27.12.2019 yildagi 1043-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 11-iyundagi 485-son qaroriga muvofiq, shuningdek, bolalar va yoshlarni madaniyat va san’at sohasiga jalb etish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish dasturi (keyin o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha kuzatuv kengashi (keyingi o‘rinlarda Kuzatuv kengashi deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma Kuzatuv kengashining ishchi organi va Dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tovar (ish, xizmat)lar xarid qilinishi yuzasidan buyurtmachi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun Jamg‘armaga Respublika bolalar kutubxonasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun mablag‘lar ajratish, shu jumladan, Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan hajmda budjetdan tashqari manbalardan shakllantiriladigan o‘z mablag‘lari hisobiga lavozim maoshiga ustamalar belgilash huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamg‘arma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mablag‘lari hisobiga madaniyat va san’at obyektlarini me’moriy jihatdan rejalashtirish sohasidagi eng yaxshi jahon tajribasiga muvofiq 2021-yil 1-mayga qadar Respublika bolalar kutubxonasi joylashgan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 47-uy manzilidagi binoni (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil may oyiga qadar obyektning dizayni konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil sentyabr oyiga qadar obyektni rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni rekonstruksiya qilish davrida Respublika bolalar kutubxonasi aktivlarini ko‘chirish bilan bog‘liq xarajatlarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qoplash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar obyektni rekonstruksiya qilish davrida Respublika bolalar kutubxonasini vaqtincha joylashtirish uchun bino ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1043-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-dekabrdagi 1043-son qaroriga
1-ILOVA

2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Kutubxonani ijtimoiy makonga integratsiyalash

1.

Umumta’lim muassasalarining o‘quvchilari uchun multimedia ta’lim laboratoriyasini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
I chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

2.

Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining salohiyatini rivojlantirish uchun ijodiy maydonchalarni tashkil etish, shu jumladan, bolalar ta’lim “co-working” platformasini va badiiy studiyani tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

3.

“STREAM” (ilm-fan, texnologiyalar, robototexnika, injiniring, san’at, matematika) o‘qitish metodikasidan foydalangan holda tasviriy san’at, fotosuratga olish, arxitektura jihatidan rejalashtirish, musiqa fanlari va tabiiy fan sohasida fanlararo yo‘nalishlar bo‘yicha maktab yoshidagi bolalar va umumta’lim muassasalarining o‘quvchilari uchun kurslarni tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
III chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

4.

Kutubxonaga tashrif buyuruvchilarga xizmatlarni inklyuziv ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

5.

Nodir kitob nashrlarini saqlash uchun kutubxona arxivi faoliyatini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

II. Kutubxonaning tashkiliy va ma’muriy tuzilmasini hamda uni boshqarish usullarini takomillashtirish

6.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil
III chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

III. Kutubxona xodimlarining malakasini oshirish

7.

Kutubxona xodimlarini majburiy attestatsiyadan o‘tkazish amaliyotini joriy etish, shuningdek, tanlov asosida ishga qabul qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
III chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

8.

Yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda xizmatlarni inklyuziv ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan treninglar tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

9.

Kutubxona xodimlari uchun operatsiyalarni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning zamonaviy usullari bo‘yicha treninglar, mahorat darslarini tashkil etish va o‘tkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

IV. Kutubxona binosini rekonstruksiya qilish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash*

10.

Kutubxona binosining (Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yaxyo G‘ulomov ko‘chasi, 47-uy) dizayni konsepsiyasini ishlab chiqish. Tegishli shartnomalar tuzilishini ta’minlash, dizayn konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
may

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

11.

Binoni rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma tuzish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
sentyabr

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

12.

Binoni rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish.

Kutubxona binosini rekonstruksiya qilish uchun pudratchilar bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlash, kutubxona binosini rekonstruksiya qilish davrida uning aktivlarini ko‘chirish, rekonstruksiya ishlarini yakuniga yetkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yil
may

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahar hokimligi

13.

Kutubxonaning texnik aktivlarini yangilash.

Zarur texnik aktivlar ro‘yxatini shakllantirish, tegishli shartnomalar tuzilishini ta’minlash, texnik aktivlarni joylashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yil
IV chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojalantirish jamg‘armasi ushbu bo‘limda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlarni faqat budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-dekabrdagi 1043-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha kuzatuv kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

D. Kenjayev

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari, kuzatuv kengashi raisi

2.

G. Umerova

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktorining o‘rinbosari, kuzatuv kengashi raisining o‘rinbosari

3.

S. Turgunov

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari

4.

U. Qo‘qonboyev

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari

5.

E. Ten

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, kuzatuv kengashining kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kuzatuv kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ko‘rsatilgan lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2019-y., 09/19/1043/4239-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)