04.09.1996 yildagi 306-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QOMUSI”NI NASHR ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqimizning koʻp asrlik boy va sermazmun tarixi, madaniyati, anʼanalari, ilmiy-badiiy kashfiyotlarini, Oʻzbekistonning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi oʻrnini toʻlaligicha va munosib ilmiy aks ettirish, hozirgi kunda respublikamizning zamonaviy va ilgʻor davlatni shakllantirish va taraqqiy toptirish boʻyicha olib borayotgan ulkan bunyodkorlik faoliyatini yoritib berish, shu maqsadlarda lozim boʻlgan maʼlumotlarni jamlash, umumlashtirish hamda keng ommaga yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jahon qomuschiligining boy tajribalarini oʻrganish asosida “Oʻzbekiston Respublikasi Qomusi”ning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqish va shunga muvofiq yangi qomusni yaratish boʻyicha ishchi guruh tarkibi ilovaga* binoan tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ishchi guruhning yangi qomus ilmiy konsepsiyasi va bosh tahrir hayʼati tarkibi boʻyicha takliflarini uch oy muddat ichida umumlashtirish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish qomuslar bosh tahririyatiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqa vazirliklar, idoralar, ilmiy va ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasi Qomusi” jildlari maqolalarini tayyorlash va tegishli taqrizlar uyushtirish jarayoniga atoqli olimlar va yetakchi mutaxassislarni jalb qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Qomusi” uchun yozilgan maqolalar ilmiy ish sifatida baholansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 1997—2005-yillar davomida oʻzbek tilida koʻp jildli “Oʻzbekiston Respublikasi Qomusi” oliy ilmiy saviyada tayyorlanishini va 50 ming nusxada yuqori sifatli nashr etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yildan boshlab har yili “Oʻzbekiston Respublikasi Qomusi” jildlarini tayyorlash va nashr etish xarajatlarining 50 foizini respublika budjeti hisobidan qoplashni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 4 centyabr,

306-son