20.11.2019 yildagi PQ-4524-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belarus Respublikasi Taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Belarus milliy texnika universiteti, Respublika kasb-hunar taʼlimi instituti (Belarus Respublikasi) va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Toshkent shahrida Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Institutning asosiy faoliyat yoʻnalishlari va vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq, shu jumladan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida respublika sanoat tarmoqlarining eng muhim ilmiy-ishlab chiqarish masalalarini hal eta oladigan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va kasb-hunar taʼlimining zamonaviy taʼlim dasturlari va shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga muvofiq yangi oʻquv dasturlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari yaratish orqali oʻquv-uslubiy ishlar sifati va darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va fanning uzluksizligi va uzviyligi hamda jahon taʼlim va ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashish hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va taʼlim usullarini faol takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish tizimlarida tejamkorlik, ishonchlilik va barqaror faoliyatni oshirishga yoʻnaltirilgan, mashinasozlik, mexanika, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, biotexnologiya, metrologiya va standartlashtirish hamda sanoat ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasi uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Institutning taʼsischisi (keyingi oʻrinlarda — taʼsischi), Belarus milliy texnika universiteti va Respublika kasb-hunar taʼlimi instituti (Belarus Respublikasi) Institut faoliyatini tashkil etish ishtirokchilari (keyingi oʻrinlarda — ishtirokchilar) hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlib, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi shaklidagi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut oliy malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shugʻullanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga abituriyentlar, tadqiqotchilar va tinglovchilarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Belarus Respublikasi Taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda taʼsischi va ishtirokchilar tomonidan oʻrnatilgan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiradi;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutdagi taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq taʼsischi va ishtirokchilar tomonidan tasdiqlangan taʼlim dasturlari boʻyicha rus tilida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut bitiruvchilariga taʼlim yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Belarus milliy texnika universitetining yoki Institutning oliy taʼlim toʻgʻrisida belgilangan namunadagi diplomi topshiriladi;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarini oʻzlashtirgan tinglovchilarga Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan Belarus Respublikasining oʻrnatilgan namunadagi hujjatlari (kasb boʻyicha malaka razryadi berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, oliy taʼlim darajasida qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi diplom, malaka oshirganligi toʻgʻrisida guvohnoma) topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Taʼsischi va ishtirokchilarning quyidagilarni taʼminlashda yordam berishlari maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng soʻnggi yutuqlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini, stajirovkalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut kutubxona fondini shakllantirish va zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan toʻldirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha asosiy bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti Vasiylik kengashining tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Vasiylik kengashi Institut rivojlanishiga koʻmaklashuvchi jamoatchilik boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilasinki, Vasiylik kengashi quyidagilarga koʻmaklashadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning texnik rivojlanishi va samarali faoliyat yuritishini taʼminlash uchun moliyaviy koʻmak, budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning malakaviy amaliyotlarini Belarus Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqarish korxonalarida oʻtash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xodimlari va talabalarining istiqbolli dasturlari va gʻoyalarini amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga samarali tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilar va yosh olimlarga xalqaro ilmiy-texnikaviy maʼlumotlarning axborot-tahliliy bazasiga kiritilgan jurnallarda, shu jumladan “Scopus” va “Web of science” jurnallarida ilmiy maqolalar chop etishda, shuningdek, oʻquv-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqayotgan, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan mutaxassislarga, shu jumladan ularni moddiy ragʻbatlantirish orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma, shu jumladan ikki bosqichda amalga oshiriladigan (birinchi bosqich — talabalarni butun taʼlim jarayonining birinchi yarmida Institutda, ikkinchi bosqich — butun taʼlim jarayonining ikkinchi yarmida Belarus milliy texnika universitetida oʻqitish) zamonaviy taʼlim dasturlari asosida kadrlarni tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga oʻqishga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 30 foizidan oshmagan holda davlat grantlari asosida talabalarning oʻqishi uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari (grantlar, texnik koʻmak va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning qabul parametrlari va qoʻshma taʼlim dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda taʼsischi va ishtirokchilarning asoslangan takliflariga binoan manfaatdor vazirliklar va idoralarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlari asosida Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda toʻlov-kontrakt asosida taʼlim uchun toʻlovlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi hududida taʼsischi tomonidan, Belarus Respublikasi hududida — Belarus milliy texnika universiteti tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut taʼminotiga budjet mablagʻlari 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijtimoiy soha boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar parametrlari doirasida ajratiladi, 2020-yildan boshlab esa mazkur soha uchun har yilgi xarajatlar parametrlarida koʻzda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning yuqori malakaga ega boʻlgan, oʻquv-uslubiy taʼminotni ishlab chiqqan, maxsus uskunalar bilan ishlash malakasiga ega boʻlgan xodimlariga Vasiylik kengashi qarori bilan Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan shaxsiy ustama haq belgilashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imzolangan shartnomalar asosida oʻrnatilgan tariflar boʻyicha pedagogik va ilmiy ishlar uchun taklif qilingan xorijiy professor va oʻqituvchilarning (shu jumladan, Belarus Respublikasi fuqarolari) mehnatiga haq toʻlash, yashash va transport xarajatlarini Institut tomonidan toʻlanishiga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga 2021-yilda Navoiy shahrida Institutning sanoatning ustuvor yoʻnalishlari, injiniring, texnologiyalar va IT-dasturlash boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan filialini tashkil etish boʻyicha taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Institutni joylashtirishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2020-yil 1-avgustga qadar dastlabki bosqichda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va Vasiylik kengashi tomonidan shakllantiriladigan mablagʻlar hisobidan (zarur hollarda) Institutning bino va inshootlarini taʼmirlash-tiklash va jihozlash ishlarini amalga oshirsin hamda uni birinchi oʻquv yili uchun zarur boʻlgan mebel, inventar, kompyuter va boshqa orgtexnika, oʻquv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Institutga ikkita, jumladan bitta shaxsiy biriktirilgan va bitta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Institutni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, jihozlash va uning faoliyatini taʼminlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, inventar, qurilish materiallari va moddiy-texnik resurslar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvchi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi taʼsischi va ishtirokchilar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Institutning taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Institutning tashkiliy tuzilmasini Vasiylik kengashiga tasdiqlash uchun kiritishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-avgustga qadar Institutni malakali professor-oʻqituvchilar bilan tanlov asosida butlashni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmanomasiga binoan ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy professor-oʻqituvchilarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Institutning buyurtmanomasiga binoan xorijiy professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik vizalar hamda Oʻzbekiston Respublikasida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish davlat boji undirilmasdan berilishi va uzaytirilishini taʼminlasin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 20-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4524-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4524-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha asosiy bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishlari uskunalari va ularni avtomatlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Traktorsozlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Payvandlash ishlab chiqarishi uskuna va texnologiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Intellektual qurilmalar, mashinalar va ishlab chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kompyuter mexatronikasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sanoat korxonalarining innovatsion loyihalarini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xizmat koʻrsatish sohasi (avtomobillar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Transport logistikasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bino va inshootlarning issiqlik-gaz taʼminoti va ventilyatsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Biotexnik va tibbiy apparatlar va tizimlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Institutning Vasiylik kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Belarus milliy texnika universiteti (Belarus Respublikasi) bilan kelishuv asosida tashkilotlar-buyurtmachilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(1-ilovaning izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4524-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti Vasiylik kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

K.H. Karimov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi

2.

S.M. Turabdjanov

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

A.A. Muminov

Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari

4.

A.S. Xasanov

“Olmaliq KMK” AJ bosh muhandis oʻrinbosari

5.

F.R. Turayev

“Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi oʻrinbosari

6.

A.O. Muhiddinov

“Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ bosh direktori v.b.

7.

V.D. Sutsepina

“Toshkent quvur zavodi” QK direktori

8.

Sh.Q. Neʼmatov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Taʼlim muassasalari faoliyatini tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi

9.

K.K. Kurolov

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori

10.

S.V. Xaritonchik

Belarus milliy texnika universiteti rektori (Belarus Respublikasi, kelishuv boʻyicha)

11.

V.N. Golubovskiy

Respublika kasb-hunar taʼlimi instituti rektori (Belarus Respublikasi, kelishuv boʻyicha)

12.

I.I. Goncherenok

Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti direktori (Belarus tomonidan, kelishuv boʻyicha)

13.

N.M. Jabborov

Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori (Oʻzbekiston tomonidan),Vasiylik kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2019-y., 07/19/4524/4040-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)