Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyatining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qarori ijrosini taʼminlash hamda “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyatining faoliyatini samarali tashkil qilish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi ekanligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 18-oktabrdagi PQ-203-son qarori bilan “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalining asosiy vazifalari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlari umumiy cheklangan soni 18 nafar boʻlgan “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Markaz direktoriga, zarur hollarda, “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyatining (keyingi oʻrinlarda tahririyat deb ataladi) tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Markaz direktoriga:
yillik mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida tahririyat xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondini tashkil qilishga;
moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va tahririyat faoliyatining samaradorligini oshirishga hissa qoʻshayotgan xodimlarning lavozim maoshlariga ustamalar belgilash hamda tahririyat xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatishga ruxsat berilsin.
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalini sotish va reklamadan tushadigan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar tahririyat faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tahririyat faoliyatini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari tahririyat xarajatlarining oʻz daromadlari bilan qoplanmagan qismi uchun ajratiladi;
2019-yil 1-dekabrdan boshlab haq toʻlash razryadlariga koʻra tahririyat xodimlari lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,7 baravar koʻpaytirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
5. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tahririyatning moddiy-texnik bazasini yangilash uchun zarur boʻlgan mebel, inventarlar, kompyuter texnikasi va boshqa asbob-uskunalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish choralarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan “Damas” rusumli 1 ta avtotransport vositasini sotib olish uchun zarur mablagʻlar ajratsin va saqlash uchun limit belgilansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-noyabr,
932-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 932-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati
TUZILMASI
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Bosh muharrir |
Masʼul kotib |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Bosh muharrir oʻrinbosari |
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va bosma nashrlarning elektron shakli xizmati boʻlimi 2 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Buxgalteriya 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Tashkiliy ijodiy guruh 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Kadrlar boʻyicha inspektor |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Marketing, reklama va targʻibot boʻlimi 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Tahririyatning texnik guruhi 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Xoʻjalik ishlari mudiri |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tahririyat xodimlarining umumiy cheklangan soni 18 nafar.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 932-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYaDLARI
|
T/r |
Lavozim |
Mehnatga haq toʻlash razryadlari |
|
1. |
Bosh muharrir |
16 |
|
2. |
Bosh muharrir oʻrinbosari |
15 |
|
3. |
Masʼul kotib |
14 |
|
4. |
Bosh hisobchi |
13 |
|
5. |
Ijodiy (texnik) guruh rahbari |
13 |
|
6. |
Boʻlim boshligʻi |
13 |
|
7. |
Katta tahrirchi |
11 |
|
8. |
Katta muharrir |
11 |
|
9. |
Tarjimon |
11 |
|
11. |
Bosh mutaxassis |
11 |
|
12. |
Yetakchi mutaxassis |
10 |
|
13. |
Mutaxassis (iqtisodchi) |
9 |
|
14. |
Texnik mutaxassis |
6 |
|
15. |
Kadrlar boʻyicha inspektor |
4 |
|
16. |
Xoʻjalik ishlari mudiri |
3 |
|
|
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/932/4060-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)