08.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2180-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi, 08.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2180-2
Kuchga kirish sanasi
08.01.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya kasalxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 8-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2180-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-son “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 27-dekabrdagi 203-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2180, 2011-yil 12-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Psixiatriya kasalxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir N. XUSANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-2019-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 50-2019-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixiatriya kasalxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1 va 145-bandlardagi “ruhiy kasallikka chalingan” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik nafar va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 141-banddagi “ruhiy qoʻzgʻalishni” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilishini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 147-banddagi “Ruhiy” degan soʻz “Ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2180-2/0028-son)