10.01.2020 yildagi 18-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga ma’lumotnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser va Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnomalar berish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligining fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani Davlat xizmatlari markazlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali taqdim etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2020-yil 1-apreldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning hisobda turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish amaliyoti bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narkologiya va ruhiy kasalliklarga chalingan fuqarolar hisobi faqat elektron shaklda yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020-yil 1-aprelga qadar avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimiga Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser va Narkologiya dispanseri hisobida turgan fuqarolar haqida tegishli ma’lumotlarni kiritib, elektron baza shakllantirilishini ta’minlasin hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda tegishli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini taqdim qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-fevralga qadar davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda Davlat xizmatlari agentligi deb ataladi) bilan kelishilgan holda tasdiqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-martga qadar Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda hududiy bo‘linmalarning YIDXPga ulanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-aprelga qadar Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarni amalda qo‘llashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat xizmatlari agentligi YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qo‘yilsinki, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 10-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2020-y., 09/20/18/0042-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)