Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.01.2026 18.03.2020 yildagi 166-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.01.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha “tahlika-tahlil” tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 650-sonli “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha xavfni tahlil etish avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2026-yil 19-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4162-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha “tahlika-tahlil” tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda mahsulot ishlab chiqarilishi va ularning aylanmasi sohasida huquqbuzarlik xavfini avtomatik tarzda inson omili aralashmagan holda tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini toʻliq tahlil qilish hamda yakuniy natijalarni balli tizim orqali huquqbuzarlik xavfi darajasini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizim maʼlumotlari asosida shakllantirilgan roʻyxatga asosan tashkilotlarda tekshirish oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga murojaat qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish maqsadida “tahlika-tahlil” tizimi ishlab chiqilishini hamda Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatiga 2020-yil 1-maydan joriy etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-iyulga qadar “tahlika-tahlil” tizimida oʻzaro axborot almashinuvi tartib-taomillarini yoʻlga qoʻyish maqsadida Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining axborot tizimlari hamda “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashuvini taʼminlasin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 18-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 166-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha “tahlika-tahlil” tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligida (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha “tahlika-tahlil” tizimini (keyingi oʻrinlarda tizim deb ataladi) joriy etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tizimda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) mahsulot ishlab chiqarilishi va ularning aylanmasi sohasida huquqbuzarlik (keyingi oʻrinlarda huquqbuzarlik deb ataladi) xavfi avtomatik tarzda inson omili aralashmagan holda tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan tizimda maʼlumotlarni kiritish va tahlil etish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tizim Agentlikdagi mavjud ichki hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan tashqi maʼlumotlarga asosan quyidagi yoʻnalishlarda:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi faoliyatini amalga oshirish boʻyicha litsenziya talablari va shartlarining buzilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sarflangan xom ashyo va yordamchi materiallarning tayyor mahsulotga nisbatan mutanosibligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol etil spirtini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulot namunalarining sinovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) qayta ishlab chiqarish jarayoniga qaytarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasining Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament talablariga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi qarorini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi bilan bogʻliq hisobotlar boʻyicha muntazam ravishda qayta hisob-kitoblarning amalga oshirilganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlarni saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilishda hujjatlar boʻlmasligi holatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar hisobot davri mobaynida dastlab roʻyxatga olingan yuridik manzilini yoki texnologik jihozlarni muntazam ravishda oʻzgartirib borilganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilgan isteʼmol va texnik etil sirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkasiz yoki qalbaki aksiz markali mahsulotlarni realizatsiya qilish holatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan aynan bir tashkilot faoliyatidan noroziligi haqidagi murojaatlarni tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tizim mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan yoʻnalishlarga asosan tadbirkorlik subyektlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini toʻliq tahlil qiladi hamda yakuniy natijalarni balli tizim orqali huquqbuzarlik xavfi darajasini baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqbuzarlik xavfi darajasining balli tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) bilan kelishilgan holda Agentlikning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Huquqbuzarlik sodir etish xavfini tahlil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tizim orqali tashkilotlarda huquqbuzarlik xavfi darajasi balli tizimda tahlillar davomida aniqlangan kamchiliklar soni va ogʻirlik darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik tomonidan tizim maʼlumotlari asosida shakllantirilgan tashkilotlarda huquqbuzarlik xavfi darajasi tahlili muntazam oʻtkazib boriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Aniqlangan holatlar yuzasidan Agentlik tomonidan tashkilotlarda huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshirish oʻtkazish yuzasidan belgilangan tartibda vakolatli organga murojaat qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tizim tahlili natijalariga koʻra xavflilik darajasidan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlari uch toifaga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori boʻlgan tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik sodir etish xavfi oʻrtacha boʻlgan tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik sodir etish xavfi past boʻlgan tashkilotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori, oʻrtacha yoki past boʻlgan tashkilotlar bilan ishlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori, oʻrtacha yoki past boʻlgan tashkilotlar roʻyxati tizim maʼlumotlari asosida shakllantiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tizim maʼlumotlari asosida shakllantirilgan roʻyxatga asosan huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori tashkilotlarda tekshirish oʻtkazish yuzasidan vakolatli organga murojaat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tizim maʼlumotlari asosida shakllantirilgan roʻyxatda keltirilgan tashkilotlarga Agentlik tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi oʻrtachaligi toʻgʻrisida aniqlangan tafovut hamda kamchiliklar batafsil bayon qilingan holda yozma ravishda xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlangan tafovut va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tashkilotlar tomonidan aniqlashtirilgan qayta maʼlumot hamda asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilmaganda yoki taqdim etilgan maʼlumotlarda huquqbuzarliklar bartaraf etilmaganligi aniqlanganda, Agentlik tekshirish oʻtkazish yuzasidan vakolatli organga murojaat qiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi past boʻlgan tashkilotlarga aniqlangan tafovut hamda kamchiliklar batafsil bayon qilingan holda yozma ravishda xabarnoma yuboriladi va ular faoliyati tekshirilmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Huquqbuzarlik sodir etish xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha “tahlika-tahlil” tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha “tahlika-tahlil” tizimida maʼlumotlarni kiritish va tahlil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha “tahlika-tahlil” tizimiga ishlab chiqaruvchi va savdo tashkilotlari tomonidan kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qilib boradi.

Ish kunlari

2-bosqich

1. Davlat soliq qoʻmitasi

2. Davlat bojxona qoʻmitasi

1. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda alkogol mahsulotlari ulgurji savdosi tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarining maʼlumotlarini Agentlikga elektron koʻrinishda taqdim etadi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilingan isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron koʻrinishda Agentlikga taqdim etadi.

1. Soliq hisobotlari taqdim etilgan kun

2. Import qilingandan keyingi ish kuni

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

Taqdim etilgan maʼlumotlar asosida korxonalar tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishini tahlil qiladi hamda yakuniy natijalarni balli tizimi orqali huquqbuzarlik xavfi darajasini baholaydi.

Har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasigacha

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

Huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, zarur hollarda tekshirish oʻtkazish yuzasidan belgilangan tartibda vakolatli organga murojaat qiladi.

1 (bir) ish kunida

5-bosqich

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

Agentlikning murojaatini koʻrib chiqib, tekshirishga ruxsat etish yoki etmaslik masalasini hal qiladi.

Belgilangan tartibda

6-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

Vakolatli organning ruxsati asosida korxonani qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi va natijalari asosida tegishli choralarni koʻradi.

Belgilangan tartibda

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 09/20/166/0330-son, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son, 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)