Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoyishi
Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilarni taqdirlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 25-noyabrdagi “Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini mukofotlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-4056-son Farmoniga muvofiq:
1. Sportning Olimpiya va Paralimpiya, shu jumladan parataekvondo boʻyicha 2019-yil 3 — 8-fevral kunlari Antaliya shahrida (Turkiya), ogʻir atletika boʻyicha 2019-yil 14 — 28-sentabr kunlari Pattayya shahrida (Tailand), parasuzish boʻyicha 2019-yil 16 — 22-sentabr kunlari London shahrida (Buyuk Britaniya), parayengil atletika boʻyicha 2019-yil 7 — 15-noyabr kunlari Dubay shahrida (BAA) boʻlib oʻtgan jahon chempionatlarida muvaffakiyatli ishtirok etgan quyidagi sportchilar:
Norbekov Xusniddin Qilichboyevich — parayengil atletika boʻyicha yadro uloqtirish yoʻnalishida birinchi oʻrinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;
Omonov Bobirjon Zoirjon oʻgʻli — parayengil atletika boʻyicha yadro uloqtirish yoʻnalishida birinchi oʻrinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;
Saliyev Doniyor Nurulla oʻgʻli — parayengil atletika boʻyicha uzunlikka sakrash yoʻnalishida birinchi oʻrinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;
Toshpulatova Shoxsanam Dilshodbek qizi — parasuzish boʻyicha batterflay 100 metr yoʻnalishida birinchi oʻrinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;
Chevarov Bekjon Sirojiddin oʻgʻli — parayengil atletika boʻyicha uzunlikka sakrash yoʻnalishida birinchi oʻrinni (oltin medali) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;
Aslanov Islam Daminovich — parasuzish boʻyicha erkin 50 metr, erkin 100 metr hamda batterflay 100 metr yoʻnalishlarida ikkinchi oʻrinni (kumush medali) egallagani uchun 18 000 AQSh dollari;
Burxonova Safiya Kaimovna — parayengil atletika boʻyicha yadro uloqtirish yoʻnalishida ikkinchi oʻrinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;
Giyasov Timur Muxamatjon oʻgʻli — parayengil atletika boʻyicha balandlikka sakrash yoʻnalishida ikkinchi oʻrinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;
Djurayev Akbar Husnidilla oʻgʻli — ogʻir atletika boʻyicha 109 kg vaznda ikkinchi oʻrinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;
Musabekov Firdavs Ulugʻbek oʻgʻli — parasuzish boʻyicha brass 100 metr yoʻnalishida ikkinchi oʻrinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;
Naimova Guljanoy Abdulla qizi — parataekvondo boʻyicha 58 kg vaznda ikkinchi oʻrinni (kumush medali) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;
Kayumova Nozimaxon Nomonjonovna — parayengil atletika boʻyicha nayza uloqtirish yoʻnalishida uchinchi oʻrinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;
Marasulov Azizjon Azimjon oʻgʻli — parataekvondo boʻyicha 75 kg vaznda uchinchi oʻrinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;
Mirzoxidova Nigoraxon Farxod qizi — parasuzish boʻyicha chalqancha 100 metr yoʻnalishida uchinchi oʻrinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;
Muxtorov Sanjar Toshpoʻlat oʻgʻli — parataekvondo boʻyicha 61 kg vaznda uchinchi oʻrinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;
Nabiyeva Muattar Abdullajon qizi — ogʻir atletika boʻyicha 55 kg vaznda uchinchi oʻrinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;
Sultonov Elbek Ulash oʻgʻli — parayengil atletika boʻyicha yadro uloqtirish yoʻnalishida uchinchi oʻrinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;
Toshpulatova Shoxsanam Dilshodbek qizi — parasuzish boʻyicha erkin 100 metr yoʻnalishida uchinchi oʻrinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;
Tursunxujayev Muzaffar Shuxratillo oʻgʻli — parasuzish boʻyicha erkin 50 metr yoʻnalishida uchinchi oʻrinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari;
Ergashev Adxamjon Abdullajon oʻgʻli — ogʻir atletika boʻyicha 67 kg vaznda uchinchi oʻrinni (bronza medali) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlansinlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu farmoyishning 1-bandida koʻrsatilgan sportchilarni bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishini nazarda tutsin.
3. Mazkur farmoyishning ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev — Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi bilan birgalikda sportchilarga mukofotlarning tantanali ravishda topshirilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Kuchimov hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev — sportchilarni taqdirlash marosimini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish hamda sogʻlom turmush tarzi targʻibotini yanada kuchaytirish va sportni ommalashtirish maqsadida mazkur farmoyishda belgilangan sportchilar haqida telekoʻrsatuvlar ruknini tayyorlash va efirga uzatishni tashkil etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-fevral,
F-5540-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2020-y., 09/20/5540/0152-son)