1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida talabgorlarga fan doktori (DSc) va falsafa doktori (RhD) ilmiy darajalarini berishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan innovatsion hususiyatga ega tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, ilmiy natijalarni amaliyotga tezkor joriy etishning samarali mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishlarini oshirish va ragʻbatlantirish hamda ilmiy faoliyat nufuzini koʻtarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2020-yilning 1-martidan eʼtiboran Oʻzbekiston milliy universiteti bazasida binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil etish va ilmiy darajalarni talabgorlarga mustaqil berish amaliyoti tajriba tariqasida uch yil muddatga joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binar (ikkitalik) dissertatsiya himoyasi tizimi asosida fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi fan doktori (DSc) diplomining davlat namunasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi falsafa doktori (PhD) diplomining davlat namunasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy universiteti tajriba davomida binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil etadi hamda ilmiy darajalarni talabgorlarga mustaqil beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi dissertatsiyalar himoyasi monitoringini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2023-yilning 1-martiga kadar binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida ilmiy darajalar berish tajribasini eʼtiborga olgan holda mazkur tizimni yanada takomillashtirish hamda toʻliq joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.T. Yusupov, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 10-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-fevraldagi 74-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binar (ikkitalik) dissertatsiya himoyasi tizimi asosida fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur nizom binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida ilmiy ishlanma yaratgan falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga (keyingi oʻrinlarda falsafa doktori (PhD) deb ataladi) ega talabgorga fan doktori (DSc) va ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etgan talabgorga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi dissertatsiya himoyasi — muayyan fan tarmogʻi boʻyicha tegishli mavzu yuzasidan bitta dissertatsiya doirasida innovatsion xususiyatga ega boʻlgan ilmiy yangiliklar olingan va ularning amaliyotga joriy etilishi salmoqli samara bergan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajaga ega talabgorga fan doktori (DSc) va ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etgan talabgorga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish amaliyoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida tayyorlangan dissertatsiya — oʻrnatilgan tartibda dissertatsiya mavzusi tasdiqlanib, nazariy tadqiqotlar va ilmiy natijalarini amaliyotga joriy qilish jarayoni ikki nafar izlanuvchi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan, tadqiqotning mazmun-mohiyati belgilangan talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida nazariy ilmiy yangiliklari tizimli ravishda asoslangan (fan doktori (DSc) uchun) va innovatsion ilmiy yangiliklari amaliyotga maqsudli joriy etilgan (falsafa doktori (PhD) uchun) qoʻlyozma huquqiga ega boʻlgan ilmiy asar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya tayyorlash, uni himoya qilish va talabgorlarni tegishli ravishda fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarida tasdiqlash oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va ularni attestatsiyadan oʻtkazishga oid normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida tayyorlangan dissertatsiya quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan fan tarmogʻi boʻyicha bitta dissertatsiya ikki nafar, jumladan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega talabgor va ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxs tomonidan tayyorlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqotning ilmiy natijalari boʻyicha ixtiroga patentlar yoki seleksiya yutuqlari olinib, ularning amaliyotga joriy etilishi va salmoqli samara olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy natijalar amaliyotga joriy qilingan tashkilot tomonidan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgorning ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishdagi alohida xizmatlari va joriy etishdan olingan (kutilayotgan) salmoqli samarasi yuzasidan xulosa (dalolatnoma) berilgan boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida ilmiy darajalarga talabgorlar oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va ularni attestatsiyadan oʻtkazishga oid normativ-hujjatlarda tegishli ravishda fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari boʻyicha belgilangan tegishli talablarni bajargan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida tayyorlangan dissertatsiya yuzasidan oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi seminari, shuningdek, himoyasi natijasiga koʻra talabgorlarga tegishli ravishda fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish (bermaslik) toʻgʻrisida yagona qaror qabul qilinadi va mazkur qaror talabgorlarga nisbatan teng qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil etish va ilmiy darajalarni mustaqil holda talabgorlarga berish vakolati Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetiga (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Izlanuvchilar tadqiqot olib borayotgan oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi (keyingi oʻrinlarda muassasa deb ataladi) kengashida dissertatsiya mavzusi va ilmiy maslahatchisi tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida fan doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor oʻz dissertatsiyasining ilmiy natijalarini amaliyotga tatbiq etadigan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish boʻyicha izlanuvchiga ilmiy rahbar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida tayyorlanadigan dissertatsiya boʻyicha ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etib, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun talabgorlar oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning mustaqil izlanuvchilik institutiga qabul qilinadi. Oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqda ilmiy ish binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida tashkil etilayotganligi ham koʻrsatiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binar (ikkitalik) himoya tizimida tadqiqotchilarning shaxsiy reja va nazariy-metodologik dastur har ikkala tadqiqotchi uchun alohida ishlab chiqiladi, belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda monitoring qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Dissertatsiya mavzusi va ilmiy maslahatchisi tasdiqlanganidan soʻng Universitet kengashiga dissertatsiya mavzusini, izlanuvchilarni va ilmiy maslahatchini roʻyxatga olish uchun yoʻllanma xat bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Muassasa taqdim etgan hujjatlar Universitet kengashida muhokama qilinib, dissertatsiya mavzusi, izlanuvchilar va ilmiy maslahatchi roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Dissertatsiya yakunlanganidan keyin ish bajarilgan muassasa oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Universitet huzurida faoliyat koʻrsatayotgan Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga murojaat etadi. Murojaatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dissertatsiya himoyasini tashkil qilish haqida murojaat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
izlanuvchilar toʻgʻrisidagi obyektiv-maʼlumotnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
izlanuvchilarning oliy taʼlim muassasasini bitirganligi toʻgʻrisidagi diplomlari nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomining nusxasi (fan doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslik boʻyicha malakaviy imtihonni topshirganligi haqidagi guvohnoma (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dissertatsiya bajarilgan muassasaning xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dissertatsiya muhokama qilingan tashkilotlar xulosalari (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
izlanuvchilarning dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan tasdiqlangan ilmiy ishlari roʻyxati, asosiy ilmiy ishlari nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy maslahatchining taqrizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor uchun falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi dissertatsiyasi avtoreferati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy natijalar amaliyotga joriy qilingan tashkilot tomonidan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgorning ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishdagi alohida xizmatlari va joriy etishdan olingan (kutilayotgan) salmoqli samarasi yuzasidan xulosasi va dalolatnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati. Bunda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotiga qoʻyilgan talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda Universitetda dissertatsiya ixtisosligi boʻyicha Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash boʻlmasa, u holda dissertatsiya bajarilgan muassasaning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda OAK deb ataladi) murojaati asosida OAK va Universitet kengashining qoʻshma qarori bilan bir martalik Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuziladi va dissertatsiya himoyasi belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Dissertatsiyaning himoyasi asosida Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash talabgorlarni tegishli ilmiy darajalarda tasdiqlash boʻyicha qaror qabul qiladi va qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida attestatsiya ishini Universitet kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Universitet kengashida Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi mazkur attestatsiya ishi boʻyicha axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet kengashi majlisida ilmiy natijalar joriy qilingan tashkilot rahbari (rahbar oʻrinbosari) va vakillari ishtirok etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet kengashiga ekspert sifatida boshqa tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ilmiy darajaga ega boʻlgan mutaxassislar jalb etilishi va uning majlisida boshqa shaxslar ham ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisining dissertatsiya boʻyicha axboroti muhokamasi natijasiga koʻra Universitet kengashining qarori bilan talabgorlarga tegishli ravishda ilmiy darajalar berish Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashning qarori tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Universitet kengashi qarori bilan binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarida tasdiqlanganlarga davlat namunasidagi diplomlar uch ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari toʻgʻrisidagi diplomlar Universitet rektori va Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash belgilangan tartibda ilmiy darajalari tasdiqlangan talabgorlarning attestatsiya ishini elektron hujjat aylanish tizimi orqali OAKga monitoring qilish va saqlov uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Universitet har yil yakuni boʻyicha 10-yanvar kuniga qadar ilmiy darajalari tasdiqlangan talabgorlarning dissertatsiya himoyalari va ularning natijalari yuzasidan OAKga maʼlumotnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya ishlarining monitoringi natijalari OAK Rayosatida koʻrib chiqilib, ularning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga qanchalik muvofiqligi yuzasidan tegishli qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya ishlarining monitoringi natijalari boʻyicha OAK Rayosati tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan asos va tartibda ilmiy darajadan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishi mumkin.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/4-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida ilmiy darajalarda tasdiqlangan shaxslar oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya himoyasini tashkil etishdagi kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlari asosida hal etiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) diplomlarini tayyorlash, roʻyxatdan oʻtkazish va ularning hisobini yuritish belgilangan tartibda OAK tomonidan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarida tasdiqlanganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jumladan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgorning ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishdagi alohida xizmatlari OAK veb-sayti va “OAK Byulleteni” jurnalida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-fevraldagi 74-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi Fan doktori (DSc) diplomining davlat namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI NATIONAL UNIVERSITY OF UZBEKISTAN NAMED AFTER MIRZO ULUGBEK Ministry of Higher and Secondary Specialized Education of the Republic of Uzbekistan
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek based on the decision of the scientific council established on the binary system hereby confers the scientifie degree of
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida tashkil etilgan ilmiy kengashning qaroriga binoan
Chairperson of the Scientific Council awarding scientific degrees
Rektor
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi
T a sh k e n t
Reg. №
To sh k e n t
Qaydnona
PIN
00000000000000
ShIR
00000000000000
Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi fan doktori diplomi
Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi fan doktori diplomi yashil-havorang rangli maxsus qogʻozda tayyorlangan va 135 x 105 mm oʻlchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli koʻk rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida oʻzbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida koʻk harflar bilan quyidagilar yozilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI NATIONAL UNIVERSITY OF UZBEKISTAN NAMED AFTER MIRZO ULUGBEK Ministry of Higher and Secondary Specialized Education of the Republic of Uzbekistan
Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli rakamlarda bosilgan. Blanka ichki betining oʻng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sarik fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Oʻzbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan. Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi. Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega: 1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish: asosiy qismi — ofset usulida, raqamlari — yuqori bosma usulida bosiladi; 2) koʻpaytirish texnikasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtiradigan och tusli boʻyoqlardan foydalanish; 3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish; 4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil boʻlishi; 5) maxsus qogʻozdan foydalanish; 6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri; 7) oltita shakllarda oʻzgaradigan rakamlardan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-fevraldagi 74-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi falsafa doktori (PhD) diplomining davlat namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI NATIONAL UNIVERSITY OF UZBEKISTAN NAMED AFTER MIRZO ULUGBEK Ministry of Higher and Secondary Specialized Education of the Republic of Uzbekistan
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek based on the decision of the scientific council established on the binary system hereby hereby confers the scientifie degree of
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida tashkil etilgan ilmiy kengashning qaroriga binoan
Chairperson of the Scientific Council awarding scientific degrees
Rektor
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi
T a sh k e n t
Reg. №
To sh k e n t
Qaydnona
PIN
00000000000000
ShIR
00000000000000
Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi falsafa doktori diplomi
Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi falsafa doktori diplomi yashil-havorang rangli maxsus qogʻozda tayyorlangan va 135 x 105 mm oʻlchamga ega. Blanka yuza tomonining yuqori qismidagi 26 mm va 24 mm diametrli koʻk rangli konsentrik aylanalarda 20 mm diametrli rangli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Pastki qismida oʻzbek tilida lotin shriftida va ingliz tilida koʻk harflar bilan quyidagilar yozilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI NATIONAL UNIVERSITY OF UZBEKISTAN NAMED AFTER MIRZO ULUGBEK Ministry of Higher and Secondary Specialized Education of the Republic of Uzbekistan
Blanka ichki betining chap tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sariq fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Ingliz tilidagi matn qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli rakamlarda bosilgan. Blanka ichki betining oʻng tomoni markazida 70 mm diametrli fonli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Oʻrtasi boʻylab toʻq sarik fonli polosa oʻtgan. Ikkala bet ham 1,5 x 1,5 mm va 2 x 2 mm oʻlchamli rastrli setkalardan iborat boʻladi. Oʻzbek tilidagi matn lotin shriftida qora rangli harflarda, diplomning tartib raqami esa — qizil rangli raqamlarda bosilgan. Diplomning ikkala betiga ham diplom seriyasining ikkita belgili raqamlari va diplom tartib raqamining oltita belgili raqamlari bosiladi. Diplom himoyalashning 7 ta darajasiga ega: 1) ikkita bosma metodlaridan foydalanish: asosiy qismi — ofset usulida, raqamlari — yuqori bosma usulida bosiladi; 2) koʻpaytirish texnikasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtiradigan och tusli boʻyoqlardan foydalanish; 3) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish; 4) turli shakldagi rastrli setkalardan foydalanish natijasida yangi ranglar hosil boʻlishi; 5) maxsus qogʻozdan foydalanish; 6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri; 7) oltita shakllarda oʻzgaradigan rakamlardan foydalanish.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 09/20/74/0143-son; 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)