O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 21-dekabrdagi PQ-4071-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 21-dekabrdagi PQ-4071-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-yanvar,
30-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 31-modda) 5-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2020-yil 1-martdan boshlab, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pullarini banklarga inkassatsiya xizmatlari orqali yetkazib berilishi bo‘yicha xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi, ya’ni inkassatsiya xizmatlari ko‘rsatilishining tashabbuskori (xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki bank) tomonidan to‘lanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 12-son, 74-modda) bilan tasdiqlangan Banklarning kreditlari bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Qarzdorning likvidli mol-mulki sotilishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi va qonun hujjatlariga muvofiq sotilmagunicha auksiondan olinmaydi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 94-modda) 6-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-oktabrdagi 679-sonli qaroriga asosan 4-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 18-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2024-y., 09/24/679/0824-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/354/0593-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 657-son qarori bilan tasdiqlangan Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibida:
a) 2-bandida:
“b”-kichik bandida “mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari” so‘zlari “mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“g”-kichik bandida “mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning “d”-kichik bandida “mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 969-F-son farmoyishi 2-bandidagi “Moliya-xo‘jalik departamenti huzuridagi Ma’muriy binolarga xizmat ko‘rsatish” so‘zlari “Qurilayotgan bino va inshootlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilyotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasining samarali faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 26-martdagi 118-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-martdagi 118-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1996-yil 7-maydagi 174-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xo‘jaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga imtiyozli kreditlar berish va lizing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 20-avgustdagi 178-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 8-iyundagi 156-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 8-iyundagi 166-son qarori)” 2011-yil 6-sentabrdagi 248-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 74-modda) ilovaning 15-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 17-apreldagi 111-son qarori 6-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-sonli “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 27-iyundagi 173-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari qurishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 25-noyabrdagi 343-son qarorining 4-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
11. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xo‘jaliklari va aholining tomorqa yerlaridan camarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 4-martdagi 119-son qarorining 10-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2698-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 132-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyatida parrandachilikni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 3-apreldagi 171-son qarorining 5-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3166-son qarori)” 2017-yil 2-oktabrdagi 787-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-yanvardagi 63-son qarorining 12-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “2018 — 2020-yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 31-maydagi 407-son qarori.
18. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi 696-son qarori.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son; 05.07.2022-y., 09/22/354/0593-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 17.10.2024-y., 09/24/679/0824-son)