O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-dekabr,
PQ-4552-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-dekabrdagi PQ-4552-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2800-son qarorining rus tili matni 1-ilovasining 8-bandidagi “i Spetsialnoye avariyno-vosstanovitelnoye upravleniye” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3549-son qarorida:
2-ilovadagi “Maxsus avariyaviy-qayta tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)” bloki chiqarib tashlansin;
3-ilovadagi “Maxsus avariyaviy-qayta tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)” bloki chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus avariya-tiklash boshqarmasida (keyingi o‘rinlarda — 15361-harbiy qism)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 3-banddagi “15361-harbiy qismda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 5-bandning uchinchi xatboshidagi “15361-harbiy qism” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 9-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Milliy gvardiya va FVVga harbiy xizmatga kelayotgan fuqarolarni, shuningdek, Milliy gvardiya va FVVning shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarini va ularning oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Mudofaa vazirligi tasarrufidagi HTK tomonidan amalga oshiriladi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 07/19/4552/4201-son)