Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 07.02.2020 yildagi 64-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Maxkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuniga (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq 2020-yil 1-mayga qadar Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda Qonun normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment (keyingi o‘rinlarda huquqiy eksperiment deb ataladi) o‘tkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar tarkibi 2, 2a, 2b, 2v-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar huquqiy eksperimentning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun normalarini hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda qonuniylik va ixtiyoriylikni ta’minlashga qaratilgan boshqarishning tartib-taomillari samaradorligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning normalarini takomillashtirish va uni samarali qo‘llash mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarni boshqarishning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan ko‘p kvartirali uylardan va ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalaridan foydalanish hamda ularni saqlash bo‘yicha tizimli ishlarni samarali tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish usullarining sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari rahbarlarining professional faoliyatining turli mexanizmlarini amalda sinab ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va aholini biznes bilan shug‘ullanishga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda huquqiy eksperiment samarali o‘tkazilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy ishchi guruhlarga yuklangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan natijalarni tanqidiy muhokama qilib borish va mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 15-mayga qadar huquqiy eksperiment natijasi yuzasidan Qonun normalarini respublikaning boshqa hududlarida qo‘llash yoki Qonun normalarini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hududiy ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun normalarini amalga oshirishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilishini hamda qo‘llanilayotgan huquqiy mexanizmlarning joriy holatini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarning joylashuvi xaritasini ishlab chiqish, har bir ko‘p kvartirali uyni pasportlashtirish, ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarini belgilash choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylardagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlari (keyingi o‘rinlarda joylarning mulkdorlari deb ataladi) tomonidan tashkil etilgan umumiy yig‘ilishlarda uy-joylar mulkdorlari shirkati (keyingi o‘rinlarda shirkat deb ataladi) faoliyatini davom ettirish yoki boshqa boshqaruv usulini tanlash, vakant bo‘lib turgan shirkatlarga boshqaruv raislarini saylash bo‘yicha tegishli maslahatlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash, shuningdek, avariya-tiklash ishlarini bajarish bo‘yicha ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining avariya-tiklash xizmati tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarini yanada yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini shakllantirishga qaratilgan ishlarni tizimli ravishda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining rahbar va xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Toshkent shahar, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda shirkatlar bilan birgalikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishtirokida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasini isloh qilish, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish maqsadida joylarning mulkdorlari bilan yig‘ilishlar o‘tkazilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruvchi tashkilotlarni tashkil etishda, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda (qaytarish asosida mablag‘lar ajratish) amaliy yordam ko‘rsatsin hamda ularning faoliyatini tahlil qilish va eng yaxshi tajribani ommalashtirish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyati masalalari bo‘yicha tuman (shahar) uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limlarida aholi uchun maslahat punktlari tashkil etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahar, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkasi bo‘yicha joylarning mulkdorlariga ulardan doimiy foydalanish huquqi asosida zarur hujjatlar berilishini, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga faoliyat yuritishi uchun zarur bino va inshootlar ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huquqiy eksperiment o‘tkazish davrida Qonun bilan belgilangan boshqarish usuli orqali ko‘p kvartirali uylarni boshqarishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning salbiy oqibatlari to‘g‘risidagi tahliliy natijalar har oy yakuniga ko‘ra keyingi oyning beshinchi kuniga qadar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining huquqiy eksperiment o‘tkazish davrida “Eng yaxshi boshqaruvchi” tanlovlarini tashkil etish, ularning natijalarini hamda eng yaxshi boshqaruvchining ish tajribasini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab ko‘yilsinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan qoidalarni qo‘llash to‘g‘risidagi tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev, Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev, Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev va Farg‘ona viloyati hokimi Sh.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 7-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 64-son qaroriga
1-ILOVA

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINChALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment (keyingi o‘rinlarda huquqiy eksperiment deb ataladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Huquqiy eksperiment davrida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarida belgilangan tartib-taomillarning muddatlari ushbu Vaqtinchalik nizomda qisqartirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Vaqtinchalik nizomning amal qilishi ko‘p kvartirali uyning mulkdori bitta yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lganda tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli ko‘p kvartirali uylardagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlari (keyingi o‘rinlarda joylarning mulkdorlari deb ataladi)ning umumiy yig‘ilishida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs bo‘lgan boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoki jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) bo‘lgan boshqaruvchi (keyingi o‘rinlarda boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi deb ataladi) tomonidan shartnoma asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitta yoki zich joylashgan bir nechta ko‘p kvartirali uyda turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlarini birlashtiruvchi uy-joy mulkdorlari shirkati bo‘lgan notijorat tashkilot (keyingi o‘rinlarda shirkat deb ataladi) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Joylarning mulkdorlari umumiy yig‘ilishi ko‘p kvartirali uyning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har yilgi umumiy yig‘ilish kalendar yil tugaganidan keyin o‘ttiz kundan kechiktirmay chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish ko‘p kvartirali uyni boshqarish organining tashabbusi bilan yoki joylarning mulkdorlarini kamida o‘n foizining tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Joylarning mulkdorlari umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan joy, sana, vaqt va uning kun tartibi to‘g‘risida xabardor qilish yig‘ilish tashabbuskorlari tomonidan umumiy yig‘ilish o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Joylarning mulkdorlarini umumiy yig‘ilishni o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish tegishli e’lonni uylarning har bir kirish yo‘lagiga ilib qo‘yish yoki e’lonni mulkdorlarga imzo qo‘ydirib topshirish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Joylarning mulkdorlari bo‘lgan yuridik shaxslarni xabardor qilish tegishli xabarni buyurtma xat bilan yuridik manzilga yuborish, elektron xabar qilish yoki xabarni vakolatli vakilga imzo qo‘ydirib topshirish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish fuqarolar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ko‘p kvartirali uy bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan boshqarilganda umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash bo‘yicha uy-joy-kommunal sohasidagi tashkilotlar bilan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnoma joylarning mulkdorlari umumiy yig‘ilishining qarori asosida ko‘p kvartirali uy kengashining raisi tomonidan tuziladi. Bunda uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda ko‘p kvartirali uyning mulkdorlari nomidan joylarning mulkdorlari umumiy yig‘ilishi vakolat bergan bir yoki bir necha joy mulkdori ishtirok etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Joylarning mulkdorlari ko‘p kvartirali uy foydalanishga qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy muddatda umumiy yig‘ilishda ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Bunday qaror qabul qilinguniga qadar mulkdorlar umumiy mol-mulkni saqlash bilan bog‘liq majburiyatlar yuzasidan solidar javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun tanlov o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan muddat mobaynida joylarning mulkdorlari tomonidan ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli to‘g‘risidagi masala hal etilmagan bo‘lsa yoki ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash to‘g‘risida qabul qilingan qaror amalga oshirilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy bo‘linmasi (keyingi o‘rinlarda vakolatli davlat organi deb ataladi) ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha bir oylik muddatda ochiq tanlov o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun ochiq tanlov ushbu Vaqtinchalik nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli davlat organi boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi axborotni ikki kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Umumiy mol-mulkni boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash uchun tanlov asosida yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish umumiy yig‘ilish qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun ochiq tanlov quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda ishtirok etish uchun teng sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halol raqobat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi axborotni olish erkinligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vakolatli davlat organi tanlov to‘g‘risida e’lon qilingan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay tanlov komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, uning tarkibi va ish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tanlov komissiyasi tarkibi kamida yetti kishidan iborat bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov komissiyasi tarkibiga mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, vakolatli davlat organi vakillari va joylarning mulkdorlari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlov komissiyasi, agar unda komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlov komissiyasini o‘tkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, yangi majlis o‘tkaziladigan sana e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov komissiyasining qarori u qabul qilingan kunda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov hujjatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uyning kadastr pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uy umumiy mulkining holati to‘g‘risidagi dalolatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasining loyihasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Talabgor tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga axborot joylashtirilgandan keyin vakolatli davlat organiga o‘n besh kun muddatda elektron yoki qog‘oz shaklida buyurtma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtma quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili va joylashgan joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank rekvizitlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Buyurtma tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha elektron tarzda yoki talabgorning hoxishiga ko‘ra qog‘oz shaklida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tanlovda qatnashish uchun tushgan har bir elektron va qog‘oz shaklidagi buyurtma ro‘yxatga olinadi va talabgorning talabi bilan buyurtmani olganlik to‘g‘risida tilxat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Agar tanlovda ishtirok etish uchun birorta ham buyurtma tushmasa, tanlov komissiyasi buyurtma berishning tugagan muddatidan boshlab besh kun mobaynida umumiy tartibda qayta ochiq tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tanlov komissiyasi besh kun muddatda talabgorlar tomonidan berilgan takliflarni baholash uchun navbatma-navbat ko‘rib chiqadi va natijalar asosida g‘olibni aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takliflarni ko‘rib chiqish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Takliflarni ko‘rib chiqish bayonnomasida quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar takliflari ko‘rib chiqilgan joy va sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hozir bo‘lgan tanlov komissiyasi a’zolarining va talabgor yoki uning vakillari tarkibi haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarning takliflarini rad etishning aniq sabablari haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov g‘olibi to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov g‘olibining nomi (yuridik shaxs uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi (yakka tartibdagi tadbikor uchun), yashash joyi (pochta manzili).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi tanlov komissiyasida ishtirok etgan a’zolar tomonidan imzolanadi hamda undan olingan ko‘chirma u imzolangan kundan e’tiboran ikki kun ichida vakolatli davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Talabgor takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi e’lon qilinganidan so‘ng vakolatli organga tanlov natijalari bo‘yicha tushuntirishlarni taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli. Vakolatli davlat organi bunday so‘rov tushgan sanadan e’tiboran uch kun ichida talabgorga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Boshkaruv tashkilotini yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlovni o‘tkazish xarajatlari vakolatli davlat organi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish shartnomasi besh kun mobaynida tanlov g‘olibi bo‘lgan boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish shartnomasi kamida bir yil va ko‘pi bilan besh yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi bo‘yicha boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi joylarning mulkdorlari topshirig‘iga ko‘ra umumiy mol-mulkni boshqarish, lozim darajada saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash bo‘yicha kelishilgan muddat ichida haq evaziga xizmatlar ko‘rsatish va (yoki) ishlarni bajarish, ko‘p kvartirali uyni boshqarish maqsadiga erishishga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ko‘p kvartirali uylarni saqlash uchun zarur bo‘lgan xizmatlar va ishlarning minimal ro‘yxatini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ko‘p kvartirali uylarni talab darajasida saqlash uchun zarur xizmatlar va ishlarning minimal ro‘yxati boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi va shirkat tomonidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Har bir ko‘p kvartirali uyga taalluqli xizmatlar va ishlar ro‘yxati quyidagilarni inobatga olgan holda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uyning tuzilmaviy elementlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’molchilarga ichki muhandislik tizimlari orqali kerak bo‘ladigan kommunal xizmatlar ta’minlanishi mumkin bo‘lgan ichki muhandislik tizimlarining mavjudligi va tarkibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uyga xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, ushbu uyni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish elementlari va ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uy joylashuvida geodezik va tabiiy iqlim sharoiti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Xizmatlar va ishlar ro‘yxatida nazarda tutilgan xizmatlarning taqdim etilishini va ishlarning bajarilishini ta’minlash uchun ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar, boshqaruvchi va shirkat quyidagi majburiyatlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariya-tiklash xizmatini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda ko‘p kvartirali uyning texnik hujjatlarini saqlash va olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uyni saqlash va ta’mirlash uchun rejalashtirilgan joriy va mukammal ta’mirlash bo‘yicha takliflarni amalga oshirish hamda ularni vakolatli organ e’tiboriga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy binolarini saqlash va ta’mirlashga mo‘ljallangan to‘lovlarni yig‘ish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi tomonidan boshqarilganda, ular tomonidan quyidagi ma’lumotlar oshkor qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshkaruvchi tashkilot va boshqaruvchining ma’muriy binosida kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruvchi tashkilot nomi va boshqaruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqamlari va elektron pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchining ish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zgarishlar yuz berganda, ushbu ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida oshkor kilinishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ko‘p kvartirali uyning barcha kirish joylarida yoki ko‘p kvartirali uy joylashgan yer uchastkasida joylashgan e’lonlar taxtasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari boshqaruvchi tashkilot mansabdor shaxslari va boshqaruvchining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan attestatsiyadan o‘tkazilganligi hamda ularga ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun malaka sertifikati berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qilinadigan ishlar, asbob-uskunalarni tekshirish, ta’mirlash ishlari, joylarning mulkdorlariga va foydalanuvchilarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa tadbirlar haqida xabar berish yoki bunday tadbirlarni o‘tkazish vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

O‘zgarishlar yuz berganda, ushbu ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida oshkor kilinishi kerak.

41. Agar ko‘p kvartirali uyni boshqarish shirkat tomonidan amalga oshirilsa, ular quyidagi ma’lumotlarni oshkor qilishlari kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ko‘p qavatli uyning barcha kirish joylarida yoki ko‘p kavatli uy joylashgan yer uchastkasida joylashgan e’lonlar taxtasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqamlari, elektron pochta manzili va ish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv raislari Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan attestatsiyadan o‘tkazilganligi hamda ularga ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun malaka sertifikati berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qilinadigan ishlar, asbob-uskunalarni tekshirish, ta’mirlash ishlari, joylarning mulkdorlariga va foydalanuvchilarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa tadbirlar haqida xabar berish yoki bunday tadbirlarni o‘tkazish vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zgarishlar yuz berganda, ushbu ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida oshkor kilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi va shirkat joylarning mulkdorlari va ijarachilarga oshkor qilinadigan axborotlarning saqlanishini ta’minlaydilar, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan axborotlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi va shirkat joylarning mulkdorlari va ijarachilar tomonidan ushbu Vaqtinchalik nizomning 40 va 41-bandlarida nazarda tutilgan axborotlar bo‘yicha so‘rov tushganida besh ish kuni mobaynida taqdim etilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Avariya-tiklash xizmatini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi va shirkat ko‘p kvartirali uylarda avariya-tiklash xizmati faoliyatini bevosita yoki avariya-tiklash xizmati faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot (keyingi o‘rinlarda avariya-tiklash xizmati deb ataladi) bilan shartnoma tuzish orqali tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Avariya-tiklash xizmati ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalanishdagi muhandislik tizimlarining ishlarini har kuni (joriy) nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Joylarning mulkdorlari va ijarachilarning uy ichidagi muhandislik tizimlarining shikastlanganligi to‘g‘risidagi arizalarini ro‘yxatga oladi va ularning bartaraf etilishini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar yoki ularning yuzaga kelishi xavfi paydo bo‘lgan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun belgilangan tartibda tezkor choralar ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

47. Avariya-tiklash xizmatining faoliyati mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq smenalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(47-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhandislik asbob-uskunalari ishini uzluksiz nazorat qilish natijasida olingan ma’lumotlar avariya-tiklash xizmati tomonidan tegishli jurnallarda, shu jumladan, elektron hujjatlar shaklida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Avariya-tiklash xizmati kuyidagilarni ta’minlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarda suv chiqarish va chiqindi suv o‘tkazgichlarning ichki muhandislik tizimidagi to‘siqlarni darxol bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sovuq va issiq suv ta’minoti, suv chiqarish va ichki isitish va elektr ta’minoti tizimlarining ichki muhandislik tizimlaridagi avariya oqibatida vujudga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Joylarning mulkdorlari va ijarachilar boshqaruvchi tashkilotga, boshqaruvchiga va shirkatga avariya-tiklash xizmatini amalga oshirish uchun bino uchun texnik hujjatlar to‘plamini taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Avariya-tiklash xizmati joylarning mulkdorlari va ijarachilarning arizalarini qabul qiladi va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Arizalar avariya-tiklash xizmatiga, shu jumladan, telefon aloqasi orqali, ko‘p kvartirali uylar va lift kabinalarining kirish joylarida o‘rnatiladigan muzokara qurilmalari yoki boshqa aloqa vositalari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Arizalarni ro‘yxatga olish ko‘p kvartirali uylarda yoki bunday arizalarni avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimida (agar mavjud bo‘lsa) joylarning mulkdorlari va ijarachilarning arizalari jurnalida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Avariya-tiklash xizmati jurnallari saqlanishi hamda joylarning mulkdorlari va ijarachilarning talabi bilan tanishtirilishi ta’minlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Ko‘p kvartirali uyga texnik hujjatlarni va bunday ko‘p kvartirali uyni boshkarish bilan bog‘lik boshka hujjatlarni, texnik vositalar va uskunalarni topshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasining amal qilish muddati tugaganligi yoki bunday shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan ko‘p kvartirali uyning umumiy mol-mulki bilan bog‘liq texnik va boshqa hujjatlar, texnik vositalar va uskunalar joylarning mulkdorlari tomonidan tanlangan boshqaruvchi tashkilotga, boshqaruvchiga, shirkatga yoki joylarning mulkdorlari yig‘ilishi qarorida ko‘rsatilgan boshqa shaxslarga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi orqali topshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki joylarning mulkdorlari ko‘p kvartirali uyning texnik hujjatlari va ko‘p kvartirali uyni boshqarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni shartnoma tuzilgan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ko‘p kvartirali uyning umumiy mol-mulki tarkibiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uydagi umumiy joylar, tayanch va to‘siq konstruksiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘rama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan hamda bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskuna va qurilmalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Mazkur Vaqtinchalik nizomning 55-bandida nazarda tutilgan hujjatlar topshirilishi vaqtida dolzarb holatda bo‘lishi hamda joylarning mulkdorlari umumiy mulkining tarkibi va holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Agar ko‘p kvartirali uylarni boshqarish usuli o‘zgarishi munosabati bilan bir yoki bir necha hujjatlar yo‘qolgan taqdirda ularni tiklash choralari bir oy muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Ko‘p kvartirali uydagi texnik hujjatlarni va ushbu uylarni boshqarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni topshirish qabul kilish dalolatnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomada tuzilish sanasi, joyi va topshirilayotgan hujjatlar ro‘yxati xaqidagi ma’lumot bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Ko‘p kvartirali uylar uchun texnik hujjatlar va boshqarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar hamda texnik vositalarni qabul qilishda mavjud kelishmovchiliklar topshirish va qabul qilish dalolatnomasida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomaning nusxasi vakolatli davlat organiga topshirish va qabul qilish dalolatnomasi tomonlar tomonidan imzolangan kundan boshlab uch kun mobaynida yuborilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Ko‘p kvartirali uyni boshqarishda joylarning mulkdorlari va ijarachilar bilan boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi va shirkatning o‘zaro hamkorligini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi va shirkat ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari va ijarachilar bilan shaxsiy murojaat qilish imkoniyatini yaratish orqali o‘zaro hamkorlikni ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi va shirkat o‘zi tomonidan boshqariladigan ko‘p kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlari murojaatlarini hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog‘liq muammolarni tezkorlik bilan hal etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi va shirkat bir oyda kamida bir marta joylarning mulkdorlari va ijarachilarni qabul qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylarning mulkdorlari va ijarachilarni qabul qilish boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi va shirkat rahbari yoxud boshqa mas’ul xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul natijasi shaxsiy qabul jurnalida kayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Ushbu Vaqtinchalik nizom faqat Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida 2020-yil 1-maygacha amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun ochiq tanlov o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Mas’ullar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining
hududiy bo‘linmasi

Ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazish.

bir oy

2-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining
hududiy bo‘linmasi

Boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish.

ikki kun

3-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining
hududiy bo‘linmasi

Ochiq tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan kundan boshlab tanlov komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish, uning tarkibi va ish tartibini belgilash.

besh kun

4-bosqich

Jismoniy va yuridik
shaxslar

Ochiq tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga axborot joylashtirilgandan keyin vakolatli organga elektron yoki qog‘oz shaklida buyurtma berish.

o‘n besh kun

5-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining
hududiy bo‘linmasi

Tanlovda ishtirok etish uchun buyurtma tushmagan taqdirda qayta ochiq tanlov o‘tkazish.

besh kun

6-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining
hududiy bo‘linmasi

Takliflarni ko‘rib chiqish va baholash natijalari asosida g‘olibni aniqlash va bayonnomani rasmiylashtirish.

besh kun

7-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining
hududiy bo‘linmasi

Takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasidan ko‘chirmani O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish.

ikki kun

8-bosqich

Ko‘p kvartirali uylardagi
joy mulkdorlari

Tanlov g‘olibi bo‘lgan boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish.

besh kun

9-bosqich

Mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki ko‘p kvartirali uylardagi joy mulkdorlari

Ko‘p kvartirali uyning texnik hujjatlari va ko‘p kvartirali uyni boshqarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni boshqaruvchi tashkilotga yoki boshqaruvchiga taqdim etish.

o‘n kun

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 64-son qaroriga
2-ILOVA

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazish bo‘yicha

RESPUBLIKA IShChI GURUH TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A. Ramatov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari

M. Saliyev

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari

Sh. Abidov

Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati mudiri

V. Muratkabilov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masal�lari qo‘mitasi raisi (kelishuv asosida)

N. Tilavoldiyev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari (kelishuv asosida)

Sh. Cho‘lliyev

Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari (kelishuv asosida)

R. Siddiqov

Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari (kelishuv asosida)

Sh. Sagdullayev

Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi (kelishuv asosida)

I. Sultonov

Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zosi (kelishuv asosida)

X. Meliyev

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari

Sh. Xabibullayev

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

N. Nazirov

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari

R. Mamatov

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

R. Ortiqova

Uy-joy fondini professional boshqaruvchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uyushmasi ijrochi direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 64-son qaroriga
2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HUDUDIY IShChI GURUH TARKIBI

(Toshkent shahri Yakkasaroy tumani)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

N. Nazirov

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari, hududiy ishchi guruh rahbari

D. Xidoyatov

Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

B. Raxmankulov

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i

V. Muratkabilov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi (kelishuv asosida)

Sh. Sagdullayev

Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi (kelishuv asosida)

R. Mamatov

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

M. Nazarov

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati (kelishuv asosida)

Sh. Radjabov

Toshkent shahar ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

A. Sayfutdinov

Yakkasaroy tumani hokimi

Sh. Yusupov

Yakkasaroy tumani prokurori o‘rinbosari

F. Xaydarov

Yakkasaroy tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

A. Rasulov

Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

A. Jabborov

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Yakkasaroy tumani kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

D. Kamilov

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputati (kelishuv asosida)

A. Shamsikulov

Yakkasaroy tumani adliya bo‘limi boshlig‘i

X. Rashitxo‘jayev

Yakkasaroy tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi rahbari

Sh. Raxmatov

Yakkasaroy tumani uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i

E. Zasipkin

“Bobur uyim kommunal servis” uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari

V. Kiryushin

“Kuch birlikda” uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari

Sh. Sarisakov

“Boshliq” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari

A. Dadaboyev

“Yakkasaroy birinchi” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 64-son qaroriga
2b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HUDUDIY IShChI GURUH TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Jizzax viloyati Jizzax shahri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

M. Saliyev

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, hududiy ishchi guruh rahbari

A. Raxmonkulov

Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari

Sh. Cho‘lliyev

Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari (kelishuv asosida)

R. Siddiqov

Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari (kelishuv asosida)

M. Ruzmetov

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

R. Ortiqova

Uy-joy fondini professional boshqaruvchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uyushmasi ijrochi direktori

Sh. Umarov

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati (kelishuv asosida)

M. Bobobekov

Jizzax viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshli�i

A. Pardayev

Jizzax viloyati ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

A. Shukurov

Jizzax shahar hokimi

B. Xolboyev

Jizzax shahar prokurori o‘rinbosari

A. Muratov

Jizzax shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

J. Axbut�ev

Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

T. To‘raqulov

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Jizzax shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

A. Suyarov

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati (kelishuv asosida)

A. Shoyjigitov

Jizzax shahar adliya bo‘limi boshlig‘i

B. Normatov

Jizzax shahar yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi rahbari

B. G‘oyibnazarov

Jizzax shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i

T. Bo‘ronova

“Yevro Aziya” uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 64-son qaroriga
2v-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HUDUDIY IShChI GURUH TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A. Erdonov

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i, hududiy ishchi guruh rahbari

D. Xodjiaxmedov

Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari

N. Tilavoldiyev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari (kelishuv asosida)

I. Sultonov

Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zosi (kelishuv asosida)

X. Meliyev

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari

Sh. Ermatov

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati (kelishuv asosida)

R. Raximjonov

Farg‘ona viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i

M. Jo‘rayev

Farg‘ona viloyati ko‘p xonadonli uy-joy fondidanfoydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

M. Ubaydullayev

Marg‘ilon shahar hokimi

D. Karimov

Marg‘ilon shahar prokurori o‘rinbosari

B. Najmiddinov

Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

U. Yusupov

Marg‘ilon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

Q. Mahsudov

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Marg‘ilon shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

O. Axmadshoyev

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati (kelishuv asosida)

A. Madaliyev

Marg‘ilon shahar adliya bo‘limi boshlig‘i

U. Abdualiyev

Marg‘ilon shahar yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi rahbari

B. Bozorov

Marg‘ilon shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i

M. Yunusova

“Uy-joy mehnat servis” uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari

N. Soliyeva

“Do‘stlik” uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2020-y., 09/20/64/0139-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)