21.11.2019 yildagi 940-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maqom sanʼatining koʻp asrlik ijro yoʻllarini puxta oʻzlashtirish, ularni yosh avlod vakillariga oʻrgatish, shuningdek, maqom sanʼati boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi, Xorazm viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida Respublika maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni, Fargʻona viloyatidagi 1-son, Xorazm viloyatidagi 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktablari, Buxoro viloyatidagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internati negizida tegishlicha maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni (keyingi oʻrinlarda maqom maktab-internati deb ataladi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida Respublika maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat uchun 200 oʻrinli 2 ta oʻquv binosi, 300 oʻrinli konsert zali, 200 oʻrinli yotoqxona va oshxona binosini (keyingi oʻrinlarda bino va inshootlar deb ataladi) hamda Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi maqom maktab-internatlari uchun har birida 150 oʻrinli yotoqxona va oshxona, qoʻshimcha 200 oʻrinli oʻquv binolarini qurish, shuningdek, Buxoro viloyatidagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internatini rekonstruksiya qilish toʻgʻrisida takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar maqom maktab-internatlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni maqom ijrochiligi yoʻnalishida oʻqitishning zamonaviy ilgʻor pedagogik usullaridan keng foydalanish, oʻquv jarayoniga yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning yuqori darajada sifatli bilimlar olishini taʼminlaydigan davlat taʼlim talablari doirasida ixtisoslashtirilgan oʻquv dasturlarini amalga oshirish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqom sanʼati boʻyicha bilim va tushunchalar, tarixiy va milliy anʼanalarni puxta egallagan yosh kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va sanʼat sohasida ilm-fan boʻyicha erishilgan ilgʻor yutuqlarni tatbiq etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internatlarining faoliyatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqom maktab-internatlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachilik boʻlinmasida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020/2021 oʻquv yilida maqom maktab-internatlarining 5, 6 va 7-sinflariga, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab esa — 5-sinfiga 30 nafardan oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga maqom maktab-internatlarining moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2020-yil 1-mayga qadar maqom maktab-internatlarini jihozlash uchun mebel, kompyuter texnikasi, ovoz yozish studiyasi, oʻquv-laboratoriya, asbob-uskunalar va sport anjomlarining texnik parametrlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2020-yil 1-iyulga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqom maktab-internatlarining ustavlarini tasdiqlash va ularning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqom maktab-internatlarining samarali faoliyat koʻrsatishini hamda ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqom maktab-internatlarini darsliklar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahar hokimligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi va Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda maqom maktab-internatlariga bino va inshootlar qurilishi uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-avgustga qadar maqom maktab-internatlari bino va inshootlarini foydalanishga topshirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar maqom maktab-internatlari uchun bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar, Fargʻona viloyati, Xorazm viloyati va Buxoro viloyatining mahalliy budjetlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Republikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 21-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
940-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 940-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internatlarining faoliyatini rivojlantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Maqom maktab-internatlarida maqom sanʼatining koʻp asrlik ijro yoʻllari, qadimiy tarixi, noyob sanʼati, anʼana va urf-odatlari boʻyicha ilmiy-ijodiy seminarlar tashkil qilish, ularga oʻquvchi yoshlarni keng jalb etish.

Ilmiy-ijodiy seminarlarning reja va dasturini ishlab chiqish, masʼul tashkilotlar va mutaxassislarni belgilash.

Ilmiy-ijodiy seminarlar oʻtkazish.

reja ishlab chiqish — 2019-yil noyabr, amalga oshirish-reja asosida

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbek milliy maqom
sanʼati markazi

2.

Oʻquvchi yoshlar orasida maqom sanʼatini keng targʻib qilish maqsadida joylardagi bolalar musiqa va sanʼat maktablarida “ustoz-shogird” anʼanalari asosida maqom ansambllarini tashkil etish.

Maqom maktab-internatlarini bolalar musiqa va sanʼat maktablariga biriktirish, ixtisosliklar boʻyicha hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, “ustoz-shogird” anʼanalarini davom ettirish hamda maqom ansambllari faoliyatini tashkil qilish rejasini ishlab chiqish.

Oʻquvchi yoshlar orasida maqom sanʼatini keng targʻib qilish.

reja ishlab chiqish — 2019-yil noyabr, amalga oshirish-reja asosida

Madaniyat vazirligi,

Oʻzb�k milliy maqom
sanʼati markazi

3.

Maqom maktab-internatlarini milliy maqom sanʼatiga doir oʻquv-qoʻllanma va darsliklar, fonotekalar, milliy cholgʻu asboblari hamda audio- va videotasmalar bilan taʼminlash.

Maqom maktab-internatlarida oʻquv reja va fan dasturlari asosida maqom sanʼatiga doir oʻquv-qoʻllanma va darsliklarni yaratish boʻyicha mualliflar guruhlarini shakllantirish.

2019-yil
noyabr

Toshkent shahar hokimligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi va Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tomonidan tayanch muassasa sifatida tayyorlangan reja asosida maktab-internatlar bilan hamkorlikda ilmiy-ijodiy, uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etish.

muntazam

Fonotekalar uchun zarur qurilmalar, milliy cholgʻu asboblari hamda audio- va videotasmalar roʻyxatini ishlab chiqish va ularni xarid qilishni tashkil qilish.

roʻyxat ishlab chiqish — 2019-yil noyabr,

xarid qilish- muntazam

4.

Maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab internatlari malaka talablari, oʻquv rejalari hamda oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasidan sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda ishchi guruh tuzish.

2019-yil
noyabr

Madaniyat vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi

Malaka talablari, oʻquv rejalari hamda oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

dekabr

5.

Oʻquvchilarni maqom sanʼati durdonalarining yuksak namunalaridan keng bahramand qilish, estetik bilimlar targʻibotini yoʻlga qoʻyish, iqtidorli oʻquvchilarni shu sohaning oliy taʼlim muassasalariga tayyorlash.

Maqom sanʼati yoʻnalishida iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash dasturini ishlab chiqish, shu sohaning oliy taʼlim muassasalariga maqsadli tayyorlash.

muntazam

Madaniyat vazirligi

6.

Maqom ijrochiligi yoʻnalishida oʻquvchilar oʻrtasida turli respublika tanlov va festivallarini tashkil etish.

Maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh maqomchi” Respublika tanlov-festivalini har ikki yilda bir marta oʻtkazilishini tashkil qilish.

2020-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba

Madaniyat vazirligi

8.

Maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda milliy musiqa cholgʻulari yasash va taʼmirlash ustaxonalari, ovoz yozish studiyalarini tashkil etish.

Usta-hunarmandlarni keng jalb qilgan holda milliy musiqa cholgʻulari yasash va taʼmirlash ustaxonalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ovoz yozish studiyalarida oʻquvchilarning ijro dasturlarini yozib borishni tashkil qilish.

2020-yil

iyun oyidan boshlab muntazam

Toshkent shahar hokimligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Buxoro viloyati hokimligi
va Xorazm viloyati hokimligi,

Madaniyat vazirligi

9.

Maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda maqom sanʼati boʻyicha xorijiy yetuk ijrochilarning oʻzaro tajriba almashuvi, mahorat darslarini tashkil qilish.

Xorijiy yetuk ijrochilarni oʻquv va ilmiy-ijodiy jarayonlarga jalb qilish, ijrochilarni shuningdek, oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish va hamkorlikda ilmiy-ijodiy hamkorlikni tashkil qilish maqsadida mahorat darslarini tashkil qilish.

reja ishlab chiqish — 2020-yil fevral, amalga oshirish-reja asosida

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbek milliy maqom
sanʼati markazi

10.

Respublikadagi bolalar musiqa va sanʼat maktablarida, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar hamda musiqa akademik litseylarda maqom sanʼatini oʻqitish boʻyicha boʻlimlar faoliyatini kuchaytirish.

Respublikadagi bolalar musiqa va sanʼat maktablarida, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar hamda musiqa akademik litseylari fan dasturlari mazmunini qayta koʻrib chiqish.

Oʻzbek milliy maqomi nazariyasi va amaliyoti yuzasidan mavzular bilan boyitish.

qayta koʻrib chiqish chiqish — 2020-yil fevral, boyitib borish-muntazam

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi

11.

Sohaga oid yetakchi taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

Sohaga oid yetakchi taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi hamda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalarining har yili boʻlib oʻtadigan respublika konferensiya va simpoziumlarda, ijrochilar tanlovlarida ishtirok etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

reja asosida

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

12.

Maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning oʻquvchi-yoshlarini Vatanga muhabbat, uning taqdiriga dahldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlashni hisobga olgan holda tarbiyaviy ishlar tizimni takomillashtirish.

Maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning oʻquvchi-yoshlari bilan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash:

yosh avlod qalbida sanʼatga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini kamol toptirish, oʻzbek milliy maqom sanʼatini asrab-avaylash va rivojlantirish, uning noyob namunalarini keng targʻib etish;

ushbu yoʻnalishda pedagog-xodimlarning masʼuliyatini oshirish, taʼlim va tarbiyaning oʻzaro uygʻunligini taʼminlash.

2020-yil

avgust

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/940/4053-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)