30.01.2020 yildagi PQ-4581-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini yanada kengaytirish hamda bolalarning maktabgacha ta’limi bilan kengroq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-2019-yillarda maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda xalqaro moliya institutlaridan ekvivalenti 200,0 mln AQSH dollari miqdoridagi kreditlar jalb qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur kreditlar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va xususiy sheriklar o‘rtasida 140,1 ming o‘rinli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imzolangan 1 412 ta davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlardan (keyingi o‘rinlarda — bitimlar) 992 tasi bo‘yicha imtiyozli kreditlar moliyalashtirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
420 ta bitimlarning 100 dan ortig‘i bo‘yicha xususiy sheriklar tomonidan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash (keyingi o‘rinlarda — maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish) ishlari hajmi 25 va undan ortiq foizi bajarilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish dasturini davom ettirish maqsadida belgilangan tartibda tuzilgan bitimlar bo‘yicha kreditlarni moliyalashtirish uchun tijorat banklariga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2019-yil 1-dekabrga qadar maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ishlari 25 foizdan kam bo‘lmagan hajmda bajarilgan bitimlar bo‘yicha kreditlarni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan 182 mlrd so‘m mablag‘lar Moliya vazirligi tomonidan 2020-yil uchun Davlat budjetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha xarajatlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida 2020-yil 1-martga qadar ajratiladi. Bunda, kreditlar 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1 foizli stavka bo‘yicha beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun ajratiladigan hamda xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan kreditlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida — 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus shahri, viloyatlarning ma’muriy markazlari va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda — 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlarda — 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka bo‘yicha beriladi.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentabrdagi PQ-316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 07/23/316/0729-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2021-yil va kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar xalqaro moliya institutlaridan jalb etiladigan imtiyozli kreditlar (qarzlar), shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval ajratilgan kreditlar bo‘yicha xususiy sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan moliyalashtiriladi.
(3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentabrdagi PQ-316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 07/23/316/0729-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2018-2019-yillarda belgilangan tartibda imzolanib, moliyalashtirilmagan hamda kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar bo‘yicha kreditlar ushbu bitimlarda nazarda tutilgan xususiy sherikning o‘z mablag‘lari hisobidan bajarilishi (sotib olinishi) lozim bo‘lgan ishlar (tovarlar) to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng, tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki mazkur qarorning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandi “a” kichik bandida ko‘zda tutilgan kreditlar bo‘yicha xususiy sherik tomonidan to‘lanadigan foizlar xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankida to‘liq qoldiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandi “b” kichik bandida ko‘zda tutilgan kreditlar bo‘yicha xususiy sherik tomonidan to‘lanadigan foiz stavkasining 1 foizi xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankida qoldiriladi, qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-apreldagi PQ-5071-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 07/21/5071/0319-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-2021-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini (qarzlarini) jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentabrdagi PQ-316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 07/23/316/0729-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilinadigan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ustuvor tartibda Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar, shuningdek, viloyat va tumanlarning ma’muriy markazlarida tashkil etilishiga e’tibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining quvvati va qamrovini o‘rganib chiqsin hamda unda yashayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yangi va faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarning qo‘shimcha o‘rinlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil va kelgusi yillarda bitimlarning faqatgina xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) hamda davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval ajratilgan kreditlar bo‘yicha xususiy sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan maxsus ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlangan mablag‘lar doirasida tuzilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xususiy sheriklarga berilgan kreditlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ajratilgan budjet subsidiyalari maqsadli va samarali ishlatilishi bo‘yicha doimiy monitoringni yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov — mazkur qaror ijrosini sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlasin, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin — shakllangan mablag‘lar doirasida bitimlarni o‘z vaqtida tuzish va amalga oshirish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rsin, xususiy sheriklarga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashsin, tadbirkorlik subyektlari tomonidan bitim talablarini bajarilishi ustidan doimiy monitoringni yo‘lga qo‘ysin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin hamda uning ijrosi bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — maktabgacha ta’lim sohasida xususiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 30-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4581-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun kredit ajratishda alohida shartlar qo‘llaniladigan viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxati

1. Olmaliq
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Angren
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bekobod
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yangiyo‘l
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ohangaron
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Chirchiq
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kattaqo‘rg‘on
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qo‘qon
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Marg‘ilon
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quvasoy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shahrisabz
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xiva
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingentdan muayyan miqdordagi tarbiyalanuvchilarni o‘qitish, ular uchun ota-onalar to‘lovining imtiyozli miqdorlarini (mazkur joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilanganidan oshmaydigan miqdorlarda) belgilab qo‘yish. Bunda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda o‘qishga qabul qilinadi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 4-bandning ikkinchi xatboshisi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan” so‘zlaridan keyin “davlat-xususiy sheriklikni rag‘batlantirish tadbirlarini moliyalashtirish uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasining alohida ochiladigan hisobvarag‘i (keyingi o‘rinlarda — maxsus hisobvaraq)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining alohida ochiladigan hisobvaraq (keyingi o‘rinlarda — maxsus hisobvaraq)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisobvaraqdagi mablag‘lar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish, davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risidagi bitim obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlashga imtiyozli kreditlarni berish uchun tijorat banklariga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisobvaraqdagi mablag‘lardan kreditlar tijorat banklari tomonidan maktabgacha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddat va shartlar asosida ajratib beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar — kam ta’minlangan oilalar, a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar bo‘yicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan oilalar, to‘rt yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“maxsus kontingent — harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va davlat umumta’lim maktablari pedagog xodimlarining bolalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilari tegishincha o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilari deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Davlat-xususiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sherigining va xususiy sherikning qonun oldida tengligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishdagi qoidalar va tartib-taomillarning shaffofligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot vazirligi” va “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda matnda Davlat raqobat qo‘mitasi deb yuritiladi)” so‘zlari tegishlicha “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” va “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 11-banddagi “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 12-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qo‘mitasining” so‘zlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 14 va 15-bandlardagi “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 17-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xususiy sherikning sof aktivlari to‘g‘risida axborot, davlat-xususiy sheriklik loyihasini realizatsiya qilishning moliyaviy imkoniyatini tasdiqlovchi o‘z ulushi miqdoridagi mablag‘ning bank depozitlarida mavjudligi va ushbu mablag‘ faqat nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi uchun yo‘naltirilishini kafolatlovchi hujjat”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“27. Tuzilgan bitimlarning yagona reyestri Vazirlik tomonidan yuritib boriladi va hisobini yuritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga taqdim etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“davlat sherigidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va erkin foydalaniladigan axborotni olishga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — sakkizinchi xatboshilari deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) 34-bandning sakkizinchi xatboshisi “muhtoj oilalar tarbiyalanuvchilarini” so‘zlaridan keyin, “maxsus kontingentni” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 35-bandning yettinchi xatboshisi “ko‘makka muhtoj oilalar” so‘zlaridan keyin “yoki bola maxsus kontingentga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash uchun maslahatchilarni jalb qilishga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilari deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) 37-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, jihozlash hamda zamonaviy o‘quv uskunalari va o‘qitish vositalarini xarid qilish uchun xususiy sherik imtiyozli kreditlar olishida ko‘maklashishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) 47-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mulk xususiy sherik ixtiyorida qoldirilsa (bekor qilish huquqi bilan), tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida va mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi ixtiyorida qoldirilsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni o‘qitish, ular uchun ota-onalar to‘lovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) o‘rnatish. Bunda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda o‘qishga qabul qilinadi”;

p) 48-banddagi “Davlat raqobat qo‘mitasiga” so‘zlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
r) 49-banddagi “Davlat raqobat qo‘mitasining” so‘zlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) 50-bandning birinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “Davlat raqobat qo‘mitasining” va “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari tegishlicha “Davlat aktivlarini boshqarish agentligining” va “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
t) 54-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“54. Obyektni qabul qilish-o‘tkazish hujjati imzolangach va xususiy sherik tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach, besh ish kuni ichida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organi xususiy sherikka “tasarruf etish huquqisiz” belgisi bilan egalik qilish huquqi uchun davlat orderini beradi;”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u) 55-banddagi “Davlat raqobat qo‘mitasining” va “bekor qilish” so‘zlari tegishlicha “Davlat aktivlarini boshqarish agentligining” va “tasarruf etish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) 58-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mulk xususiy sherik ixtiyorida qoldirilsa (bekor qilish huquqi bilan), tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida va mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi ixtiyorida qoldirilsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni o‘qitish, ular uchun ota-onalar to‘lovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) o‘rnatish. Bunda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda o‘qishga qabul qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
x) 59-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“59. Davlat sherigi 30 yillik muddatga bitim tuzilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida bitimni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markazlari DUKlariga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuboradi, shuningdek, obyektni balansida saqlovchiga yuboradi;”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) 66-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni o‘qitish, ular uchun 30 yil mobaynida ota-onalar to‘lovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) obyektni o‘z mulki qilib olish huquqisiz o‘rnatish. Bunda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda o‘qishga qabul qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ch) 76-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi ixtiyorida qolsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni o‘qitish, ular uchun ota-onalar to‘lovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) o‘rnatish. Bunda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda o‘qishga qabul qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sh) 88-bandining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xususiy sherikning maktabgacha ta’lim muassasasini qurish, qayta qurish va jihozlash bilan bog‘liq xarajatlari davlat sherigining talabnomalari bo‘yicha 15 yil davomida bitimda belgilangan tartibda qoplanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 91-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 20 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni o‘qitish, ular uchun 15 yil davomida ota-onalar to‘lovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan miqdorda) o‘rnatish. Bunda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda o‘qishga qabul qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yu) 97-bandning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“maktabgacha ta’lim muassasasining rahbarlari, metodistlari, tarbiyachilari, defektologlari, psixologlari, musiqa xodimlari ish haqiga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan shartlarda qo‘shimcha budjet subsidiyalarini olish huquqiga ega. Ushbu imtiyoz faqat shu bobga tegishli bo‘lib, boshqa maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik shakllariga tatbiq etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ya) 98-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“98. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qo‘shimcha ravishda tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 35 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni o‘qitish, ular uchun kamida 30 yil davomida ota-onalar to‘lovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) o‘rnatish yuklatiladi. Bunda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda o‘qishga qabul qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aa) 100-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“100. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherik (yakka tartibdagi tadbirkor shaklida) davlat sherigiga ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ilova qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bb) 103-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda ta’lim muassasasini maktabgacha ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan mebel, ashyo va anjomlar bilan jihozlashga ko‘maklashish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vv) 104-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 70 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni o‘qitish, ular uchun kamida 3 yil davomida ota-onalar to‘lovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) o‘rnatish. Bunda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda o‘qishga qabul qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gg) 118-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari “muhtoj oilalar farzandlari” so‘zlaridan keyin “hamda maxsus kontingent” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son; 12.04.2021-y., 07/21/5071/0319-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 07/23/316/0729-son)