O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 26-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda ma’qullangan
Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1921-modda bilan to‘ldirilsin:
“1921-modda. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
To‘yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi:
“1751” raqamidan keyin “1752” raqami bilan to‘ldirilsin;
“191” raqamidan keyin “1921” raqami bilan to‘ldirilsin;
3) 2456-moddaning birinchi qismidagi “2152-moddasida” degan so‘zlar “1752 va 2152-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 2641-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2641-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati organlari
Ushbu Kodeksning 1752-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi”;
5) 332-moddaning birinchi qismidagi “topshirilgan kundan boshlab o‘n besh” degan so‘zlar “topshirilgan kundan boshlab o‘ttiz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) quyidagi mazmundagi 3321-modda bilan to‘ldirilsin:
“3321-modda. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi
Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda”;
7) 335-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga yuboradi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi 337-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637, 640-moddalar; 2014-yil, № 1, 2-modda, 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 588-modda, № 10, 674-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda) 4-moddasining to‘rtinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaxslari”;
uchinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 813-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 592-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalarining muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatning asosiy turlari: giyohvandlik vositalarini olib kirish (olib chiqish), taqsimlash, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish davlat monopoliyasi hisoblanadi, ushbu Qonunning 211-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
2) 11-moddaning birinchi qismidagi “27 — 29-moddalarida” degan so‘zlar “21, 211, 27 — 29-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 21-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan, I ro‘yxatga kiritilgan o‘simliklarni yetishtirish uchun ruxsat davlat korxonalariga ilmiy maqsadlarda maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda hamda ushbu Qonunning 211-moddasida nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslarga sanoat maqsadlarida mazkur faoliyat turiga doir litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi”;
4) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan to‘ldirilsin:
“211-modda. Tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarning sanoat maqsadlarida yetishtirilishi va muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari
Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirishga, olib kirishga (olib chiqishga), qayta ishlashga, saqlashga, realizatsiya qilishga (berishga), olishga va tashishga yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan litsenziyaga asosan ruxsat etiladi.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan, sanoat maqsadlarida yetishtirilishiga va muomalada bo‘lishiga ruxsat etilgan kannabis o‘simligining navlari, ularning yetishtirilish va muomalada bo‘lish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
beshinchi xatboshisidagi “ularning ijrosini nazorat qilish” degan so‘zlar “ularning shakllantirilishini, tuzilishini hamda ijrosini nazorat qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat moliyaviy nazorati — budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida davlat moliyaviy nazorati obyektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni o‘rganish, tahlil qilish hamda taqqoslash”;
quyidagi mazmundagi o‘n to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat moliyaviy nazorati obyektlari — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari, belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari”;
o‘n to‘qqizinchi — qirq oltinchi xatboshilari tegishincha yigirmanchi — qirq yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘ttiz ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
o‘ttiz uchinchi — qirq yettinchi xatboshilari tegishincha o‘ttiz ikkinchi — qirq oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 26-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining, idoralarning hamda banklarning budjet tizimi budjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar mablag‘larining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromad qismining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot bo‘yicha tashqi auditni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi”;
3) 117-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“hisob va hisobotni;
ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi”;
4) 120-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“hisob va hisobotni;
ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi”;
5) 170-moddaning birinchi qismidagi “moliyaviy nazorat obyektlari” degan so‘zlar “davlat moliyaviy nazorati obyektlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 173-modda:
ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “va moliya organlari” degan so‘zlar “moliya organlari va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “moliyaviy nazorat” degan so‘zlar “davlat moliyaviy nazorati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 174-modda:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasi shakllantirilishini va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiqligini tizimli tahlil qilishni”;
oltinchi xatboshisidagi “zaxiralarni” degan so‘z “imkoniyatlarni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “soliq va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga” degan so‘zlar “soliq, bojxona va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni;
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan chet el valyutasidagi mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazoratni”;
o‘ninchi xatboshisi o‘n uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
8) 179-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi, 182-moddaning birinchi qismidagi tegishli son va kelishikdagi “moliyaviy nazorat obyekti” degan so‘zlar tegishli son va kelishikdagi “davlat moliyaviy nazorati obyekti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 183-moddaning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“o‘rganish va nazorat tartibida tekshirish natijalari bo‘yicha tuziladigan hujjat — ma’lumotnoma yoki xulosa tarzida rasmiylashtiriladi”.
10) 184-moddaning birinchi qismi yettinchi, sakkizinchi va o‘ninchi xatboshilaridagi, uchinchi, to‘rtinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlaridagi, 185-moddasidagi, 186-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi tegishli son va kelishikdagi “moliyaviy nazorat obyekti” degan so‘zlar tegishli son va kelishikdagi “davlat moliyaviy nazorati obyekti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 27-apreldagi O‘RQ-687-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 03/21/687/0380-son)
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 1-moddasining 1-bandi va 2-bandining uchinchi xatboshisi mazkur Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 1-moddasining 5-bandi mazkur Qonun kuchga kirganidan keyin chiqarilgan jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarga nisbatan qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-mart,
O‘RQ-612-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 03/21/687/0380-son, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)