O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
Qishloq xo‘jaligi korxonalariga mavsumiy qishloq xo‘jaligi texnikasini o‘z vaqtida yetkazib berishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-yanvar,
25-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 25-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidaginizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlarva qo‘shimcha
1. 2-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “miqdorida” so‘zi “miqdorigacha” so‘zi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida” so‘zlari “Markaziy bankining asosiy foiz stavkasida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “punktini” so‘zi “punktigacha” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasining” so‘zlari “Markaziy bankining asosiy foiz stavkasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “miqdorida” so‘zi “miqdorigacha” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 1,5 baravarigacha bo‘lgan foiz stavkasi bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Kredit yoki lizing oluvchilarning so‘roviga asosan ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatlar qisqartirilishi mumkin”.
4. 8-banddagi “bir” so‘zi “ikki” so‘zi bilan almashtirilsin.
5. 9-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b) lizing yoki kredit shartnomasida belgilangan foiz va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasi o‘rtasidagi farq miqdorida, lekin 10 foizlik punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratiladi”.
6. 10-banddagi “xalqaro” so‘zi “davlat kafolati ostida olingan xalqaro” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. 21-banddagi “punktini” so‘zi “punktigacha” so‘zi bilan almashtirilsin.
8. Nizomga ilovada “punktini” so‘zi “punktigacha” so‘zi bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son)