24.12.2019 yildagi 1030-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2023-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son qaroriga muvofiq, shuningdek, kadrlar salohiyatini oshirish, ilm-fan va taʼlim sohasida yuqori malakali kadrlarning bilim va tajribalarini amalda qoʻllashni moliyaviy ragʻbatlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda tashkilot deb ataladi) ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi xodimlarning lavozim maoshiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) (yoki xorijiy mamlakatlarda ularga tenglashtirilgan darajalar) (keyingi oʻrinlarda falsafa doktori deb ataladi) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan doktori (Doctor of Science) (yoki xorijiy mamlakatlarda unga tenglashtirilgan daraja) (keyingi oʻrinlarda fan doktori deb ataladi) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qoʻshimcha haq toʻlash tizimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qoʻshimcha haq ushbu qarorga muvofiq tegishli mezonlarni bajarilishini baholash natijalari boʻyicha hamda tarkibiy boʻlinma rahbarining taqdimnomasi va tashkilot kollegial organi qarori asosida har bir xodimning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga qoʻshgan aniq hissasini hisobga olgan holda belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu qaror bilan joriy etilayotgan qoʻshimcha oylik va bir martalik toʻlovlar miqdori bir oyda — falsafa doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uchun lavozim maoshining 30 foizidan hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uchun lavozim maoshining 60 foizidan oshmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar xodimlariga ushbu qarorga muvofiq qoʻshimcha haq belgilanishi bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ushbu qarorga muvofiq qoʻshimcha haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hajmini rejalashtirish falsafa doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar lavozim maoshining 30 foizi miqdorida qoʻshimcha haq va fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan xodimlar lavozim maoshining 60 foizi miqdoridagi qoʻshimcha haqning eng koʻp hajmi ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlarning haqiqiy sonidan kelib chiqqan holda band boʻlgan shtat birligi soni boʻyicha amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tashkilotga qoʻshimcha haqni moliyalashtirish uchun ajratilgan va moliya yili yakuniga qadar ishlatilmay qolgan budjet mablagʻlari oʻrnatilgan tartibda budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va quyidagi maqsadlarda sarflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bino va inshootlarni, ilmiy laboratoriyalarni texnik shartlar asosida joriy taʼmirlash va jihozlash, xalqaro ilmiy axborot bazalari va kutubxona resurslariga ulanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni yetakchi milliy va jahonda eng yuqori 1000 talik reytingga kiruvchi yoki yoʻnalishlar boʻyicha jahonda eng yuqori 100 talik reytingga kiruvchi xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalariga qayta tayyorlov, malaka oshirish va amaliyotga yuborish orqali kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, xodimlar tomonidan xorijiy ilmiy anjumanlarda maʼruza bilan ishtirok etish va qatnashish, xalqaro tan olingan maʼlumotlar bazasidagi yetakchi ilmiy jurnallarda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini nashr qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlarni ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tizimida tashkilotlar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga muvofiq xodimlarga qoʻshimcha haq belgilanishining asoslanganligi, shuningdek, ularni toʻlash uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini doimiy nazorat qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 25-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ushbu qarorga muvofiq qoʻshimcha haq toʻlash huquqiga ega boʻlgan xodimlarning band boʻlgan shtat birligi soni toʻgʻrisida, shuningdek, ularni toʻlash uchun ajratilgan mablagʻlar, shu jumladan, moliya yili oxirida sarf qilinmagan moliya hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash kotibiyati zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 24-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1030-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga (shu jumladan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga) qoʻshimcha haq toʻlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarining fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarning ularga tenglashtirilgan darajasiga) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan darajasiga) ega boʻlgan xodimlariga asosiy ish joyi boʻyicha ushbu Nizomga muvofiq qoʻshimcha haq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lavozim maoshi — kalendar oyi uchun muayyan murakkablikdagi mehnat (lavozim) vazifalarini bajarish uchun xodimning mehnatiga haq toʻlashning qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan miqdori (kompensatsiya, ragʻbatlantirish va ijtimoiy toʻlovlar, nafaqalar va boshqa qoʻshimcha toʻlovlarni hisobga olmagan holda);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha haq — xodimlar mehnatining sifati va natijadorligini ragʻbatlantirish maqsadida belgilangan lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobida belgilangan toʻlov;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir martalik qoʻshimcha haq — amalga oshirilgan muayyan ish boʻyicha natijaga erishilgani uchun toʻlanadigan bir martalik qoʻshimcha toʻlov;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oylik qoʻshimcha haq — amalga oshirilgan muayyan ish boʻyicha natijaga erishilgani uchun har oyda toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlov;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkiloti (keyingi oʻrinlarda tashkilot deb ataladi) — ustav asosida ilmiy va taʼlim faoliyati bilan shugʻullanuvchi budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchi tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual faoliyat natijasi — intellektual mulk obyekti, shu jumladan, fan, adabiyot, sanʼat, ijro, fonogramma, efir yoki kabel orqali namoyish etilgan koʻrsatuvlar, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar, maʼlumotlar bazalari, oshkor qilinmagan maʼlumotlar, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau), tovar belgilari, firma nomlari, tovar kelib chiqqan joy nomlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan intellektual faoliyat natijasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotning kollegial organi (keyingi oʻrinlarda kollegial organ deb ataladi) ushbu Nizomga muvofiq muayyan mezonlar asosida tarkibiy boʻlinma rahbarining tavsiyasiga koʻra xodimga qoʻshimcha haq miqdori va toʻlov davrini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot rahbari uchun ushbu Nizomga muvofiq qoʻshimcha haq belgilash yuqori turuvchi tashkilot roziligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erishilgan natijalarning mezonlarga muvofiqligini baholash taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kollegial organ qoʻshimcha haq belgilash toʻgʻrisida qabul qilingan qarorning xolisligi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotning yuqori turuvchi organlari qoʻshimcha haq belgilash boʻyicha kollegial organlar ishini tashkil etish tartibini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoʻshimcha haq xodimning lavozim vazifalari, ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi, xalqaro grantlar, shartnoma va boshqa majburiyatlar boʻyicha bajarilgan ishlar doirasida amalga oshirilgan qoʻshimcha ish hajmi va yuqori sifatli natija uchun belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha haq toʻlashda erishilgan natijalar bir marta hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoʻshimcha haq bir martalik yoki oylik shaklda belgilanishi mumkin. Qoʻshimcha oylik toʻlovini belgilashning eng koʻp muddati bir yildan (12 oydan) oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoʻshimcha haq xodim asosiy lavozim boʻyicha egallab turgan stavkasiga mutanosib ravishda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oliy taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tashkilotlarida qoʻshimcha haq belgilash talablari, miqdori va muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tashkilotlarida qoʻshimcha haq kadrlar tayyorlash, shu jumladan, yuqori malakali va ilmiy faoliyat sifatini oshirish va ilmiy faoliyat natijalarini iqtisodiyotning real sektoriga tijoratlashtirish, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining mamlakat ichida va xorijda nufuzini oshirishga qoʻshgan hissasiga qarab belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha haq xodimning faoliyati natijalari asosida quyidagicha oʻrnatilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Internet jahon axborot tarmogʻidagi axborot taʼlim resurslariga oʻz oʻquv-uslubiy majmualarini (modullarini) joylashtirilganligi uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir majmua (modul) uchun oʻzbek yoki rus tilida, shuningdek, chet tili mutaxassisliklari boʻyicha lavozim maoshiga nisbatan 5 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tilda (til mutaxassisligidan tashqari) har bir majmua (modul) uchun lavozim maoshiga nisbatan 10 foizgacha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 15 foizdan oshmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy va laboratoriya vositalaridan keng foydalangan holda yangi oʻquv mahsulotlari (trening kurslari, uslubiy taʼminotli oʻyinlar)ni ishlab chiqqani va joriy etgani uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek yoki rus tilida, shuningdek, til mutaxassisliklari boʻyicha chet tilida har bir mahsulot (majmua) uchun lavozim maoshiga nisbatan 10 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tilda (til mutaxassisliklaridan tashqari) har bir mahsulot (majmua) uchun lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 30 foizdan oshmasligi lozim;

v) oʻzining oʻquv-uslubiy majmualarini oʻquv dasturiga kiritganligi va chet tilida (MDH davlatlari tillaridan tashqari) tashkil qilingan har bir kurs (modul) uchun lavozim maoshiga nisbatan 10 foiz miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 20 foizdan oshmasligi lozim;

g) birinchi mingtalik (top-1000) yoki fan yoʻnalishlari boʻyicha birinchi yuztalik (top-100) xalqaro reytinglar onlayn kursiga kiritilgan har bir maʼruza uchun lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 30 foizdan oshmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda, respublika miqyosidagi ilmiy-texnik kengashlarda har bir aʼzolik (ishtirok etganlik) uchun lavozim maoshiga nisbatan 10 foizgacha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 20 foizdan oshmasligi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ilmiy darajalar beruvchi xorijiy ilmiy, ekspertlik, ilmiy-texnik kengashlarda aʼzolik (ishtirok etish) uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 30 foizdan oshmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) doimiy faoliyat yuritadigan ilmiy ixtisoslashgan seminarlarni tashkil etganligi va unda ishtiroki uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy aʼzo sifatida lavozim maoshiga nisbatan 10 foizgacha;

rahbar sifatida lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Scopus, Web of Science yoki boshqa umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari jurnallarida eʼlon qilingan har bir maqola (monografiya) uchun mualliflarga lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 30 foizdan oshmasligi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) oʻquv jarayonida amaliy qoʻllanadigan yoki ishlab chiqarishga joriy qilingan intellektual faoliyat natijasi borligi uchun lavozim maoshiga nisbatan 10 foizgacha miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 10 foizdan oshmasligi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) ixtiro va/yoki foydali modelga xorijiy patent olganlik uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 30 foizdan oshmasligi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) ilmiy, ilmiy-ommabop jurnallar tahrir hayʼati aʼzoligi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy jurnallarda lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha;

xorijiy jurnallarda lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha belgilanadi.

Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 30 foizdan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Lavozim maoshiga bir martalik qoʻshimcha haq maʼlum bir davr uchun erishilgan natijalar yigʻindisidan kelib chiqqan holda yoki quyidagi zarur shartlar bajarilganda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda har bir rasmiy opponentlik uchun:

falsafa doktorlari (PhD) darajasiga lavozim maoshiga nisbatan 10 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan doktorlari (DSc) darajasiga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha.

Mazkur talab asosida bir martalik qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan falsafa doktorlari (PhD) darajasiga 30 foiz va fan doktorlari (DSc) darajasiga 60 foizdan oshmasligi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) dissertatsiyaning oʻz vaqtida yoki muddatidan oldin himoya qilinishini taʼminlaganligi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
falsafa doktorlari (PhD) ilmiy rahbarlariga lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan doktorlari (DSc) ilmiy maslahatchilariga lavozim maoshiga nisbatan 60 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tashkilotning mezbon sifatida ishtirok etadigan nufuzli xalqaro konferensiyani (simpozium, davra suhbati) tashkil etganligi uchun, xodimning qoʻshgan hissasini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan 60 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ilmiy-pedagogik faoliyatga oid xalqaro tadbirlarda (forumlar, konferensiyalar, kongresslar, anjumanlar va boshqalar) taklifga asosan maʼruza bilan qatnashganligiga har bir ishtiroki uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xorijiy xalqaro koʻrgazmalarda oʻzlarining ilmiy yutuqlarini ommalashtirishda rasmiy ishtirok etganligiga har bir koʻrgazma uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ixtisoslashgan xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan har bir ilmiy nashr uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) davlat boshqaruv organlarining soʻroviga binoan bajariladigan tadqiqotlarga ekspert xulosalarini tayyorlash uchun qoʻshgan hissasini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ilm-fan sohasidagi tashkilotlarda qoʻshimcha haq toʻlash mezonlari, hajmi va muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ilm-fan sohasidagi tashkilotlarda qoʻshimcha haq yangi xodisa va qonuniyatlarni kashf qilishdagi ishtiroki, innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirganligi, yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlashda qoʻshgan hissasi uchun belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha haq xodimning faoliyati natijalari asosida quyidagicha oʻrnatilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda, respublika miqyosidagi ilmiy-texnik kengashlarda har bir aʼzolik (ishtirok etganlik) uchun lavozim maoshiga nisbatan 10 foizgacha boʻlgan miqdorda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 20 foizdan oshmasligi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ilmiy darajalar beruvchi xorijiy ilmiy, ekspertlik, ilmiy-texnik kengashlarda aʼzolik (ishtirok etish) uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha boʻlgan miqdorda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 30 foizdan oshmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) doimiy faoliyat yuritadigan ilmiy ixtisoslashgan seminarlarni tashkil etganligi va unda ishtiroki uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy aʼzo sifatida lavozim maoshiga nisbatan 10 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar sifatida lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Scopus, Web of Science yoki boshqa umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari jurnallarida eʼlon qilingan har bir maqola (monografiya) uchun mualliflarga lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 30 foizdan oshmasligi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) oʻquv jarayonida maxsus kurslarni tashkil qilgani uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ixtiro yoki foydali modelga xorijiy patent olganlik uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 30 foizdan oshmasligi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ilmiy, ilmiy-ommabop jurnallar tahrir hayʼati aʼzoligi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy jurnallarda lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy jurnallarda lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 30 foizdan oshmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) xorijiy ilmiy loyihalarda ishtirok etganligi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqot guruhi aʼzosi sifatida lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha rahbari sifatida lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) xorijiy jurnallar tahririyatida ishtirok etgan har bir aʼzolik uchun lavozim maoshi haqiga 15 foizgacha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan 30 foizdan oshmasligi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) oliy taʼlim muassasalarida har bir joriy etilgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar nashri uchun lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 30 foizdan oshmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) yangi innovatsion korxona tashkil etganligi uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Lavozim maoshiga bir martalik qoʻshimcha haq xodimning oxirgi 12 oy davomidagi faoliyati natijalari asosida quyidagicha oʻrnatiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda har bir rasmiy opponentlik uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan nomzodi yoki falsafa doktorlari (PhD) darajasiga lavozim maoshiga nisbatan 10 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan doktorlari (DSc) darajasiga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talab asosida bir martalik qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan falsafa doktori (PhD)ga 30 foiz va fan doktori (DSc)ga 60 foizdan oshmasligi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻz vaqtida yoki muddatidan oldin ilmiy daraja olish uchun tadqiqot ishini himoya qilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
falsafa doktori (PhD) ilmiy rahbariga himoya qilganligi toʻgʻrisida dalil taqdim qilganida lavozim maoshiga nisbatan 50 foizgacha;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan doktori (DSc) ilmiy rahbariga himoya qilganligi toʻgʻrisida dalil taqdim qilganida lavozim maoshiga nisbatan 100 foizgacha;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xalqaro konferensiya (anjuman, davra suhbati) tashkil qilganligi uchun har olti oyda bir martadan koʻp boʻlmagan holda qoʻshgan barcha hissasi uchun lavozim maoshiga nisbatan 60 foizgacha miqdorda, agar ushbu tadbirda tashkilot qabul qiluvchi tomon boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tashkilotning mezbon sifatida ishtirok etadigan xalqaro konferensiyani (simpozium, davra suhbati) tashkil etganligi uchun, xodimning qoʻshgan hissasini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan 50 foizgacha olti oyda bir marta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xalqaro ilmiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa ilmiy-maʼrifiy tadbirlarda (forumlar, konferensiyalar, kongresslar, anjumanlar, va boshqalar) taklifga asosan maʼruza bilan qatnashganligiga, har bir ishtiroki uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) xorijiy xalqaro koʻrgazmalarda oʻzlarining ilmiy yutuqlarini ommalashtirishda rasmiy ishtirok etganligiga har bir koʻrgazma uchun lavozim maoshiga nisbatan 50 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) nufuzli xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan har bir tadqiqot natijasi uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga ekspert xulosalarini tayyorlash uchun qoʻshgan hissasini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Oʻrta maxsus, kasb-hunar va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida belgilanadigan qoʻshimcha haq miqdori va muddatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha haq xodimning joriy yilda oxirgi 12 oy davomidagi faoliyati natijalari tahliliga koʻra:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yoshlarni tarbiyalashga oid har bir ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan ilmiy-metodik qoʻllanma, ilmiy-tahliliy uslub (yondashuv)lar uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taʼlim va tarbiya sohasida tegishli tashkilot bilan bogʻliq ilmiy maqola (monografiya) nashr qilganligi uchun:

jurnalning darajasi va muhimligidan kelib chiqqan holda milliy ilmiy jurnallardagi nashr uchun lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha;

xalqaro jurnallarda eʼlon qilingan har bir maqola (monografiya) uchun mualliflarga lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Lavozim maoshiga bir martalik qoʻshimcha haq maʼlum bir davr uchun erishilgan natijalar yigʻindisidan kelib chiqqan holda yoki zarur shartlar bajarilganda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) fan olimpiadalari gʻoliblarini tayyorlagani uchun lavozim maoshiga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman va viloyat miqyosdagi natijalar uchun 15 foizgacha;

respublika miqyosdagi natijalar uchun 20 foizgacha;

xalqaro miqyosdagi natijalar uchun 30 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) zamonaviy oʻquv-koʻrgazmalarni yaratganligi uchun 10 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) noanʼanaviy yoʻnalishdagi (robototexnika, mental arifmetika va boshqalar) oʻquv mashgʻulotlarini tashkil qilganiligi uchun 30 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) oʻquvchilarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga qoʻshgan hissasi uchun 20 foizgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Maktabgacha taʼlim muassasalarida belgilanadigan qoʻshimcha haq miqdori va muddatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha haq xodimning joriy yilda oxirgi 12 oy davomidagi faoliyati natijalari tahliliga koʻra:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) maktab yoshigacha boʻlgan bolalarni tarbiyalashga oid har bir ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan ilmiy-metodik qoʻllanma, ilmiy-tahliliy uslub (yondashuv)lar uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taʼlim va tarbiya sohasida tegishli tashkilot bilan bogʻliq ilmiy maqola (monografiya) nashr qilganligi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jurnalning darajasi va muhimligidan kelib chiqqan holda milliy ilmiy jurnallardagi nashr uchun lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro jurnallarda eʼlon qilingan har bir maqola (monografiya) uchun mualliflarga lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Lavozim maoshiga bir martalik qoʻshimcha haq maʼlum bir davr uchun erishilgan natijalar yigʻindisidan kelib chiqqan holda yoki quyidagi zarur shartlar bajarilganda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) koʻrik tanlovlardagi ishtiroki uchun lavozim maoshiga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman va viloyat miqyosdagi natijalar uchun 15 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika miqyosdagi natijalar uchun 20 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻyin tamoyiliga asoslangan zamonaviy mashgʻulotlarni tashkil qilganligi uchun 15 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tarbiyalanuvchilarni ilm-fanga qiziqishini oshirishga qoʻshgan hissasi uchun 20 foizgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Qoʻshimcha haq mablagʻlarini rejalashtirish va moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tashkilot tomonidan qoʻshimcha haq belgilash uchun budjet mablagʻlari hajmini rejalashtirish ilmiy darajali xodimlarga shtat birligi sonidan kelib chiqib, qoʻshimcha haqning eng koʻp miqdorida belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
falsafa doktori (PhD) yoki fan nomzodi ilmiy darajasi (yoki shunga tenglashtirilgan xorijiy davlatlar darajasi)ga ega xodimlarning lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan doktori (PhD) ilmiy darajasi (yoki shunga tenglashtirilgan xorijiy davlatlar darajasi)ga ega xodimlarning lavozim maoshiga nisbatan 60 foizgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qoʻshimcha haqni moliyalashtirish ilmiy darajali xodimlarning haqiqiy shtat birligi sonidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xodimlarga qoʻshimcha haqni belgilash bilan bogʻliq xarajatlar shtat jadvalida alohida aks ettiriladi va tashkilotning xarajatlar smetasida alohida modda bilan budjet klassifikatsiyasi xarajatlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tashkilot ushbu nizomga mos ravishda, majburiy tartibda budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushadigan va undan sarflanadigan pul mablagʻlarini alohida hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizom boʻyicha ajratiladigan pul mablagʻlarining maqsadli, samarali va oqilona ishlatilishi, shuningdek, qoʻshimcha haq miqdori asoslangan va toʻgʻri hisoblanishi hamda belgilanishi uchun tashkilot rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizom talablari asosida qoʻshimcha haq toʻlash qoʻshimcha har oylik va bir martalik toʻlovlar miqdori bir oyda fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) (yoki xorijiy mamlakatlarda ularga tenglashtirilgan) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xodimlar uchun lavozim maoshining 30 foizidan hamda fan doktori (DSc) (yoki xorijiy mamlakatlarda unga tenglashtirilgan daraja) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xodimlar uchun lavozim maoshining 60 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tizimida tashkilotlar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar qonun doirasida tashkilot kollegial organlarning qoʻshimcha haq miqdorini oʻrnatishni tashkil qilishi ustidan nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda faoliyat yurituvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga mazkur Nizom talablari asosida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha haq toʻlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 26-band quyidagi matndagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi matndagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar ushbu qarorlarda nazarda tutilgan maqsadlarga sarflanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2019-y., 09/19/1030/4191-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 22.11.2021-y., 09/21/706/1080-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 07.06.2023-y., 09/23/228/0339-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)