27.02.2020 yildagi PQ-4623-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.06.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini yangi bosqichga koʻtarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilgʻor xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, maktabgacha taʼlim qamrovining oshishi, 11 yillik umumiy oʻrta taʼlim tizimining joriy qilinishi hamda oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash koʻlamining kengayishi munosabati bilan yuqori malakali mutaxassislarga nisbatan yuzaga kelayotgan ehtiyojni oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida soʻnggi yillarda pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan 1 ta xorijiy va 4 ta mahalliy oliy taʼlim muassasasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi, mazkur taʼlim sohasi boʻyicha xorijiy davlatlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlari tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib berish borasida oʻtkazilgan tahlil natijalari avvalo taʼlim sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatiga eʼtiborni kuchaytirish, sohada ilgʻor xorijiy tajribani keng joriy etish, pedagogik taʼlim infratuzilmasini yaxshilash zarurligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik taʼlim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qoʻshuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar yetkazib berish, sohaga ilgʻor taʼlim texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar pedagogika taʼlim sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiya va oʻqitish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta oʻzlashtirgan, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik kasbga qiziqishi yuqori boʻlgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik taʼlim sohasining taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv reja va dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, innovatsion oʻquv-meʼyoriy va taʼlim resurslarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohada taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish uygʻunligini taʼminlash orqali taʼlim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar buyurtmachilari ehtiyoj va talablarini muntazam oʻrganib borish, ular bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish hamda pedagog kadrlar tayyorlashning ilmiy asoslangan istiqbolli rejalarini belgilash va ularni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy pedagogik taʼlimga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va taʼlim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini taʼminlash pirovardida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik taʼlim infratuzilmasini yaxshilash, sohadagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy koʻnikmaga ega, tarbiya, oʻqitish metodlari va baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlarni shakllantirish jarayonlari samaradorligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining oʻquv dasturlari hajmini inobatga olgan holda oliy maʼlumotli pedagog mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida pedagogik taʼlim sohasining ayrim taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashni oʻqish muddati 3 yil boʻlgan bakalavriat taʼlim dasturlari doirasida amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash oʻqish muddati 3 yil boʻlgan bakalavriat taʼlim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik taʼlim sohasining ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Barcha taʼlim muassasalariga zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga qodir boʻlgan professional pedagog kadrlarni yetkazib berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-aprelga qadar pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish jarayonida abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati darajasini aniqlash mexanizmlari boʻyicha takliflar ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻi orqali keng jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 20-aprelga qadar ishlab chiqilgan abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati darajasini aniqlash mexanizmlari boʻyicha muhokama natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hududlarda pedagogik taʼlim infratuzilmasini yaxshilash, taʼlim sohasi uchun mutaxassis tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali hamda Termiz davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali hamda Qarshi davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorning 5-bandida tashkil etilishi nazarda tutilgan pedagogika institutlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatini moliyalashtirish 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, yetmagan qismi oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqomi boʻyicha mahalliy oliy taʼlim muassasasi filialiga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan pedagogika institutlari faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Qoʻqon davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarorlarini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent davlat pedagogika universitetiga muntazam ilmiy-pedagogik faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan, yuqori malakali, tegishli sohada chuqur kasbiy bilim va yutuqlarga erishgan xodimlarga pedagogika va oʻqitish metodikasi ixtisosliklari boʻyicha dotsent va professor ilmiy unvonlari berish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi mexanizmlar joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati bilan xalq taʼlimi va maktabgacha taʼlim sohalarida oliy maʼlumotli pedagog kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosida oʻqishga qabul koʻrsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududdagi oliy taʼlim muassasasida 5 yil ishlab berish majburiyati bilan oliy taʼlim sohasida professional pedagog kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar boʻyicha salohiyatli oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosida oʻqishga qabul koʻrsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi oʻqishga maqsadli qabul qilingan talabalar bilan tegishli qabul yilining 1-dekabr kuniga qadar mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni aks ettirgan shartnomalar rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) dastlabki bosqichda Toshkent davlat pedagogika universitetida oʻquv jarayoni oʻquv reja va dasturlar takomillashtirilgan holda taʼlimning kredit-modul tizimi asosida tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab pedagogik faoliyatda umumtaʼlim fanlari muhim oʻrin tutishini inobatga olgan holda alohida iqtidor talab etiladigan pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta — ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Oʻzbekiston tarixi fanlari boʻyicha test sinovlari topshirish tartibi joriy qilinsin. Bunda, qoida tariqasida, majburiy uchta fan boʻyicha test sinovlari kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari eʼlon qilinganidan soʻng oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin.
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2020-y., 07/20/4749/0758-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2020-y., 07/20/4749/0758-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida uning negizida Respublika pedagogik taʼlim resurs markazini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalarining takliflari asosida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim maktablarini oliy maʼlumotli pedagog kadrlar bilan toʻliq taʼminlash maqsadida mazmun jihatidan oʻquv dasturlari oʻzaro yaqin boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha asosiy va qoʻshimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda pedagogik amaliyot davrida talabalarga dars berishlari uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov — tashkil etilayotgan pedagogika institutlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha zaruriy choralar koʻrsin, barcha oliy taʼlim muassasalaridagi pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida oʻquv jarayonini taʼlimning kredit-modul tizimi asosida yoʻlga qoʻyilishi hamda oʻquv dasturlari oʻzaro yaqin boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha asosiy va qoʻshimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tizimi joriy etilishini taʼminlasin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda masʼul vazirlik va idoralarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmonov, Buxoro viloyati hokimi Oʻ.I. Barnoyev, Qashqadaryo viloyati hokimi Z.T. Mirzayev, Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov, Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov — hududlarda tashkil etilayotgan pedagogika institutlari faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyishda har tomonlama koʻmaklashsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari — mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish yuzasidan zarur choralar koʻrsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev — ushbu qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 27-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4623-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash oʻqish muddati 3 yil boʻlgan bakalavriat taʼlim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik taʼlim sohasining ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Taʼlim yoʻnalishi nomi

1.

Musiqa taʼlimi

2.

Jismoniy madaniyat

3.

Texnologik taʼlim

4.

Chaqiriqqacha harbiy taʼlim

5.

Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi

6.

Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2020-y., 07/20/4623/0220-son, 13.06.2020-y., 07/20/4749/0758-son)