25.02.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2709-4
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 25.02.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2709-4
Kuchga kirish sanasi
01.03.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVIning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 16-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2709-4]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/14-son qarori (roʻyxat raqami 2709, 2015-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 32-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror 2020-yilning 1-martidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 16-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1/5-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 16-yanvardagi 1/5-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kredit ajratish boʻyicha shartli majburiyat — kredit shartnomasida bankning kredit ajratish boʻyicha majburiyati kreditni moliyalashtirish uchun resurs mablagʻlari bankka tushgandan soʻng yuzaga kelishi sharti mavjud boʻlgan, lekin hisobot sanasiga bu shart bajarilmagan majburiyat.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Yuqori likvidli aktivlarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pullar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bankning qimmatli qogʻozlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi mablagʻlari, bundan Markaziy bankning majburiy zaxira hisobvaragʻidagi mablagʻlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, shuningdek bu mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklariga boshqa moliyaviy talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlardagi “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” kompaniyalarining investitsion reyting darajasidan yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasiga teng boʻlgan reyting baholariga ega banklarda chet el valyutasida ochilgan vakillik hisobvaragʻidagi mablagʻlar va overnayt (kunlik) banklararo depozitlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” kompaniyalaridan birining “V-”/“V3” yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasidan kam boʻlmagan reyting baholariga ega mahalliy banklarda chet el valyutasida ochilgan vakillik hisobvaragʻidagi mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki va Yevropa Kengashining taraqqiyot banki tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 36 va 431-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“43. Banklar majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlash maqsadida lahzali likvidlilik, likvidlilikni qoplash, sof barqaror moliyalashtirish va yuqori likvidli aktivlarining jami aktivlardagi ulushiga oʻrnatilgan meʼyorlarni bajarishlari lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 432-bandning uchinchi xatboshisidagi “10 foizdan” degan soʻzlar “25 foizdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagi mazmundagi 521-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“521. 2020-yil 1-iyundan boshlab banklarning yuqori likvidli aktivlari jami aktivlardagi ulushi kun oxiriga 10 foiz miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 55-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“balansdan tashqari moddalarning 15 foizi, bundan depozit bilan taʼminlangan akkreditivlar va kafolatlar hamda kredit ajratish boʻyicha shartli majburiyatlar mustasno.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2020-y., 10/20/2709-4/0221-son)