Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent viloyatida obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 556-sonli “Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasini tugatish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini taʼminlash, viloyatning shahar va tumanlari infratuzilmasini takomillashtirish, viloyat hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shuningdek, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, uning farovonligini taʼminlovchi keng koʻlamli dasturlarda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyati hokimligi huzurida Obodonlashtirish bosh boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Obodonlashtirish bosh boshqarmasi deb ataladi) tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Toshkent viloyati hokimiga xodimlarning shtatdagi belgilangan soni doirasida Obodonlashtirish bosh boshqarmasining apparati tuzilmasiga hamda shahar va tuman Obodonlashtirish boshqarmalari tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Quyidagilar Obodonlashtirish bosh boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish ishlarini oʻz vaqtida tashkil etish va sifatli bajarish;
Toshkent viloyati shaharlar va tumanlar Obodonlashtirish boshqarmalarining faoliyatini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirib borish;
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash (supurish, suv quyish, yuvish, changdan va qordan tozalash, sirpanchiqlarga qarshi kurashish, irrigatsiya xoʻjaligi obyektlarini mexanik usulda tozalash va koʻchalarni yuvish);
koʻchalar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa yashil zonalarni koʻkalamzorlashtirish, daraxtzorlarni saqlash (parvarish qilish), sugʻorish boʻyicha agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish;
yoʻl-koʻprik xoʻjaligidan (koʻchalarning qatnov qismidagi yoʻl qoplamasi, yoʻlkalar, toʻxtash joylaridagi shiyponlar, yer osti oʻtish joylari, koʻpriklar, transport yoʻllari ajraladigan joylar va koʻtarma koʻpriklar, yoʻl chetidagi bordyurlar, suv ajratish tarmoqlari va boshqa sunʼiy inshootlardan) foydalanish;
drenaj xoʻjaligi obyektlaridan (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, favvoralar, sunʼiy suv havzalari, yer osti va yomgʻir suvlarini chiqaradigan nasos stansiyalaridan) foydalanish;
elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda yoʻllar va koʻchalarning tashqi yoritish ishlarini muvofiqlashtirish;
nazoratsiz, shu jumladan, egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tutish hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlariga olib kelish ishlarini nazorat qilish;
qabristonlarni saqlash hamda ular hududida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish.
4. Belgilansinki:
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi Toshkent viloyati hokimining qaroriga muvofiq;
shahar va tuman Obodonlashtirish boshqarmalari boshliqlari hududiy hokimliklarning tavsiyanomasiga asosan Obodonlashtirish bosh boshqarmasining buyrugʻiga muvofiq lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati xokimligining hisob-kitoblari asosida Obodonlashtirish bosh boshqarmasini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2019-yilda Toshkent viloyati mahalliy budjetining xarajatlari parametrlari doirasida, 2020-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
6. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Obodonlashtirish bosh boshqarmasi haqidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga bitta yengil avtomobil va bitta maxsus texnika bilan taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.
8. Toshkent viloyati hokimligi yangi tashkil etilgan Obodonlashtirish bosh boshqarmasini Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Xurramlik koʻchasi, 46-uy manzilida joylashgan binoga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi R.Q. Xolmatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-noyabr,
931-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 931-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining
TASHKILIY TUZILMASI
* Xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 931-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi apparati
TUZILMASI
|
|
Boshliq |
||||||||||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||||||||||
|
Koʻkalamzorlashtirish 2 |
Boshliq oʻrinbosari |
Buxgalteriya va iqtisodiy tahlil boʻlimi 2 |
|||||||||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||||||||||
|
Qabristonlarni saqlash boʻlimi 2 |
Tashqi yoritish tizimidan foydalanish boʻlimi 2 |
Kadrlar boʻlimi 2 |
|||||||||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||||||||||
|
Nazoratsiz hayvonlarni tutish boʻlimi 2 |
Landshaft dizayni boʻlimi 2 |
Yuriskonsult 1 |
|||||||||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||||||||||
|
Avtotransport vositalaridan foydalanish boʻlimi 2 |
Drenaj xoʻjaligidan foydalanish boʻlimi 2 |
||||||||||||||||||||||||||
Boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 21 nafar.
Izoh: Bosh boshqarma xodimlarining mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarmoq tarif setkasi asosida har oyda ish staji, ustama va qoʻshimchalar bilan birga toʻlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/931/4052-son)