Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 25.02.1997 yildagi 108-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAZIRLIKLAR, IDORALAR VA KORXONALARNING AYLANMA MABLAG‘LARI NORMATIVLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirliklar, idoralar, birlashmalar va korxonalar bo‘yicha aylanma mablag‘lar normativlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, idoralar, birlashmalar va korxonalar: o‘zlariga qarashli birlashmalar va korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda aylanma mablag‘larning tabaqalashtirilgan normativlarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va ularga yetkazsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanma mablag‘lar butunligi ta’minlanishiga, ularning aylanishini tezlashtirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z aylanma mablag‘lari sarflab yuborilishini va ularning boshqa maqsadlarda xo‘jalik aylanmasidan chiqarilishini moliyaviy intizomni qo‘pol ravishda buzish deb qarab, aybdorlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortgan holda, o‘zlariga qarashli birlashmalar va korxonalar rahbarlarining aylanma mablag‘lar bugunligi ta’minlanishi uchun javobgarligini oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, korxonalarning o‘z mablag‘lari, banklarning kreditlari va budjetdan ajratiladigan mablag‘lar aylanma mablag‘larni normativ darajagacha to‘ldirish manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank tijorat banklari, vazirliklar va idoralar, birlashmalar va korxonalar bilan birgalikda 1996-yil yakunlari bo‘yicha aylanma mablag‘lar holatini ko‘rib chiqsinlar va aylanma mablag‘larni to‘ldirish manbalari va hajmlari to‘g‘risidagi takliflarni 1997-yil aprelgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil25-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 108-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar, birlashmalar va korxonalar bo‘yicha aylanma mablag‘lar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Idoralar‎

‎‎Aylanma mablag‘lar normativlari
Kunlarda‎ 1 so‘m xarajatga tiyinlarda‎
“O‘zavtosanoat” uyushmasi‎ 90‎ 25,00‎
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi‎ 90‎ 25,00‎
“O‘zmashsanoat” uyushmasi‎ 90‎ 25,00‎
“O‘zkimyosanoat” uyushmasi‎ 60‎ 16,70‎
“Maxsusqotishma” RT‎ 60‎ 16,70‎
“O‘zmetkombinat” AIB‎ 55‎ 15,20‎
Toshkent aviatsiya birlashmasi‎ 300‎ 83,30‎
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati‎ 80‎ 22,20‎
Navoiy kon-metallurgiya kombinati‎ 75‎ 28,00‎
“O‘zolmosoltin” uyushmasi‎ 70‎ 19,40‎
“Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi‎ 50‎ 13,90‎
Davlat geologiya qo‘mitasi‎ 90‎ 25,00‎
“O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi‎ 50‎ 13,90‎
Energetika vazirligi‎ 60‎ 16,70‎
Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi‎ 45‎ 12,50‎
“O‘zqurilishmateriallari” konserni‎ 60‎ 16,70‎
“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi‎ 45‎ 12,50‎
“Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi‎ 45‎ 12,50‎
“O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi‎ 60‎ 16,70‎
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi‎ 50‎ 13,90‎
“O‘zsuvqurilish” konserni‎ 45‎ 12,50‎
“O‘zagroqurilish” birlashmasi‎ 45‎ 12,50‎
“O‘zagromashservis” uyushmasi 70‎ 19,40‎
Davlat o‘rmon qo‘mitasi‎ 80‎ 22,20‎
“O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi‎ 60‎ 16,70‎
“O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi‎ 90‎ 25,00‎
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi‎ 60‎ 16,70‎
“Yog‘moytamakisanoat” uyushmasi‎ 40‎ 11,10‎
“O‘zbaliq” korporatsiyasi‎ 60‎ 16,70‎
“O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi‎ 65‎ 18,00‎
“O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi‎ 45‎ 12,50‎
“O‘zbekmebel” birlashmasi‎ 45‎ 12,50‎
“Mahalliy sanoat” korporatsiyasi‎ 45‎ 12,50‎
“O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi‎ 30‎ 8,30‎
“O‘zavtoyo‘l” konserni‎ 30‎ 8,30‎
“O‘zavtotrans” korporatsiyasi‎ 25‎ 6,9‎
“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi‎ 30‎ 8,30‎
“O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasi‎ 45‎ 12,50‎
“Toshmetropoliten”‎ 14‎ 4,40‎
“Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi‎ 40‎ 11,10‎
(ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — O‘R, QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Mazkur ro‘yxatga kirmagan vazirliklar va idoralarning korxonalari bo‘yicha aylanma mablag‘lar normativi 30 kun yoki 1 so‘m xarajatga 8,3 tiyin miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo va matlubot kooperatsiyasining korxonalari va tashkilotlari bo‘yicha asosiy faoliyat normativlari belgilanmaydi.