimlari jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy va tuman (shahar) darajalaridagi davlat nazoratini samarali tashkil etish uchun viloyat, shahar va tuman davlat arxivlarining tajribali xodimlari jalb etilgan holda hududiy komissiyalar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Hududiy komissiyalar quyidagi tarkibda tuziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududiy boshqarmaning bosh mutaxassisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi va tegishli viloyatlar davlat arxivlari xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Arxivlarda (Oʻzbekiston Milliy arxivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyatlar davlat arxivlari) davlat nazoratini oʻtkazishda tekshirilayotgan arxiv asosiy ish joyi boʻlgan arxiv xodimini, shuningdek, oʻrindoshlik asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi arxiv xodimlari komissiya tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Hududiy komissiya oʻz faoliyatida Agentlikka hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxslarining hatti-harakatlari va qarorlari yuzasidan bevosita sudga yoki boʻysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizom talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv ishi va ish yuritish holati boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv ishi va ish yuritish holati boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 09/20/174/0343-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)