1-ILOVA
| T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
| I. Probatsiya faoliyatiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
| | Nazorat ostidagilar ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida yashash joyini o‘zboshimchalik bilan tark etgan hollarda ularning respublika hududidan chiqishini cheklashni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil dekabr | Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura |
| II. Probatsiya faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
| | Probatsiya bo‘linma (guruh)larining xodimlarini Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi manbalari hisobiga rag‘batlantirish tartibini joriy etish. | Ichki ishlar vazirining buyrug‘i | 2020-yil aprel | Ichki ishlar vazirligi |
| | Tegishli oliy ta’lim muassasalarida psixologiya yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning probatsiya bo‘linma (guruh)larida amaliyot o‘tash tartibini joriy etish. | Chora-tadbirlar | 2020-yil iyun | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
| | Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish institutida Probatsiya xizmati xodimlarining malakasini oshirish tizimini joriy etish. | Chora-tadbirlar | 2020-yil iyul | IIV Malaka oshirish instituti, Probatsiya xizmati |
| | Yuridik yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalari ta’lim dasturlariga nazorat ostidagilarning ijtimoiy-psixologik portretini o‘rganish bo‘yicha maxsus mavzularni kiritish. | Ta’lim dasturi | 2020-yil iyul | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| | Probatsiya xizmati xodimlarining stajirovkani o‘tash, chet el qonunchiligini o‘rganish maqsadida rivojlangan xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini tashkil etish. | Kompleks | Doimiy ravishda | Ichki ishlar vazirligi |
| | Probatsiya faoliyatiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish. | Chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Ichki ishlar vazirligi |
| | Probatsiya xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan tok-shoular, ijtimoiy roliklar, maxsus ko‘rsatuvlar, maqolalar, chiqishlar va eshittirishlar tashkil etish. | Chora-tadbirlar | Har chorakda | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Xalqaro press-klub, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
2-ILOVA