O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5691-son Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish salohiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari investorlari uchun mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida:
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-dekabr,
PF-5897-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-dekabrdagi PF-5897-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Birlashgan Arab Amirliklari fqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5691-son Farmoniga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
1. Nomi “Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari” so‘zlaridan keyin “, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. 1-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. 2019-yil 20-martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun, shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fukarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilansin.
Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari O‘zbekiston Respublikasiga kirish vaqtida amal qilish muddati 90 kundan kam bo‘lmagan rezidentlik vizasining asl nusxasini takdim etadilar.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2019-y., 06/19/5897/4241-son)