19.03.2020 yildagi 173-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatida ixtisoslashtirilgan savdo-logistika terminalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatining transport va logistika infratuzilmasini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish, yuk tashish hajmini oshirish, shu jumladan tovarlarni oʻz vaqtida va uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, hududning yoʻl-transport infratuzilmasidan samarali foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Sirdaryo viloyati hokimligi va “Xinjiang Guorui Economic & Trade Co., LTD” kompaniyasi (Xitoy Xalq Respublikasi) (keyingi oʻrinlarda investor deb ataladi) oʻrtasida muzokaralar oʻtkazilib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2024-yillarda 25,0 mln AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga Sirdaryo viloyatida metall, yogʻoch va yogʻoch mahsulotlarini saqlash, ularga ishlov berish va tarqatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan savdo-logistika terminalini (keyingi oʻrinlarda savdo-logistika terminali deb ataladi) tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo-logistika terminalini qurish maqsadida “Sirdaryo savdo logistika markazi” unitar korxonasi tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Sirdaryo viloyati hokimligining savdo-logistika terminalini qurish uchun “Sirdaryo savdo logistika markazi” unitar korxonasiga Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi “Farovon” MFY hududida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini, istisno tariqasida, toʻgʻridan toʻgʻri ajratish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, investor savdo-logistika terminali loyihasini amalga oshirish doirasida quyidagi investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2024-yillarda — 25,0 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamida 200 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-qidiruv ishlariga xorijiy loyihalash tashkilotlarini jalb qilish orqali loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Sirdaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda mazkur qarorning 3-bandida belgilangan shartlarda investor bilan toʻrt tomonlama investitsiya shartnomasi tuzilishini hamda qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoring yuritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur qarorning 3-bandida belgilangan shartlar investor tomonidan toʻliq ravishda bajarilmagan taqdirda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi bekor qilinishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respubliksi Davlat bojxona qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi boʻlinmalari terminal hududida bepul joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo-logistika terminalida bojxona, ekspress-laboratoriya, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidemiologiya, ekologik nazorat oʻtkazish va muvofiqlikni baholash hamda boshqa davlat xizmatlari “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo-logistika terminalida davlat va tijorat xizmatlari, shu jumladan xalqaro logistika xizmatlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻlari” AJ bilan birgalikda Toshkent temir yoʻl uzelida yuklar tirbandligining oldini olish maqsadida temir yoʻl orqali respublika hududiga kelayotgan metall, yogʻoch va boshqa mahsulotlarni yuklash hamda tushirishni amalga oshirish uchun terminal hududida shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda investorning oʻz mablagʻlari hisobidan terminal hududigacha transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qurilish vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo-logistika terminali qurilishi boʻyicha texnik topshiriqlarning ishlab chiqilishi, muvofiqlashtirilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini, qurilish-montaj ishlarini bajarish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi investorning buyurtmanomalari boʻyicha savdo-logistika terminalini tashkil qilishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari-iqtisodiyot va sanoat vaziri D.A. Kuchkarov hamda Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 19-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 09/20/173/0339-son)