1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda qonunchilik talablariga muvofiqlik nazorat qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Internet jahon axborot tarmogʻida Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimini ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori N.S. Turaxodjayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 8-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi 71-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestri toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Shaxsga doir maʼlumotlar bazalari davlat reyestrini (keyingi oʻrinlarda Davlat reyestri deb ataladi) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat reyestri shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini roʻyxatga olish va hisobini tizimlashtirish hamda shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish jarayonida qonun hujjatlari talablariga muvofiqlikni nazorat qilish maqsadida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar subyekti (keyingi oʻrinlarda subyekt deb ataladi) — shaxsga doir maʼlumotlar oʻziga taalluqli boʻlgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar bazasi — tarkibida shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimi tarzidagi maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori (keyingi oʻrinlarda mulkdor deb ataladi) — shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining operatori (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) — shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat reyestri — mulkdor va (yoki) operator tomonidan ariza berish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining Davlat reyestridagi qayd raqami (keyingi oʻrinlarda qayd raqami deb ataladi) — mulkdor va (yoki) operator tomonidan ariza berish orqali xabardor qilish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazasining Davlat reyestridagi qayd etilgan raqami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shaxsga doir maʼlumotlar bazalari mulkdor va (yoki) operator tomonidan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Nizom talablari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs tomonidan shaxsga doir maʼlumotlarga shaxsiy, maishiy maqsadlarda va oʻz kasbiy yoki tijorat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda ishlov berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy arxiv fondi hujjatlarini va shaxsga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boshqa arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sirlarini tashkil etadigan maʼlumotlar jumlasiga kiritilgan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv, razvedka va kontrrazvedka faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni saqlash jarayonida, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish doirasida olingan shaxsga doir maʼlumotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz tarkibida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat birlashmasining yoki diniy tashkilotning ishtirokchilariga (aʼzolariga) taalluqli boʻlgan hamda tegishligicha jamoat birlashmasi yoki diniy tashkilot tomonidan ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlar, ularni uchinchi shaxslarga tarqatmaslik yoki oshkor etmaslik sharti bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin qilib qoʻyilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektlarning faqat familiyasini, ismini va otasining ismini oʻz ichiga olgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning mulkdor va (yoki) operator turgan hududga bir martalik kirishi uchun yoki boshqa shunga oʻxshash maqsadlar uchun zarur boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan davlat axborot tizimlari maqomiga ega boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarning axborot tizimlariga kiritilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmagan holda ishlov beriladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalari roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish, avval kiritilgan maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritish hamda Davlat reyestridan chiqarishda toʻlovlar undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat reyestrini shakllantirish va yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi (keyingi oʻrinlarda Davlat personallashtirish markazi deb ataladi) Davlat reyestrini shakllantiradi, yuritadi va undagi axborotning yaxlitligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat reyestrini shakllantirish va yuritish Davlat personallashtirish markazi tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda Davlat reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimi vositasida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat reyestrini yuritish axborot tizimidan foydalanish, shu jumladan, ariza berish uchun tizimga kirish “Elektron hukumat” foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (id.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat reyestrini yuritish axborot tizimi vositasida quyidagi xizmatlarni Internet jahon axborot tarmogʻi orqali koʻrsatish imkoniyati yaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish, avval kiritilgan maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritish hamda Davlat reyestridan chiqarish boʻyicha ariza berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining qayd raqami orqali uning Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtganligi holatini tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mulkdor va (yoki) operator tomonidan shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi ariza Internet jahon axborot tarmogʻi orqali Davlat reyestrini yuritish axborot tizimi vositasida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq shakllantiriladi va Davlat personallashtirish markaziga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operatorning xohishiga koʻra ariza qogʻoz shaklida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mulkdor va (yoki) operator tomonidan ariza shakllantirilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Mulkdor va (yoki) operator arizani soʻralayotgan maʼlumotlarni kiritish va Davlat reyestrini yuritish axborot tizimi tomonidan umumiy maʼlumotnomadan taklif etilayotgan maʼlumotlarni tanlash yoʻli bilan shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza tarkibidagi davlat axborot resurslarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar, ariza beruvchining “Elektron hukumat” foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (id.gov.uz)dan olingan haqqoniy shaxsiy maʼlumotlarini inobatga olgan holda Davlat reyestrini yuritish axborot tizimi tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish yoki Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish boʻyicha qaror Davlat personallashtirish markazi tomonidan ariza berilgan kundan boshlab oʻn besh kun mobaynida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha qabul qilingan qaror asosida Davlat personallashtirish markazi masʼul xodimi Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida takrorlanmaydigan qayd raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan sana shaxsga doir maʼlumotlar bazasi Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma Davlat reyestrini yuritish axborot tizimi vositasida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakllantiriladi hamda ushbu guvohnoma Davlat personallashtirish markazi tomonidan mulkdor va (yoki) operatorning elektron pochta manziliga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat personallashtirish markazi tomonidan guvohnomaning elektron nusxasini mulkdor va (yoki) operatorning Davlat reyestrini yuritish axborot tizimidagi “shaxsiy kabineti” orqali yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat personallashtirish markazi mulkdor va (yoki) operatordan shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligini taʼminlash maqsadida qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan maʼlumotlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir maʼlumotlar bazasining Davlat reyestri roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish boʻyicha qabul qilingan qarorni Davlat reyestrini yuritish axborot tizimi vositasida mulkdor va (yoki) operatorning elektron pochta manziliga yoki yashash manziliga (ariza qogʻoz shaklida berilganda) yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestri roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish rad etish asoslari bartaraf etilishi sharti bilan ushbu maʼlumotlar bazasini Davlat reyestri roʻyxatidan oʻtkazish uchun qaytadan ariza topshirishga toʻsiq boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazasi boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarida oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzaga kelgan taqdirda, mulkdor va (yoki) operator tomonidan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali Davlat reyestrini yuritish axborot tizimi vositasida elektron koʻrinishdagi xabarnomani ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzaga kelgan sanadan boshlab oʻn kun mobaynida yuborilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Davlat personallashtirish markazi mulkdor va (yoki) operator tomonidan yuborilgan xabarnomaga muvofiq Davlat reyestrida avval kiritilgan maʼlumotlarga xabarnoma tushgan kundan boshlab besh kun mobaynida tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat reyestriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shaxsga doir maʼlumotlar bazasining Davlat reyestridagi qayd raqamini oʻzgartirmagan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestridan chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestridan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestridan chiqarish boʻyicha mulkdor va (yoki) operatorning arizasiga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdor va (yoki) operatorning faoliyati tugatilganda yoki toʻxtatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada koʻrsatilgan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish yoki tugatish muddati kelganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning mulkdor va (yoki) operatorning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori asosida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mulkdor va (yoki) operator tomonidan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish tugatilganda, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali Davlat reyestrini yuritish axborot tizimi vositasida Davlat personallashtirish markaziga elektron koʻrinishdagi xabarnoma shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish toʻxtatilgan sanadan boshlab oʻn kun ichida yuborilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi Davlat reyestridan chiqarilgandan soʻng keyinchalik uning qayd raqami ishlatilmaydi, avval berilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazasi Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Davlat reyestri maʼlumotlari yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operatorning shaxsga doir maʼlumotlari bazasi Davlat reyestri roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlarni olish ushbu maʼlumotlar bazasining qayd raqamini Davlat reyestrini yuritish axborot tizimiga kiritish orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ariza beruvchilar shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishda Davlat personallashtirish markaziga taqdim etilgan maʼlumotlarning notoʻgʻri yoki noaniq koʻrsatilganligi uchun javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat personallashtirish markazining shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish harakati yoki harakatsizligi ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda mulkdor va (yoki) operator tomonidan yuqori turuvchi davlat organi yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasimulkdori va (yoki) operatori
1. Nizomda keltirilgan namunaga asosan maʼlumotlarni koʻrsatgan holda ariza tayyorlaydi.
2. Davlat personallashtirish markaziga arizani axborot tizimi vositasida Internet jahon axborot tarmogʻi orqali elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida taqdim etadi.
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi shakllangan vaqtda
-
2-bosqich
Davlat personallashtirish markazi
1. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori va (yoki) operatori tomonidan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan taqdim etilgan arizalarni qabul qiladi.
2. Arizada talab etilgan maʼlumotlarning toʻliq hajmda taqdim etilganligini tekshiradi.
3. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish yoki rad etish boʻyicha qaror qabul qiladi.
4. Quyidagilarni:
a) Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilinganda — shaxsga doir maʼlumotlar bazasi Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomani;
b) Davlat reyestri roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish boʻyicha qaror qabul qilinganda — rad etish boʻyicha qabul qilingan qarorni ariza beruvchiga yuboradi.
15 kun
3-bosqich
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasimulkdori va (yoki) operatori
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarida yuzaga kelgan oʻzgarish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi xabarnomani Davlat personallashtirish markaziga yuboradi.
Oʻzgarish va qoʻshimchalar yuzaga kelgan kundan boshlab 10 kun mobaynida
-
4-bosqich
Davlat personallashtirish markazi
Xabarnomaga muvofiq Davlat reyestrida avval kiritilgan maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operator tomonidan shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Shaxsga doir maʼlumotlar bazalari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi ARIZA
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Shaxsga doir maʼlumotlar bazalari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻrayman: I. Umumiy maʼlumotlar 1-1. □ Jismoniy shaxs; 1-2. □ Yuridik shaxs; Izoh: bitta tegishli katakni belgilash yoʻli bilan toʻldiriladi. II. Mulkdor va (yoki) operator haqida maʼlumotlar 2-1. Mulkdor va (yoki) operatorning nomi: _________________________________________________________ 2-2. Mulkdor va (yoki) operator rahbarining F.I.Sh.: _________________________________________________ 2-3. Mulkdor va (yoki) operatorning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR): _____________________ 2-4. Mulkdor va (yoki) operatorning guvohnoma raqami: _______________________________________________ 2-5. Mulkdor va (yoki) operatorning telefon va faks raqami: __________________________________________ 2-6. Mulkdor va (yoki) operatorning elektron pochta manzili: __________________________________________ 2-7. Mulkdor va (yoki) operatorning manzili: _______________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ III. Mulkdor va (yoki) operatorning maʼlumotlar bazasi haqida maʼlumotlar 3-1. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining nomi: ____________________________________________________ 3-2. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasida maʼlumotlarni qayta ishlash boshlangan sana: ______________________ 3-3. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasida maʼlumotlarni qayta ishlashni tugatish muddati yoki sharti: __________ 3-4. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining koʻrinishi (elektron shaklda, qogʻozda va boshqa): __________________ 3-5. Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashning maqsadi: ___________________________________________ 3-6. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi masofadan boshqariladimi? _____________________________________ 3-7. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan maʼlumotlar shu mulkdor va (yoki) operatorning oʻziga tegishlimi? _________________________________________________________________________________ 3-8. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasida yigʻilayotgan maʼlumotlar subyektidan ruxsat olinganmi? ___________ 3-9. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish jarayonida shaxsiy maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish mavjudmi? _________________________________________________________________________________ 3-10. Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash uchun javobgar shaxsning ism familiyasi va lavozimi: ________ ___________________________________________________________________________________________ 3-11. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasida qayta ishlanuvchi shaxsga doir maʼlumotlar roʻyxati: