13.03.2020 yildagi 155-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qarori ijrosini ta’minlash, suv xo‘jaligi sohasida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Suv xo‘jaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra har yilgi Investitsiya dasturini shakllantirish jarayonida asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, 2020-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida kelgusi yillarda amalga oshiriladigan suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish uchun loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdorda qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan mablag‘larning 50 foizini loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni moliyalashtirishga yo‘naltirishni, qolgan 50 foizi esa Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishini va ulardan maqsadli foydalanishni nazorat qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev va O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 13-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 13-martdagi 155-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xo‘jaligi obyekti — suv resurslarini to‘plash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni iste’mol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida suv xo‘jaligi faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya obyektlari — suv resurslarini boshqarish, to‘plash va ularni suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarga yetkazish, sug‘oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlashga ko‘maklashadigan, gidrouzellar, suv oqimini yo‘naltirish, daryolar va kanallar o‘zanlarini himoya qilish, suv omborlari, sel-suv omborlari, irrigatsiya tizimi kanallari va sug‘orish tarmoqlari inshootlari bilan, nasos stansiyalari, sug‘orish vertikal quduqlari, suv olish, suv tashlash, suv chiqarish va boshqa inshootlarni o‘z ichiga oladigan suv xo‘jaligi obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
melioratsiya obyektlari — kollektor-drenaj va yer usti tashlama suvlarini to‘plash hamda ularni sug‘oriladigan yerlardan tashqariga chiqarib tashlashga ko‘maklashadigan, kollektorlarni va kollektor-drenaj tarmog‘ini, vertikal drenaj quduqlarini, melioratsiya nasos stansiyalarini (agregatlarini) va kuzatuv tarmog‘ini o‘z ichiga oladigan suv xo‘jaligi obyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha olib boriladigan loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan ixtisoslashtirilgan loyiha guruhi (keyingi o‘rinlarda Loyiha guruhi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha guruhiga faqat mahalliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek, alohida olimlar jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyiha guruhi suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishda quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilayotgan loyiha topshiriqlari va loyihaoldi hujjatlari sifatini o‘rganish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish obyektidagi mavjud holat to‘g‘ri baholanganligi va muammolar to‘g‘ri aniqlanganligini o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan dala qidiruv ishlarining sifati va to‘liqligini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologik, gidrologik va gidrogeologik ma’lumotlarning sifatini o‘rganish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammolarning yechimi yuzasidan qabul qilingan variantlar to‘g‘ri tanlanganligini, qabul qilingan yakuniy yechimning ilmiy-texnik jihatdan asoslanganligini, zamonaviy qurilish materiallari, resurs tejamkor texnologiyalar va texnikaning qo‘llanilganligini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha ma’lumotlar va ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanganlik darajasini o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xo‘jaligi obyektining ishonchli va xavfsiz ishlashi choralari ko‘rilganligi, shuningdek, atrof-muhitga ta’sirining baholanganligi, muhofaza zonalari va sohilbo‘yi mintaqalarning ajratilganligini ko‘rib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning dastlabki ro‘yxatlarini shakllantirish va loyiha-qidiruv ishlari jarayonida lozim hollarda obyektga chiqish va o‘rganish, muammoli loyihalar bo‘yicha maxsus ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish yuzasidan “Suvqurilishinvest” davlat muassasalariga takliflar kiritish;
(4-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik jihatdan kuzatish natijalari bo‘yicha asoslangan xulosa va takliflar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha guruhi loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov (tender) asosida aniqlangan bosh loyiha tashkiloti (keyingi o‘rinlarda bosh loyiha tashkiloti deb ataladi) bilan shartnomaga asosan loyihalarni amalga oshirishda ilmiy-texnik kuzatuv va boshqa ishlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish hamda moliyalashtirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi yilda suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari dasturlarini shakllantirish uchun ustuvor loyihalarni tanlashda joylardagi muammolarni har tomonlama tahlil qilgan holda ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish talabini har bir loyiha bo‘yicha aniqlaydi va ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki ro‘yxatini har yili 25-martga qadar shakllantiriradi. Ushbu ro‘yxatni shakllantirishda tegishli loyiha tashkilotlari va Loyiha guruhini jalb qilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu ro‘yxatga alohida ilmiy-texnik yechim va asoslash talab etiladigan (namunaviy bo‘lmagan) gidrouzellar, suv omborlari, sel-suv omborlari, nasos stansiyalari, irrigatsiya tizimi kanallari va sug‘orish tarmoqlari, gidrotexnika inshootlari, vertikal sug‘orish quduqlari, kollektorlar va kollektor-drenaj tarmoqlari, vertikal drenaj quduqlari, melioratsiya nasos stansiyalari (agregatlari) va kuzatuv tarmog‘i hamda boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki ro‘yxatini asoslovchi ma’lumotlar bilan birgalikda har yili 1-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha guruhi bilan birgalikda taqdim qilingan ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki ro‘yxatini va asoslovchi ma’lumotlarni har yili 15-aprelga qadar tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha Tarmoq ilmiy-texnik kengashi (keyingi o‘rinlarda Tarmoq ilmiy-texnik kengashi deb ataladi)ning yig‘ilishlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalar bo‘yicha taqdimotlarini har yili 25-aprelga qadar o‘tkazadi va muhokama qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoq ilmiy-texnik kengashining yig‘ilishlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi hamda manfaatdor boshqa vazirliklar va idoralarning mas’ul xodimlarini taklif etadi;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish uchun ajratish talab etiladigan mablag‘ning dastlabki miqdorini belgilashda quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan suv xo‘jaligi obyektning kategoriyasi, joylashgan manzili, geologik, gidrogelogik, gidrologik va boshqa tuproq-iqlim sharoiti, obyekt muqobilining mavjud yoki mavjud emasligi, dastlabki umumiy qiymati va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib Loyiha guruhining asoslangan takliflarini e’tiborga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning yakuniy ro‘yxatini ishlab chiqadi va loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatiga qo‘shimcha ajratish talab etiladigan mablag‘larning dastlabki qiymatini ko‘rsatgan holda har yili 1-mayga qadar Tarmoq ilmiy-texnik kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik tasdiqlangan Tarmoq ilmiy-texnik kengashining qarorini uch kun mobaynida “Suvqurilishinvest” davlat muassasalariga ular tomonidan kelgusi yilda suv xo‘jaligi obyektlarida qurilish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarining loyiha-qidiruv ishlari manzilli ro‘yxatlari (keyingi o‘rinlarda — manzilli ro‘yxatlar)ni ishlab chiqish uchun yuboradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzilli ro‘yxatlarni ishlab chiqib, loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdori hisobiga ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘larning dastlabki qiymatlarini ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilgan manzilli ro‘yxatlarni har yili 10-mayga qadar Agentlikka belgilangan tartibda kelishish uchun taqdim qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlik har yili 15-mayga qadar “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari tomonidan taqdim qilingan manzilli ro‘yxatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, kelishgandan so‘ng tasdiqlash uchun Vazirlikka taqdim qiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 25-mayga qadar manzilli ro‘yxatlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga kiritgan holda kelishadi hamda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarni ijro uchun Agentlikka taqdim qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlik tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarni har yili 1-iyunga qadar ijro uchun “Suvqurilishinvest” davlat muassasalariga taqdim qiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish va moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga asosan har bir loyiha bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarini bajarish uchun tanlov (tender) asosida bosh loyiha tashkilotini aniqlaydi va u bilan tegishli shartnomani tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomaga loyiha-qidiruv ishlari bo‘yicha ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish uchun loyiha-qidiruv ishlarini bajarish jarayonida tayyorlangan materiallarni asoslovchi hujjatlar va hisob-kitoblar bilan birgalikda Loyiha guruhiga taqdim qilib borish jadvalini ilova qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan har bir loyiha-qidiruv ishlari bo‘yicha Loyiha guruhi tomonidan ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish yuzasidan shartnoma tuzadi. Shartnomaga loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni amalga oshirish jadvalini ilova qiladi;
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga shartnoma asosida oldindan 15 foiz bo‘nak mablag‘larini to‘laydi;
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma bo‘yicha qolgan to‘lovlarni Loyiha guruhining “Suvqurilishinvest” davlat muassasasi va bosh loyiha tashkilotiga taqdim qilinadigan xulosa va takliflar hamda rasmiylashtirilgan dalolatnoma hisob-faktura asosida amalga oshirib boradi;
(13-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha barcha loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdorining 50 foizini shartnoma asosida vazirlik huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazadi. Bunda ushbu mablag‘lar faqat suv xo‘jaligi sohasidagi dolzarb muammolar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirishga hamda respublika ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga grantlar ajratish uchun sarflanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bosh loyiha tashkiloti loyiha-qidiruv ishlarini bajarish jarayonida tayyorlangan materiallarni asoslovchi hujjatlar va hisob-kitoblar bilan “Suvqurilishinvest” davlat muassasasi bilan tuzilgan shartnomaga ilova qilingan jadval bo‘yicha Loyiha guruhiga ilmiy-texnik jihatdan kuzatish uchun taqdim qilib boradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda taqdim etiladigan hujjatlar elektron shaklda Loyiha guruhining elektron pochta manziliga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Loyiha guruhi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari bilan tuzilgan shartnomaga asosan har bir loyiha-qidiruv ishini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish uchun mahalliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, ularning soha bo‘yicha professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlarini hamda yuqori tajribaga ega bo‘lgan alohida olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qiladi, ish rejasini tuzadi va tasdiqlaydi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha tashkiloti tomonidan taqdim qilingan loyiha-qidiruv ishlar, materiallar va hisob-kitoblarni hamda qabul qilinayotgan texnologik yechimlarni ilmiy-texnik jihatdan asoslanganligini, zamonaviy qurilish materiallari, resurs tejamkor texnologiyalar va texnikaning qo‘llanilishini tahlil qiladi, tegishli xulosalar va takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda qurilish obyektini joyida qo‘shimcha ravishda o‘rganadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarni shartnomada belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqadi. Hujjatlarni o‘rganish uchun qo‘shimcha mutaxassislarni jalb etish, qo‘shimcha ilmiy asoslangan ma’lumotlar, alohida maxsus ilmiy-tadqiqot yoki tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish talab etilganda va boshqa hollarda “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari bilan imzolanadigan qo‘shimcha kelishuv shartnomasiga muvofiq o‘rganish muddati uzaytirilishi mumkin;
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha tashkiloti tomonidan qabul qilingan texnologik yechimlar yetarlicha ilmiy-texnik jihatdan asoslanmagan va bu borada ilmiy asoslar va tajribalar, jumladan, xorijiy tajriba yetarli bo‘lmagan hollarda bu borada alohida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish lozimligi yuzasidan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiga takliflar tayyorlaydi;
(16-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlangan xulosalar va takliflarni “Suvqurilishinvest” davlat muassasasi va bosh loyiha tashkilotiga belgilangan tartibda taqdim qilib boradi.
(16-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha guruhi ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini shartnomalarda belgilangan muddatlarda bajarishga hamda natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosa va takliflarning asoslanganligiga mas’uldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bosh loyiha tashkiloti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha guruhining ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari natijasi bo‘yicha bergan xulosalari va takliflarini birgalikda tahlil qiladi hamda xulosa va takliflar yetarlicha asoslangan deb topilganda loyiha-qidiruv ishlarini takomillashtirish uchun qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari natijasi bo‘yicha taqdim qilingan xulosa va takliflar yetarlicha asoslanmagan taqdirda uni Loyiha guruhining tegishli ekspertlari bilan muhokama qiladi va tegishli qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli ekspertlar tomonidan ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari natijasi bo‘yicha taqdim qilingan xulosa va takliflar ma’qullanmagan taqdirda ushbu xulosani qayta ko‘rib chiqish uchun Loyiha guruhiga yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari yakunlangan loyiha-qidiruv ishlarini belgilangan tartibda “Suvqurilishinvest” davlat muassasasiga taqdim qiladi.
(17-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh loyiha tashkiloti Loyiha guruhining ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari natijasi bo‘yicha asoslangan xulosalar va takliflari bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarining sifatini yaxshilashga mas’uldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari:
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha tashkilotlari hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan tuzilgan shartnomalar ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha tashkiloti tomonidan yakunlangan loyiha ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari bo‘yicha xulosalar va takliflar bilan birgalikda ko‘rib chiqadi hamda idoraviy va davlat ekspertizasidan o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza xulosalari olingan loyiha hujjatlarini Vazirlikning Tarmoq ilmiy-texnik kengashi muhokamasiga kiritish uchun Agentlikka taqdim qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari bosh loyiha tashkilotlari hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan tuzilgan shartnomalarga ko‘ra bajarilgan ishlarni o‘z vaqtida moliyalashtirib borish hamda sifatli qabul qilishga mas’uldir.
(18-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlik ekspertiza xulosasi olingan loyiha-qidiruv ishlari hujjatlarini ikki kun muddatda Tarmoq ilmiy-texnik kengashida ko‘rib chiqish uchun Vazirlikka taqdim qiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza xulosalari olingan loyiha-qidiruv ishlari hujjatlarini ikki kun mobaynida Loyiha guruhining rahbari va tegishli ekspertlarini taklif qilgan holda Tarmoq ilmiy-texnik kengashida muhokama qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha guruhi va bosh loyiha tashkiloti o‘rtasida loyiha-qidiruv ishlari yuzasidan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi hamda loyihani amalga oshirish yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari natijasini va loyiha-qidiruv ishlarining sifatini tahlil qilib borish hamda ushbu tizimning samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihaoldi hujjatlarini (texnik-iqtisodiy asos yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob) ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish hamda tasdiqlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari uchun “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari tomonidan Loyiha guruhiga to‘lab berilgan mablag‘larni ishlatish, jalb qilingan mahalliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, ularning soha bo‘yicha professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va yuqori tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislari bilan shartnoma asosida hisob-kitob qilishni, xizmat safarlari xarajatlarini qoplashni nazarda tutuvchi tartib “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari bo‘yicha tuzilgan shartnoma bo‘yicha nizolar tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, agar kelishuvga erishilmasa sud tartibida hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish va moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari

1. Kelgusi yilda suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari dasturlarini shakllantirish uchun ustuvor loyihalarni tanlashda ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish talabini har bir loyiha bo‘yicha aniqlaydi va ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki ro‘yxatinishakllantiradi.

Har yili

25-martga qadar

2. Ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki ro‘yxatini asoslovchi ma’lumotlar bilan birgalikda Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qiladi.

Har yili

1-aprelga qadar


2-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi

1. Loyiha guruhi bilan taqdim qilingan ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki ro‘yxatini va asoslovchi ma’lumotlarni tahlil qiladi.

Har yili

15-aprelga qadar

2. Tarmoq ilmiy-texnik kengashining yig‘ilishlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalar bo‘yicha taqdimotlarini o‘tkazadi va muhokama qiladi.

Har yili

25-aprelga qadar

3. Loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning yakuniy ro‘yxatini ishlab chiqadi va loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatiga qo‘shimcha ravishda ajratish talab etiladigan mablag‘larning dastl?bki qiymatini ko‘rsatgan holda Tarmoq ilmiy-texnik kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlaydi.

Har yili

1-mayga qadar

4. Tasdiqlangan Tarmoq ilmiy-texnik kengashining qarorini Suv xo‘jaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi va “Suvqurilishinvest” davlat muassasalarga kelgusi yilda suv xo‘jaligi obyektlarida qurilish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarining loyiha-qidiruv ishlari manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish uchun yuboradi.

Ro‘yxat tasdiqlangandan so‘ng
3 kun mobaynida


3-bosqich

“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari

1. Manzilli ro‘yxatlarni ishlab chiqib, loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdori hisobiga ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘larning dastlabki qiymatlariniko‘rsatadi.

2. Ishlab chiqilgan manzilli ro‘yxatlarni Suv xo‘jaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi belgilangan tartibda kelishish uchun taqdim qiladi.

Har yili

10-mayga qadar


4-bosqich

Suv xo‘jaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi

“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari tomonidan taqdim qilingan manzilli ro‘yxatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, kelishgandan so‘ng tasdiqlash uchun Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qiladi.

Har yili

15-mayga qadar


5-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

1. Manzilli ro‘yxatlarni Moliya vazirligiga hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga kiritgan holda kelishadi hamda tasdiqlaydi.

2. Tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarni ijro uchun Suv xo‘jaligi kapital qurilish loyi?alarini amalga oshirish agentligiga taqdim qiladi.

Har yili

25-mayga qadar


6-bosqich

Suv xo‘jaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi

Tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarni ijro uchun “Suvqurilishinvest” davlat muassasalariga taqdim qiladi.

Har yili

1-iyunga qadar


7-bosqich

“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari

1. Tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga asosan har bir loyiha bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarini bajarish uchun bosh loyiha tashkiloti bilan tegishli shartnomani tuzadi.

2. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan har bir loyiha-qidiruv ishlari bo‘yicha Loyiha guruhi tomonidan ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish yuzasidan shartnoma tuzadi hamda belgilangan tartibda moliyalashtiradi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval bo‘yicha


8-bosqich

Bosh loyiha tashkiloti

Loyiha-qidiruv ishlarini bajarish jarayonida tayyorlangan materiallarni asoslovchi hujjatlar va hisob-kitoblar bilan birgalikda Loyiha guruhiga ilmiy-texnik jihatdan kuzatish uchun taqdim qilib boradi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval bo‘yicha


9-bosqich

Loyiha guruhi

1. Har bir loyiha-qidiruv ishi yuzasidan ilmiy-texnik jihatdan kuzatuv ishlarini amalga oshirish uchun mahalliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, ularning soha bo‘yicha professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari hamda yuqori tajribaga ega bo‘lgan alohida olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qiladi.

2. Taqdim qilingan loyiha-qidiruv ishlari, materiallar va hisob-kitoblarni hamda qabul qilinayotgan texnologik yechimlar ilmiy-texnik jihatdan asoslanganligini, zamonaviy qurilish materiallari, resurs tejamkor texnologiyalar va texnikaning ishlatilishini tahlil qiladi, tegishli xulosalar va takliflar tayyorlaydi.

3. Tayyorlangan xulosalar va takliflarni “Suvqurilishinvest” davlat muassasasi, shuningdek, bosh loyiha tashkilotiga belgilangan tartibda taqdim qilib boradi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval bo‘yicha


10-bosqich

Bosh loyiha tashkiloti

1. Loyiha guruhiga loyiha-qidiruv ishlari, materiallar va hisob-kitoblarni belgilangan muddatlarda taqdim qilib boradi.

2. Loyiha guruhining ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari natijasi bo‘yicha bergan xulosalari va takliflarini birgalikda tahlil qiladi hamda loyiha-qidiruv ishlarini takomillashtirish uchun qabul qiladi.

3. Xulosalar va taklif yetarlicha asoslanmagan taqdirda ularni Loyiha guruhining tegishli ekspertlari bilan muhokama qiladi va tegishli qaror qabul qiladi.

4. Ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari yakunlangan loyiha-qidiruv ishlarini belgilangan tartibda “Suvqurilishinvest” davlat muassasasiga taqdim qiladi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval bo‘yicha


11-bosqich

“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari

1. Bosh loyiha tashkilotlari hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan tuzilgan shartnomalar ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval bo‘yicha

2. Yakunlangan loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari bo‘yicha takliflar va xulosalar bilan birgalikda ko‘rib chiqadi hamda idoraviy va davlat ekspertizasidan o‘tkazadi hamda Suv xo‘jaligi vazirligining Tarmoq ilmiy-texnik kengashida muhokama qilish uchun Suv xo‘jaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligiga taqdim qiladi.

Loyiha-qidiruv ishlari taqdim qilingandan so‘ng

bir oy mobaynida


12-bosqich

Suv xo‘jaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi

Ekspertiza xulosasi olingan loyiha-qidiruv ishlari hujjatlarini Tarmoq ilmiy-texnik kengashida ko‘rib chiqish uchun Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qiladi.

Loyiha-qidiruv ishlari taqdim qilingandan

ikki kun ichida


13-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi

1. Ekspertiza xulosalari olingan loyiha-qidiruv ishlari hujjatlarini belgilangan tartibda Tarmoq ilmiy-texnik kengashida muhokama qiladi.

2. Loyiha guruhi va bosh loyiha tashkiloti o‘rtasida loyiha-qidiruv ishlari yuzasidan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi hamda loyihani amalga oshirish yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.

Loyiha-qidiruv ishlari taqdim qilingandan so‘ng

ikki kun mobaynida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 09/20/155/0316-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)